O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi



Yüklə 3,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/114
tarix19.12.2023
ölçüsü3,88 Mb.
#150991
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

Payvandlanuvchanlik 
- konstruksion materiallarning texnologik xossasi bo‘lib, 
materiallarning belgilangan payvandlash texnologiyasi sharoitida ishonchli va 
iqtisodiy jihatdan tejamli birikmalar hosil qila olish xususiyatlaridir, bunday birikmalar 
mahsulotning konstruksiyasi va undan foydalanish shartlariga to‘la javob bera olsin. 
Materiallar ularning payvandlanuvchanligi bo‘yicha to‘rt guruhga bo‘linadi: 

- yaxshi payvandlanuvchan; 
II 

qoniqarli 
payvandlanuvchan; 
SH 

cheklangan 
payvandlanuvchan; 
IV - yomon payvandlanuvchan. 
Materiallarning payvanddanuvchanliga yomonlashib borishi bilan birikmada 
darz, bo‘shliq, shlak kiritmalari kabi nuqsonlarning hosil bo‘lishiga moyillik 
ortadi. 
Payvand 
konstruksiyaning 
texnologikligi 
deganda 
materiallarning 
tanlanishi va konstruktiv yechim shunday bo‘lishi kerakki, ular payvandlash ishlarini 
turli usullar bilan har xil rejimda bajara olish mumkinligiga yo’l qo‘yib, 
shuningdek, texnologik jarayon operasiyalarining ko‘pchilish mexanizasiyalashgan 
va avtomatlashtirilganlik darajalari xamda ish unumdorligi imkoniyat boricha 
yuqori, payvandlash materiallari va ish turlarining tannarxi pastroq, payvandlash 
deformasiyalari va kuchlanishlari minimal darajada bo‘lsin. Texnologiklikni 


218 
ta’minlash uchun yuqorida keltirilgan va boshqa barcha omillar chuqur taxlil qilinishi 
zarur. 
Elektr yoyi yordamida payvandlash usuli 
Elektr yoyi yordamida payvandlash usuli Payvandlashning termik sinfiga oid 
va mavjud Payvandlash usullari ichida eng tarqalgandir, yetarli darajada 
avtomatlashtirilgan, turli o‘lchamdagi har xil konstruksiyalarni ishlab 
chiqarish imkoniyatlariga ega. Bunda issikdik manbai sifatida elektrodlar yoki 
elektrod bilan payvandlanayotgan zagotovkalar orasida yonadigan elektr yeyi xizmat 
qilib, 
yoy 
payvandlanadigan 
zagotovkalar 
chekkalarini 
qizdirish 
va 
suyuqlantirish vazifasini amalga oshiradi. Elektr yoyi - ionlashgan gaz 
muhitidaga katta quvvatli elektr razryadidir. 
Elektr yoyi yordamida payvandlash quyidagi usullar bo‘yicha bajariladi: 
1)
Ko‘lda (dastaki) elektr yoyi yordamida payvandlash. 
2)
Flyus qatlami ostida elektr yoyi yordamida avtomatik payvandlash. 
3)
Flyus qatlami ostida elektr yoyi yordamida yarim avtomatik payvandlash. 
4)
Himoya gazlari muxitida elektr yoyi yordamida payvandlash. 
Qo‘lda payvandlashning o‘zi quyidaga ikki turga bo‘linadi; 
1. Erimaydigan (W yoki ko‘mir, grafit) elektrod bilan payvandlash yoki
N.N.Benardos (1882 y.) usuli bo‘yicha payvandlash. 
2. Eruvchan (metall) elektrod bilan payvandlash yoki N.G.Slavyanov (1888 y.) 
usuli bo‘yicha payvandlash. 
Slavyanov usuli keng qo‘llanilib, elektrod turli metallardan tayyorlanib, usti 
qoplamali bo‘ladi. Qoplamaning vazifasi payvandlash zonasini havo ta’siridan 
himoya kilish, elektr yoyining stabil yonishini ta’minlash, zararli kiritmalarni 
payvandlash vannachasidan chiqarib yuborish hamda payvand chok metallini 
legarlashdan iborat. 


219 
So‘nggi yillarda kukunli to‘ldirgichga ega bo‘lgan maxsus elektrodlar 
qo‘llanila boshlandi (Dris, 275). 
Tok manbalariga o‘zgaruvchan tokda payvandlash uchun payvandlash 
transformatorlari (TS-500, TSHS-3000-1, ...), o‘zgarmas toqda payvandlash uchun esa 
payvandlash preobrazovatellari (PSO-120, PSM-1000-4,...) yoki agregatlari (ASB-
300-7,...), payvandlash to‘g‘rilagichlari (VSS-120-4, VKS-500-1) kiradi. 
Qo‘lda elektr yoyi yordamida payvandlash texnologik rejimi quyidagi 
parametrlar bilan ifodalanadi: payvandlash tokining kuchi J, A; lektrodlar diametri 
de, mm; yoyning uzunligi, l, mm ; yoyning kuchlanishi, Uyoy (Uyoy 

30-60 V, 
ba’zan 50-70 V), Payvandlash tezliga, V, m/soat. Bu parametrlarni to‘g‘ri tanlash va 
boshqarish orqali katta ish unumdorliga payvandlashga sarf-harajatlarning minimal 
bo‘lishiga erishiladi. 
Mavzuni o‘qib o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi; 

Yüklə 3,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə