O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Aviakompaniyalar bilan shartnomalar



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Aviakompaniyalar bilan shartnomalar. 
Barcha aviatashuvlar qoidalari 
mamlakatimizda xalqaro bitimlar bilan tartibga solinadi va ulardan biri "Xalqaro havo 
tashuvlariga tegishli ba‘zi qoidalarni unifikatsiyalash to‗g‗risidagi" 1929 y. Varshava 
konvensiyasi bo‗lib, 1959 y. o‗zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilingan (Gamburg 
qoidalari). Aviatashuvchilar bilan o‗zaro shartnoma munosabatlari O‗zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi ("Tashuvlar" bobi) asosida amalga oshiriladi. 
Aviakompaniyalar bilan shartnomalar uch ko‗rinishda bo‗lishi mumkin: a) 
muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo‗yicha shartnomalar; b) agentlik bitimlari; v) 
charter (samolyotni ijaraga olish). 
Joylar kvotasi qattiq yoki yumshoq bo‗lishi mumkin. Bu ham shartnoma 
shartlariga, ham maxsus imtiyoz va chegirmalarga ta‘sir qiladi. Joylarning qattiq 
kvotasida joylar sotilmasligi uchun barcha javobgarlik, joylar sotilmasligining 
sabablaridan qat‘iy nazar, turistik firma zimmasiga tushadi. Moliyaviy yo‗qotishlar 
turfirma hisobiga bo‗ladi. Joylarning yumshoq kvotasida turfirma uchun, turistik 
yo‗llanmalar sotilmaganligi sababli, joylar kvotasini yoki uning bir qismini bekor qilish 
mumkin 
bo‗lgan 
muddatlar 
belgilanadi. 
Bu 
muddatlar 
qolgan 
joylarni 
aviakompaniyaning o‗zi yoki uning boshqa agentlari orqali sotishni ko‗zda tutadi. 
Muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo‗yicha aviakompaniyalar bilan shartnomalar 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi:

boriladigan joy belgilangan, turlarning "borish" va "kelish" yo‗nalishlarida amal 
qilish grafigi; 

har bir guruhdagi turistlar soni (joylar kvotasi); 

talabnomalar berish va aviachiptalar sotib olish muddatlari;

chiptalarga buyurtmalarni jarima ushlab qolinmaydigan holda bekor qilish 
(yumshoq blok); 

sotib olinadigan chiptalarga tariflar turlari, imtiyozli tariflar berish shartlari;

joylar kvotasiga chegirmalar va imtiyozlar

sotib olingan, ammo ishlatilmagan chiptalarni qaytarish muddatlari va tartibi, 
qaytarish muddatlaridan kelib chiqadigan moddiy javobgarlik (yumshoq blok). 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə