O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turistik yarmarkalarda qatnashish va tayyorgarlik ko„rish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

17.4.Turistik yarmarkalarda qatnashish va tayyorgarlik ko„rish. 
 
Sotish bo‗yicha hamkorlarni izlash uchun mo‗ljallangan turistik birja ko‗rgazma, 
yarmarkalarda qatnashish turoperator turmahsulotini harakatlantirishda ahamiyatli 
hisoblanadi. 


142 
Mutaxassislar uchun mo‗ljallangan ko‗rgazmalar nisbatan samaraliroqdir. Chunki 
bu nafaqat o‗z mahsulotini reklama qilish, balki bitimlar tuzish, yangi ish aloqalarini 
o‗rnatish imkonini beradi. 
Hozirgi paytda dunyoning turli mamlakatlarida o‗nlab xalqaro turistik 
yarmarkalar, ko‗rgazmalar, birjalar o‗tkaziladi va ular doirasida o‗z firmasi hamda 
mahsulotini tanishtirish, shartnomalar tuzish, yangi hamkorlar topish, tashrif byuruvchilar 
va jurnalistlarning keng doirasi orqali ma‘lumot tarqatish, ish tajribasi almashishning 
keng imkoniyatlarini beradigan seminarlar, press-konferensiyalar, prezentatsiyalar va 
boshqa tadbirlar tashkil qilinadi. 
Nisbatan yirik tadbirlar quyidagilar hisoblanadi: Berlindagi turizm bo‗yicha 
xalqaro birja (ITB) - har yili mart oyi boshlarida o‗tkaziladi; Londondagi Butun jahon 
turistik yarmarka har yili noyabr oyining ikkinchi dekadasida o‗tkaziladi; Madriddagi 
xalqaro turizm ko‗rgazmasi - har yili yanvar oxirlarida o‗tkaziladi [G‗ITUR]. 
O‗zbekistonda oxirgi yillarda yangidan-yangi ko‗rgazma va yarmarkalar paydo 
bo‗lmoqda. 1994 yildan boshlab Toshkentda har yili oktabr oxirlarida Toshkent Xalqaro 
turistik Yarmarkasi (TITG‗) o‗tkaziladi. Bu tadbirlarning farqli jihati turizm 
industriyasining professional xodimlarga yo‗naltirilganligi va keng matbuot doirasida 
amalga oshirilishidir. Bu kabi tadbirlar qatnashchilari milliy turistik tashkilotlar va 
uyushmalar, turoperator va turagentlar, mehmonxonalar, transport, sug‗urta, avtomobil 
ijarasi kompaniyalari, maxsuslashgan nashriyotlar, ilmiy tashkilotlar, turizm bo‗yicha 
o‗quv yurtlari hisoblanadilar. 
Maxsuslashgan 
ko‗rgazmalarda qatnashish turmahsulotni harakatlantirish 
ko‗rinishlaridan biri hisoblanadi. Ko‗rgazma faoliyatining asosiy maqsadi - bir 
tomondan, iste‘molchi va sotuvchi firmalarga ulkan miqdordagi turistik takliflar orasida 
yo‗nalish topa olishiga yordam berish, ikkinchi tomondan, turoperatorga sotish bo‗yicha 
talablarini sifat va miqdoriy jihatdan qondira oladigan boshqa mamlakat va regionlarda 
hamkor topishga yordam berishdir. 
Shuning uchun bu yerdagi reklamalar ko‗rinishi va tarkibi bo‗yicha katta tijorat 
harakteriga ega - narx, bron qilish shartlari, mavsumiylik, xizmat ko‗rsatish klassi, 
kutiladiganxizmadar haqidaxabar qiladi, mehmonxonalar tasvirini beradi va hokazo. 
Ko‗rgazmalarda qatnashish hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‗yicha istiqbolli 
faoliyat sifatida ko‗rib chiqiladi. Ko‗rgazmalarda qatnashish to‗lov asosida amalga 
oshiriladi. Qatnashchilar va tashrif buyuruvchilarning ko‗pchiligi har yili o‗tkaziladigan 
bunday tadbirlar turistik korxonalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun ahamiyatli 
ekanligini bildiradi. 
Ko‗rgazma tadbirlari quyidagi belgilariga ko‗ra klassifikatsiya qilinadi: 
- o‗tkazilish maqsadlari bo‗yicha (savdo va ma‘lumot, tanishuv); 
- o‗tkazilish chastotasi bo‗yicha (davriy, har yili, mavsumiy); 
-eksponatlar taklifi harakteri bo‗yicha (universal, tarmoqli, maxsuslashgan) 
- qatnashchilar tarkibi bo‗yicha (hududiy, hududlararo, milliy, xalqaro).
Savdo ko‗rgazmasi tadbirlari mavsumiy hisoblanib, birjalar harakteriga ega 
(masalan, navbatdagi mavsum boshida o‗tkaziladigan "Turinfo" birjasi, turoperatorlar 
turagentlar va iste‘molchilarga turli yo‗nalishlar bo‗yicha o‗z mahsulotlarini taklif 
etadilar). Bu birja davriy ravishda "Aerostar" mehmonxonada (Moskvada) o‗tkaziladi, 
unda kelayotgan mavsum uchun shakllantirilgan tayyor turpaketlar taklif qilinadi. 
Bunday ko‗rgazmalar, odatda, hududiy hisoblanadi. 
Universal va ko‗p tarmoqli ko‗rgazmalar muntazam harakterga ega bo‗lib, har yili 
o‗tkaziladi va milliy hamda xalqaro darajadagi tadbirlar hisoblanadi. Masalan, Moskvada 


143 
o‗tkaziladigan MITT xalqaro ko‗rgazmasi, har yili mart oyida o‗tkaziladi. Unda tarmoq 
korxonalari (mehmonxonalar, transport kompaniyalari), shuningdek, Rossiya turizm 
bozoridan manfaatdor mamlakatlar vakillari qatnashadilar. 
Ko‗rgazmalarda qatnashishdan foyda va unga qilinadigan harajatlar ko‗rgazma 
uchun qo‗yilgan kapitalga foyda matritsasida namoyish qilinadi: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə