O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Stendda ishlash
stendning o‗zini bezashdan boshlanadi. Dastlab ko‗rgazmadagi 
stend joyi aniqlanadi. Joyni aniqlashda asosiy omil maqsadlar va firmaning budjet 
imkoniyatlari hisoblanadi. Ko‗rgazma maydoni markazi, burilishlar va ko‗rgazmaga 
kirish joylariga yaxshi e‘tibor berish zarur. Biroq bu joylar qimmat bo‗lishi mumkin. 
Burchak stendlari va yo‗laklardagi stendlar foydalanish uchun qulaydir. 
Qo‗yilgan maqsadlarga erishish uchun kompaniyani qanday tanishtirish 
ma‘qulligini aniqlab olish lozim: uni rivojlangan, zamonaviy kampaniya sifatida 
tanishtirish yaxshimi yoki, aksincha, o‗zini tutishni biladigan an‘anaviy firma sifatida 
tanishtirish kerakmi. Shakl, rang va dizayn siz istagan obrazni yaratishga yordam beradi. 
Namoyish qilishda o‗tib ketayotgan tashrif buyuruvchilarning diqqatini jalb 
qiladigan usullardan foydalanishga harakat qiling. 


146 
Bir necha ko‗rgazmada har yili qatnashish istagingiz bo‗lsa foydalaniladigan 
ekspozitsiya materiallari ko‗p marotaba transportirovka qilishga yaraydigan bo‗lishi 
kerak. Turli ko‗rgazmalarda foydalanish uchun ko‗p martalik modullarni sotib olish 
maqsadga muvofiqdir. Bu harajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi. 
Ko‗rgazmada firma qatnashishini tashkil qilishda quyidagilarni amalga oshirish 
lozim: 
1. Ko‗rgazma ma‘muriyatidan stendlar demontaji va ko‗rilishi uchun kim 
javobgarligini aniqlab olish kerak. Bu stend turini tanlashda va harajatlarni aniqlashda 
muhim omil bo‗lishi mumkin. 
2. Ekspozitsiyada qaysi mahsulot qanday joylashtirilishini aniqlab olish. 
3. Taklif etilayotgan xizmatlarni qay holatda yaxshiroq namoyish etish 
mumkinligini bilish (videoko‗rsatuv, maketlar va boshqalar). 
4. Stendda qanday maishiy xizmatlar (elektr, suvoqimi, saqlash, olib kelish) 
bo‗lishi va tashkil qilinishi kerakligini bilish. 
5. Qanday transport turi zarurligini aniqlash. Eksponatlarning shakli, o‗lchami va 
og‗irligi transport tanlashni aniqlaydi. 
6. Ko‗rgazma ichki qoidalarini, tartiblarini va cheklashlarni bilish. Har bir 
ko‗rgazmaning o‗z qoidalari va cheklashlari mavjud. Ko‗rgazma qatnashchilari uchun 
barcha zarur ma‘lumotlar qo‗llanmada mavjud bo‗ladi. Bunday qo‗llanmalar tarkibi 
ko‗rgazma o‗zgarishiga qarab o‗zgarishi mumkin, ammo umumiy g‗oya eksponent uchun 
tashkiliy masalalarni hal qilishni maksimal osonlashtirishga qaratilgan. 
Qatnashchi qo‗llanmasida quyidagi ma‘lumotlar bo‗lishi lozim: ko‗rgazma ishi 
jadvali va qoidalari, umumiy reja, turli maishiy xizmatlar uchun talabnomalar blanklari, 
ro‗yxatga olish, shuningdek, transportirovka, olib kelish va reklama ma‘lumotlari.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə