O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Foydalanish qulayligi 
deganda:

tur qiymatinining tezkor va murakkab bo‗lmagan hisob-kitobi; 

jadvallar bilan birga turpaket qiymatini hisoblash bo‗yicha to‗liq va tushunarli 
instruksiyalarning mavjudligi; 

foydali ma‘lumot (aviauchishlar jadvali, transfer qiymati, avtomobil ijarasi 
narxlari kabilar); 

kurortlar bo‗yicha mehmonxonalar ro‗yxati, mavjud mehmonxonalar haqida 
qaydlar qilingan qirg‗oq va alohida kurortlar kartalari betlari ko‗rsatilgan 
mundarijaning mavjudligi tushuniladi. 
U yoki bu mamlakatga bag‗ishlangan betlarni alohida rang, jadvallarni, narx 
kategoriyalari yoki xizmatlar to‗plamini alohida shrift va rang bilan ajratish tavsiya 
etiladi. Barcha yo‗nalishlar bo‗yicha prays-listlar yagona tarzda bezatilishi (tayyorlanishi) 
lozim. Ma‘lumot ishonchliligiga: 

narx jadvallari amal qilish davrini ko‗rsatish (narx jadvali strukturasini o‗ylab 
olish zarur: so‗zboshilar mavjudligi, ustunlarni variantlarning murakkablashuvi 
tartibida joylashtirish, mehmonxonalarni kategoriyasi va alfavit bo‗yicha 
tartibga keltirish); 

asos turpaket qiymatiga nisbatan to‗liq xizmatlar to‗plamini ( sug‗urta, 
aviauchish, transfer, yashash, ovqatlanish, turagentliklarga komissiyalar va 
hokazo) qo‗shish va ular ro‗yxatini keltirish; 

turli variantlar qiymatlarini ko‗rsatish; 

turning pirovard narxiga ta‘sir qiladigan mehmonxonalar va nomerlar 
xususiyatlarini ko‗rsatish (mehmonxonalar suratlari va ularning qisqacha 
bayoni); 

materiallarning doimiy yangilanishi va kataloglarning qayta nashr qilinishi 
bilan erishiladi. 
17.3.Turagentlar bilan hamkorlik shartlari va shakllari. 
 
Hamkorlikning barcha shartlari agent bilan tuziladigan uslubiy shartnoma shaklida 
pks ettirilishi kerak. Agar turagetlarga komissionlar to‗lansa, unda bu komissionlar 
miqdori, shuningdek, uning mumkin bo‗lgan o‗sib borish harakteriga (yoki sotishlar 
hajmi uchun komissionlar miqdoriga) dalillar bo‗lishi lozim. 
Kataloglarning oxirgi betlarida shartnoma hujjatlari umumiy kompleksining 
muhim elementi hisoblangan «Turistlar va turistik agentlarga turlarni sotishning umumiy 
shartlari» chop etiladi. Qoidalar aniq bo‗lishi va ushbu turoperator tomonidan turistik 
bozorga taklif etiladigan barcha turar uchun umumiy shartlarni o‗zida mujassam qilishi, 
shuningdek, hamkor ijrochilar talablarini ham hisobga olishi lozim. 
Agar umumiy qoidalar asosida yetarli tirajda nashr qilingan katalog mazkur 
turoperator mahsulotlari sotilayotgan turistik agentliklarda bepul tarqatilsa, bu qoidalarni 
bajarish mumkin deb hisoblanadi. Tabiiy, turagentlik mijozga ushbu qoidalar bilan 
tanishishni taklif qilishi shart. 
Tur shartlarining muhim elementi umumiy qoidalar bo‗lib, ularga ahamiyat 
bermaslik mumkin emas. Xalqaro tajribada shunday hodisalar bo‗lganki, unda sudlar 
asosiy matn shriftiga nisbatan mayda shriftda yozilgan shartlar va qoidalarai ahamiyatsiz 
sanab, ularni oraliq shartlari deb baholashgan. Qonunda katalogdagi qoida va shartlarning 


141 
asosiy matnga nisbatan kichik shriftda yozilishi iste‘molchining unga e‘tiborsizligiga olib 
keladi, natijada, talablar mohiyati yaxshi anglanmaydi. Agar shunday holat yuz bersa, 
shartlarni buzgan iste‘molchi javobgarligi choralari sezilarli darajada yengillashtiriladi 
yoki uning foydasiga qaror qabul qilinadi. 
Ba‘zi nashrlarning jiddiy kamchiliklaridan biri turni tashkil etuvchi xizmatlarning 
sanab o‗tilmasligi (masalan, pansion turi ko‗rsatilmaydi, tur qiymatiga viza va sug‗urta 
kirish-kirmasligining aniq emasligi), shuningdek, tur qiymati tarkibida u yoki bu 
xizmatlarning yo‗qligi hisoblanadi. Keyingi masala - aynan nima to‗r qiymatiga 
qo‗shilmaganligi haqida eslatma bo‗lishi lozim. Masalan, ba‘zida aviabiletlar narxi 
hisobga olinmaydi, bu esa turning oxirgi narxiga ahamiyatli ta‘sir ko‗rsatadi. Agar asos 
narxga imkoni boricha ko‗p qo‗shimcha xizmatlar qo‗shilgan bo‗lsa, bu keyingi hisob-
kitoblarni osonlashtiradi, ammo har bir ko‗rsatilgan narxlar alohida belgilangan bo‗lishi 
lozim. 
Boshqa tipik xatolar joylashtirish variantlarida va bolalarga beriladigan 
chegirmalarning batafsil bo‗lmagan bayoni, tushunish qiyin bo‗lgan ko‗p raqamli 
murakkab jadvallar bilan bog‗liqdir. 
Turizm industriya xodimlari ko‗pincha: «Turfirma katalogi reklama 
hisoblanadimi?» - degan savolni berishadi 
"Reklama to‗g‗risidagi" Qonunga muvofiq katalog - reklama nashri bo‗lib, turli 
maqsadlar va ma‘lumotlar bilan huquqlar va jismoniy shaxsarga qilingan murojaatdir. 
Katalogda «Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi» Qonunga zid 
kelmaydigan to‗liq va ishonchli ma‘lumot bo‗lishi kerak. Ba‘zi kataloglarda turistlar 
to‗ldiradigan "bron qilish listi" bo‗ladi va bu yerda muhim huquqiy oqibatlar yuzaga 
keladi. Agar turist turlarni yetkazishning aniq va umumiy qoidalariga tayaniladigan tur 
talabnomasiga imzo cheksa, bu ushbu qoidalar bilan tanishganini, ularni bajarish 
majburiyatini oladi va O‗zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq 
bu qoidalarga so‗zsiz qo‗shilishini bildiradi. Turoperator turist oldida, xizmatlarni kim 
ko‗rsatishidan qat‘iy nazar to‗liq ma‘suliyatni o‗z zimmasiga oladi. 
Kataloglarni tarqatish yoki hamkorning so‗rovi bo‗yicha yoki kartotekaga asosan, 
yoxud yarmarkalar, ko‗rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlarda amalga oshiriladi. 
Agar hujjat to‗liq hajmda jo‗natilmasa oldindan agentlikka namuna sifatida 
pozitsiyalarni kelishib olish va keyingi partiyalar buyurtmalarini rag‗batlantirish uchun 
taklif qilingani ma‘quldir. 
Kataloglarni tarqatish, ko‗p hollarda, bepul amalga oshiriladi, ammo talab va 
harajatlarning oshishi ba‘zi turoperatorlar pochta harajatlarining bir qismini turagent-
oluvchilar zimmasiga yuklashiga olib keladi. Ko‗pgina mamlakatlarda bojxonadan o‗tgan 
turistik nashrlar ko‗pgina mamlakatlarda ratifikatsiya qilingan ikki xalqaro konvensiya 
asosida beriluvchi imtiyozlarga ega bo‗ladilar. Ular turistik hujjatlarni, ma‘lum 
qoidalarga rioya qilgan holda, bojlardan ozod qiladi. Bu tranzit rasmiyatchiliklar bilan 
bog‗liq bojxona harajatlarini kamaytiradi, ammo to‗laligicha bartaraf etmaydi. 
Konteynerlarda jo‗natish ham harajatlarni sezilarii darajada qisqartirish imkonini beradi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə