O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


XVII.Mavzu.Turoperator katologi va turli ko„rgazmalarga qatnashish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

XVII.Mavzu.Turoperator katologi va turli ko„rgazmalarga qatnashish 
Reja: 
17.1. Katolog turlari va vazifalari. 
17.2. Rasmli ma‘lumotlarni tanlash.
17.3. Turagentlar bilan hamkorlik shartlari va shakllari. 
17.4. Turistik yarmarkalarda qatnashish va tayyorgarlik ko‗rish. 
 
17.1.Katolog turlari va vazifalari

Turoperatorlik biznesi bilan shug‗ullanadigan istalgan turistik firma varaqalar
bukletlar, broshyuralar, kataloglar kabi reklama-ma‘lumot nashrlarini tayyorlashi zarur. 
Bu nashr turlarining barchasi reklama hisoblanadi va turni sotish (harakatlantirish) 
imkoniyatlari haqida tasavvur hosil qiladi. 
Broshyuralar va bukletlar ma‘lumot berishning nisbatan ishonchli vositalari 
hisoblanadi. Bukletlar va kataloglar hozircha agentlar va mijozlar bilan ishlash uchun 
qulay hisoblanadi. Bukletlar va kataloglar turoperatorlar bilan hamkorlik qilayotgan 
agentliklarga yuboriladi. Bunda ular o‗z vaqtida va yetarli miqdorda yetkazilishini 
kuzatib borish lozim. Nashr mahsulotlari shuningdek, turizm bo‗yicha hududiy yoki 
milliy byurolar orqali ham tarqatiladi. 
Yirik turoperatorlar har yili turlar yoki xizmatlarni tanlashda ham turagentlar, ham 
mijozlar foydalanadigan reklama-ma‘lumot kataloglarini ishlab chiqadilar va nashr 
qiladilar. Turlarni tanlashda ulgurji turoperatorlarga murojaat qilganda ulgurji 
chegirmalar olish mumkin deb hisoblaydigan turistlarning adashmasliklari uchun, 
agentliklarga mo‗ljallangan kataloglar turistlar bilan ishlashga mo‗ljallangan rangli 
asosiy kataloglarga qo‗shimcha sifatida chiqariladi. Shuning uchun, mazmuniga ko‗ra 
kataloglar 
umumiy
(turistlar va agentliklar uchun) va 
maxsus
(faqat turagentliklarga) 
bo‗ladi. Ularni bosh va xizmat kataloglari deb atash qabul qilingan. 
Bosh kataloglar,
asosan turistlarga mo‗ljallangan bo‗lib, odatda, katta miqdorda 
foto suratlari va reklama ma‘lumotlari bilan ta‘minlangan katta hajmli va rangli nashr 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə