O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Xizmat kataloglari
asosan turagentliklarning amaliyotda foydalanishlari uchun 
mo‗ljallangan. Ularda, qoida bo‗yicha, reklama ma‘lumotlari, rangli suratlar va boshqalar 
bo‗lmaydi. Bu ko‗proq turlar grafiklari, jadvali, preyskurantlar, ulgurji chegirmalar


138 
turagentlarga komissionlar va sof xizmat ma‘lumotlari bo‗ladi. Katalog matniga jiddiy 
e‘tibor berish kerak Avvalo, u to‗g‗ri tuzilgan bo‗lishi lozim. Ba‘zi nashrlarda 
uchraydigan xatolar ularning qadrini va ularga ishonchni sezilarli darajada tushiradi, 
muqovadagi xatolar esa butun tirajning muomaladan chiqarilishiga va jiddiy zararlarga 
olib kelishi mumkin. 
Matn materiallarni tayyorlashda ularni yirik bloklarda berish 
maqsadga muvofiq emas. Odam (agar uning qo‗lida reklama nashri bo‗lsa) o‗z xotirasiga 
katta hajmdagi ma‘lumotlarni "joylashgan" ongli ravishda qarshilik ko‗rsatadi. Matnni 
qismlarga ajratish va ularni qiziqtiradigan nomalar bilan ta‘minlash zarur, ya‘ni, bu yerda 
kurortlar tasvirlanishi, mamlakatshunoslik va boshqa ma‘lumotlar nazarda tutiladi. Agar 
gap mahalliy valyuta, choychaqalar miqdori, elektr tarmog‗i kuchlanishi kabilar haqida 
bo‗lsa, bu yerda "intriga" o‗rinli emas, asosiysi ma‘lumotni qabul qilish uchun 
ishonchlilik va oddiylikdir. 
17.2. Rasmli ma‟lumotlarni tanlash. 
 
 
Turistik katalogni darrov tanib olishlari kerak, shuning uchun sarlavhani shunday 
joylashtirish kerakki, u darhol ko‗zga tashlansin. Uni nafaqat muqovaning birinchi 
tomonida, balki to‗rtinchi tomonida ham joylashtirish darkor. U ham firma nomini, ham 
shu firma joylashgan davlat nomini o‗z ichiga olishi kerak. Sarlavha, shuningdek, 
turoperator o‗zining asosiy faoliyatini amalga oshiradigan hudud nomini ham bildirishi 
mumkin. 
21x 10,5 sm qilib buklangan (kichik kitobcha) buklet ko‗rinishida 21x21 sm 
o‗lchamli nashr chiqarilsa, nom bukilishlarda joylashib qolmasligi kerak. 
Milliy va xorijiy bozorlar uchun alohida nashrlar chiqarish maqsadga muvofiqdir. 
Bunda suratlar o‗zgartirilmasdan faqat matn turlicha bo‗lishi mumkin. Tarjima yetuk 
mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi lozim. 
Nashrning turli davlatlardagi o‗quvchilarga moslashtirilishda tarjimaga ijodiy 
yondashish kerak. Katalog tarqatilishi rejalashtirilayotgan mamlakat qanchalik yaqin 
bo‗lsa, katalogda shuncha ko‗p batafsil yoritilgan ma‘lumot bo‗lishi kerak. Agarda 
mamlakat iste‘molchilardan uzoqda joylashgan bo‗lsa, ma‘lumotlarda shaharlar va 
yodgorliklar xususiyatlarining batafsil yoritilishi talab etilmaydi, ammo iqlimi, umumiy 
turistik ob‘ekti, bu joyga qanday borish mumkinligi to‗g‗risidagi maiumotlarga ko‗proq 
joy ajratish maqsadga muvofiq. 
Turli davlatlar turistlariga xos qiziqishlarning milliy xususiyatlarini hamma vaqt 
hisobga olish kerak. Masalan, oilaviy dam olishni tashkil qilish bo‗yicha mutaxassis E. 
Lou shunday yozadi: britaniyaliklar, albatta, boriladigan joylardagi narxlar va havo 
haroratini bilishni istaydilar, fransuzlar - qayerdan va qanday ovqatlanish mumkinligi 
bilan, italiyaliklar menyuda nima borligi bilan, amerikaliklar esa bino yoki inshootning 
qurilishi necha pulga tushganligi bilan qiziqadilar. 
Milliy madaniyatimizga tegishli va mamlakat ichida reklama sifatida 
foydalanilayotgan dalillarimiz xorijda foydalanish uchun hech qanday qiymatga ega 
bo‗lmasligi mumkin. Tarjimada ko‗p mazmunini yo‗qotadigan badiiy iqtiboslar haqida 
ham xuddi shu fikrni bildirsa bo‗ladi. Ba‘zi hollarda mijozlarni jalb qilishi lozim bo‗lgan 
ma‘lumotlar, aksincha, ularga teskari ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Nashrning o‗lchami va boshqa jihatlari, birinchi navbatda, uning tarqatilishi 
shartlariga qarab aniqlanadi, chunki pochta jo‗natmalari usullari shunga bog‗liq 
hisoblanadi. Ko‗rgazmaga qo‗yish uchun doimiy moslamalardan foydalanish standart 
bo‗yicha zaruriyatini tug‗diradi. Xalqaro standart o‗lchami (bukilgan holda 21x10,5 sm) 


139 
pochta orqali jo‗natish uchun to‗g‗ri keladi. Maxsus o‗lchamli broshyuralar uchun 
konvertlarni tayyorlash qimmat hisoblanadi. Ko‗pincha, mohirona tayyorlangan 
bukletlarning ko‗pchiligi agentlik papkalarida qolib ketadi. Nisbatan ko‗p qo‗llaniladigan 
o‗lchamlar: 21x10,5 sm, 21x21 sm va A4 (21x27,9 sm). 
Kataloglarning asosiy tarkibi - bu narxlar keltirilgan jadvallardir. Bu jadvallarni 
tayyorlash uchun yagona talablar va standartlar mavjud emas. Biroq ikki nisbatan tipik 
variantlarga ajratish mumkin. 
Birinchisi - an‘anaviy variant turpaketning oxirgi narxi ko‗rsatilgan jadvallarni o‗z 
ichiga oladi (bir yoki bir necha kishiga). 
Bunday jadvallar bilan ishlashda o‗ziga xos kamchiliklar mavjud. Masalan, 
mijozlar bilan ishlay boshlashdan oldin menejer hisob-kitob usulini egallashi, har doim 
qo‗li ostida kalkulyator bo‗lishi va kim davomida ko‗pgina hisob-kitoblarni qilishga 
tayyor bo‗lishi zarur. Har safar tur qiymatini hisoblash zaruriyati ko‗p vaqt talab qiladi. 
Narxni tushirishning har ikkala usuli teng darajada amal qilish huquqiga egadir, Asosiysi, 
ma‘lumot to‗liq, tushunarli va ishonchli bo‗lishi lozim. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə