O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Kompozitsiyalarni yaratish va bezatish vositalari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Kompozitsiyalarni yaratish va bezatish vositalari:

bayroqlar, yorliqlar, transparantlar;

firma logotiplari; 

diagrammalar, mozaika, fotooboylar;

gullar, yashilliklar, daraxtlar;

original konstruksiyalar, fontanlar; 

havo sharlari va zondlar;

rangli panellar; 

devoriy taqinchoqlar, panno; 

haykallar, vazalar, keramika

maneken vaboshqalar.
Bu vositalar yordamida turli predmetlar o‗z g‗oyasiga ega bo‗lgan yagona 
kompozitsiyaga birlashadilar.
Ekspozitsiyalarni ko„rsatish usullari: 

statik demonstratsiya; 

harakatdagi demonstratsiya; 

tashrif buyuruvchilarga ko‗rish, tatib ko‗rish, eshitish, hidlash, tegib ko‗rish, 
harakat qilish imkonini berish

o‗yin namoyishi; 

obektlarni 
texnik 
vositalar 
yordamida 
namoyish 
qilish 
(kompyuter 
videotexnikasi, lazer qurilmasi va boshqalar). 
Bunda shuni unutmaslik kerakki, ko‗rgazma - bu yuzlab turistik firma va 
korxonalar qatnashadigan ajoyib ommaviy tadbirdir. Unda qatnashchilarning har biri o‗z 
stendini taqdim etadi. O‗z stendiga tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun 
quyidagilardan foydalanadilar: 

harakatlanadigan obektlar; 

tirik obektlar (jonivorlar); 


148 

tarixiy, ertak, teatr va cho‗milish kiyimlari kabi turli xilda kiyingan odamlar; 

original yoritish va oranjirovka; 

stend ustida sharlar, transparantlar, tablo; 

musiqiy ansambl, tovush effektlari; 

optik va lazer effektlari; 

katta ekranlarda qiziqarli bo‗lgan kompyuter videoroliklari

kutilmagan ob‘ektlar (stend o‗rtasida katta palma); 

zaldagi original ko‗rsatkichlar. 
Bular ichidan sizning mahsulotingiz va kompaniyangiz uchun nisbatan qulay, 
foydalisini tanlash va foydalanish zarur. 
Stenddagi kompaniya logotipiga alohida e‘tibor qaratish lozim. Logotip ko‗zga 
tashlanadigan hajmda bo‗lishi kerak. Kompaniya nomi ko‗rinadigan joyda va oson 
o‗qiladigan bo‗lishi lozim. 
Tashrif buyuruvchi quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim: 

stendning ko‗rinishi. Stend diqqatni o‗ziga jalb qilishi uchun ajralib turishi 
kerak; 

firmaning logotip yoki nomi ko‗zga tashlanib turushi lozim;

Mahsulot reklamasi. Buning uchun ko‗rish, o‗qish va tushunish oson bo‗lgan 
panellar, plakatlar, sarlavha kabi vizual vositalardan foydalaning. 
Agar tashrif buyuruvchi uch sekund ichida stendingizga razm solishga ulgurmasa, 
u ma‘lumotlar nisbatan qulay joylashtirilgan tomonga o‗tib ketadi. 
Ko‗rgazmada ishlayotgan komandaga qarab umuman turistik firmaga baho 
beriladi. Shuning uchun stend presonalini tanlash ham alohida e‘tiborga ega. Professional 
tayyorgarlik va xorijiy tilni bilish bilan bir qatorda birinchi darajada tashrif buyuruvchilar 
bilan muloqotda bo‗la olish qobiliyati ahamiyatlidir. Ayniqsa, ko‗rgazma komandasi 
oldindan muzokaralarni olib borishga o‗rgatilgan bo‗lsa ayni muddaodir. 
Har bir stendga tashrif buyuruvchi potensial mijozdir, unga ega bo‗lish esa 
san‘atdir. Buning uchun esa boshidan mijozlarga e‘tibor berish lozim. Stendga tashrif 
buyuradigan har bir mijozga alohida e‘tibor bilan muomala qilish kerak: uning 
tashrifnomasini olish, «kontaktlar jurnali»da kelish maqsadini qayd qilish lozim. Unda 
kelish sanasi, suhbat predmeti, muzokaralarning qisqa natijasi kiritiladi va tashrif noma 
biriktilib qo‗yiladi. 
Ekspertlar ta‘kidlashicha, o‗rta hisobda 70% suhbatlar "Sizga qanday yordam bera 
olishim mumkin?" savolidan boshlanadi. Bunday siyqasi chiqqan savoldan keyin suhbat 
bir necha sekundda tugaydi. Shuni hisobga olish kerakki mijoz, odatda, diqqat markazida 
bo‗lishni xohlaydi. Bunga mijoz nuqtai nazarini hisobga olib erishishimiz mumkin: «Biz 
.... tashkil qilamiz» o‗rniga «Siz ...da bo‗lasiz» yoki 2Men sizga ...ni ko‗rsatmoqdaman» 
o‗rniga «Siz bu yerda... .ni ko‗rmoqdasiz» deyilsa ma‘qul bo‗ladi. Bunday murojaat 
mijozni stendga yanada jalb etadi. 
Stendda kamida ikki xodim ishlashi lozim. Biroq qiladigan ishi rejalashtirilmagan 
va tashkil qilinmagan bo‗lsa, bunday paytda katta komanda ham ishga foyda keltirmaydi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə