binafsha rang sezgisi hosil qiladi. Nazariyaga ko`ra, yorug`lik to`lqinlari birdaniga
uchta elementni bir xilda qo`zg`atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi.
Lekin yorug`lik to`lqinlari ikki yoki uch elementga ta’sir qilsa-yu, ammo bu
ta’sir bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining
qanchalik qo`zg`alganligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo`ladi.
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo`lib, ularning
bunday nomlanishining bosh omili - bu retseptorlarning teri va organizmning
tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo`lib,
ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgilar, ikkinchisi esa silliq yoki
g`idir-budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana a’zosiga narsalarning
tegishini sezish tashqi ko`zg`alish kuchayganda siqiqni sezishga aylanadi, u
yanada kuchayganda siqiq og`riq sezgisiga aylanadi.
Tuyish sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish
tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iboratdir. Tanachalarning ichida,
qisman tashqarisida (epiteliyda) tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular
terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan. Ular barmoklarning uchlarida
til uchida, labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik daraja
boshqalardan yuksakroqdir. Qaysi yerda tanachalar siyrak bo`lsa, demak u
joylarda sezish ko`rsatkichi shunchalik pastdir.
Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqpari
zichligi esteziometr asbobi yordami bilan o`lchanadi. Asbob keriladigan ikki
oyokli tsirkuldan tashkil topgan bo`lib, o`zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari
o`rtasidagi masofani o`l- chaydi.
Tuyishning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm-2 mmgacha, b)
qo`l kaftida 10 mm, v) orqada 60-70 mm masofa bir yo`la ikki oyoqcha
tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi).
Tuyish sezgilarining markazi bosh miya po`stining orqadagi markaziy
pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.
Tuyish sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi - bu biron-bir
narsalarningteriga bevosita tegishidir.
Harorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan tavsiflanadi. Maxsus
tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari
joylashgan bo`ladi.
Ularning tashqi sababi — biron-bir xaroratga ega bo`lgan qattiq, suyuq va
gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash
qo`zg`atuvchi harorati bilan badan , harorati o`rtasidagi nisbat bilan
belgilanadi. Masalan, ko`zgatuvchining xarorati badan haroratidan past bo`lsa
— sovuqni, agarda yuqori bo`lsa -- issikni sezamiz, his qilamiz.
FARQLASH: a) jismlarning issiq o`tkazuvchanligi: temir va yung.
XaRORAT SЕZGILARI: a) tashki ko`zg`atuvchilar, b) organizm ichida:
qo`rkish - qon tomiri torayadi, uyalish - qon tomiri kengayadi.
Muskul-harakat sezgilari motor sezgilari, goho kinestetik sezgilar deb
nomlanib, ularga og`irlikni, qarshilikni, organlar xarakatini bilish sezgilari kiradi.
Ularning organlari - gavda muskullari, paylar, bo`g`imlardan iboratdir.
72
Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo`lib,
ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
Muskul-harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta’sir etuvchi
narsalarning mexanik tayziqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaniig fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash
sezgilar deb ataladi.
Gavdaning fazodagi xolatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki
qulokdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat
quloq daxlizi va yarim doira kanalnardan tashkil topgan bo`ladi, sezuvchi nerv
tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda
muvozanatini saqlashda otolitlar alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada
suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallaridan tashkil topgandir.
Odatda organizm avtomatik ravishda refleks yo`li bilan muvozanat saqlaydi.
Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda qizilo`ngach, me’da,
ichak, qon tomirlari, o`pka va shu kabilarda joylashgan bo`ladi.
Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining
qo`zg`atuvchilaridir. Ular quyidagilardan iboratdir:
a) og`riq sezgilari;
b) xush tuyg`ular;
v) noxush tuyg`ular.
Mavzu yuzasidan savollar
1.Sezgi haqida tushuncha.
2.Sezgilarning resseptorlik va reflektorlik nazariyalari.
3.Sezgi jarayoni qonuniyatlari.
4.Sezgilarning nerofiziologik asoslari.
Tayanch iboralar
Ekstroretseptiv, interoretseptiv, propriretseptiv, statik, organik, periferik,
afferent, efferent
73
8 Mavzu: Idrok tushunchasi va asosiy
mexanizmlari
Reja:
1.
Idrok to`g`risida umumiy tushuncha.
2.
Idrok turlari.
3.
Idrok apertsepsiya hodisasi.
4.
Idrokda illyuziya holatlari
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon
bo`lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar
xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar,
ko`nikmalar bir davrning o`zida namoyon bo`ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
Idrok tushunchasi lotin tilida qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning
yuqori bosqichi esa «appertseptsiya» deyiladi. Appertseptsiya- idrok
jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribala-qiziqishlari,
motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha
mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar
o`zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada
tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o`zining bilim saviyasi,
maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan
holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz»
tushunchasini biologlar o`simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar
sonlarning ildiz ostidagi ko`rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan (qarindosh-
urug`chilik shaklida ko`z o`ngiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda
idrokning aniqlik, to`liqlik, ravshanlilik, predmetlilik, tanlovchanlik kabi
sifatlarning ma’nosi o`rnida qo`llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko`ra
appertseptsiya xodisasi barqaror va vaqtincha deb yurituvchi ikki
ko`rinishga ajratiladi. Barqaror appertseptsiya hodisasi shaxsning
dunyoqarashi, ideali, pozitsiyasi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi,
madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog`liq
bo`lib, u o`ta murakab tuzilishga egadir. Muvaqqat appertseptsiya turi esa
shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning
kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko`rinishdagi xis-tuyg`ularida,
ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o`z ifodasini topadi.
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadkiq qilinadi, vaqt,
harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning,
biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar,
ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisalarning
yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo`lishi, muayyan obьektiv vaqt
74
Dostları ilə paylaş: |