O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73

yaxlitlik belgisi aloxida namoyon bo`luvchi ayrim alomatlarda ifodalanuvchi 
narsalarni predmet yoki jism tariqasida in’ikos qilish qobiliyatiga ega. Idrok 
mazmuniga, tarkibiga kiruvchi har qanday hodisa, xoh verbal, xoh noverbal 
tarzda ifodalanishidan qatьi nazar u predmet  yoki jism sifatida gavdalanadi va 
unga qiyos berilgan yaxlitligini namoyish etadi. 
 
Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o`zgarsa ham, 
lekin uning ko`z to`r pardasidagi obrazining o`zgarmasligi, nisbiy turg`unlik 
ko`rsatuvchi qonun, eng muhim xususiyat konstantlik deyiladi. Doimiylik, 
o`zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi. 
Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan tuzilishga yoki 
strukturaga ega bo`lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to`g`risida 
mulohaza yuritish mumkin bo`ladi, xolos. Xuddi shu sababdan, ularning hajmi, 
fazoda egallagan o`rni, rangi, ichki mohiyati, ko`rinishi, vazni to`g`risida 
muayyan tushunchaga ega bo`lish uchun idrok qilinadigan aniq tuzilishga, 
ya’ni strukturaga ega bo`lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi idrokning 
muhim xususiyatlaridan biri, ya’ni bittasi uning tuzilishiga ega ekanligi, ya’ni 
strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag`zi hisoblanmish 
yaxlitlik hakida jonli mushohada bo`lishi mumkin emas, chunki struktura 
qismlardan vujudga kelsa,  alohidaliklar  birikmasidan yaxlit tuzilma yaratiladi. 
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy 
kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog`liqdir. Lekin to`g`ri (adekvat) 
idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo`lmog`i lozim: 1) 
sub’ektning aks ettirishi zarur bo`lgan narsalar yuzasidan oldingi o`quvi, 
tasavvurlarining ko`lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism, fan, 
voqelik, muammo o`rganilishi bilan bog`liq bo`lgan maqsad, maqsad qo`ya 
olish; 3) pertseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) 
idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, 
ularning o`zaro uyg`unligi. 
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa 
yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladi. Idrok kilinadigan narsa  uni o`rab 
turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt  hisoblanib, 
ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokning  sifati ob’ektni fondan tez, 
to`liq va aniq ajratib olish bilan belgilanadi. 
 
Idrok qo`zg`atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruv-sezgilardan farq 
qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan 
birgalikda aks ettiradi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy 
yig`indisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib bo`lmaydi. Idrok o`ziga xos 
tuzilishga ega bo`lgan hissiy bilishning
 
sifat jihatdan yangi, yuksakrok 
bosqichidir. 
Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi, 
anglanganligi, predmetliligi, tanlovchanligi   uning eng muhim 
xususiyatlaridandir. 
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga insonni 
 
77


inson tomonidan idroq qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning 
taxliliga ko`ra, insonning ba’zi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz 
alomatlari va tana a’zolarining turli harakatlari yordamida aniqlanadi. 
Insonning tashqi kiyofasining tuzilishi bo`yicha shaxs xarakteri xususiyatlari 
va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o`zining uzoq tarixiga ega 
bo`lsa-da, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi 
davrdagina tadqik qilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish 
orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari 
tomonidan yaratilgan nazariyalar, to`plangan amaliy ma’lumotlar 
umumlashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin: 
1.
 
Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o`zgarish uning yaqqol shaxsiy 
xususiyati bilan uzviy bog`liq ekanligini  mavjudligi.  
       2.Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko`rinishdagi maftunkorlik,  
xushbichimlik shaxsning  kechinmalari  bilan uyg`unlashuvini e’tirof qilishga 
qaratilgan yondashuv. 
Idrok qilinayotgan  inson muayyan masofada muomala va muloqotga 
kirishuvchi  shaxs tomonidan qay yo`sinda qabul qilinsa, demak o`sha 
odam to`g`risidagi taassurot bevosita, vaziyatga bog`liq, bo`ladi, chunki 
yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida 
mujasssamlashishi mumkin.  
                  3. Idrok qilinayotgan insonni tashqi ko`rinishining alomatlari iliq taassurot 
va tasavvur uyg`otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish 
kishiga o`xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok 
qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga 
notanish kishiga ko`chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na 
manqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan, bu tarzda 
insonni inson tomonidan idrok qilish o`xshashlikka asoslanishini ta’kidlab 
o`tish maqsadga muvofiq. 
       4.Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki b u   ijtimoiy  
guruxlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to`g`risida muayyan qarorga kelinsa, 
odamning shaxsiy sifatlarini baqolash xuddi shu nuqtai nazardan amalga 
oshiriladi. Kishining tashqi ko`rinishiga nisbatan bunday yondashish ijtimoiy 
kelib chiqishga asoslanuvchi o`xshatish deyiladi. 
     Bizningcha,  insonni  inson  tomonidan  idrok  qilish  jarayoni  qat’iy  ravishda 
quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin. 
   - idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy xislatlari bilan 
qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; 
bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish, 
unga taqlid  qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya’ni 
identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi; 
-idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha 
mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o`z-o`zini anglash negizida 
namoyon bo`ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to`g`risida 
muayyan qarorga kelinadi; 
-
 
 o`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan hamdardlik 
 
78


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə