O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Guash bo’yog’ida ishlashning yo’llari



Yüklə 235,07 Kb.
səhifə3/4
tarix22.11.2017
ölçüsü235,07 Kb.
#11334
1   2   3   4

1.3 Guash bo’yog’ida ishlashning yo’llari

Guash bo'yog'i akvarel bo'yog'ining tamoman aksi bo'lib, u kabi tiniq, jarangdor tus bermaydi. Ranglari yorug'likni yutganligi sababli uning tagidagi qog'oz ko'rinib, sezilib turmaydi. Tarkibi esa akvarelniki singari – bo'yoq kukuni va uni bog'lovchi moddalardan iborat. Ammo ular maxsus yog'och yelimi bilan mtadil nisbatlarda aralashtirilgan bo'ladi. Guash bo'yog'ining yana bir muhim jihati uning oq bo'yoq bilan aralashtirib ishlatilishidir. Shuning uchun uning ranglari unchalik jarangdorlik kasb etmaydi. Bo'yoqni ishlatish uchun mo'yqalamlar ham maxsus tanlanib olinadi va ular juda yumshoq bo'lmasligi, bir oz dag'alroq bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Tasvir ishlanadigan sath, ya'ni qog'oz yoki karton ham silliq bo'lmagani yaxshi. Uning yuzasi iloji boricha yelimli qoplama (grunt) bilan ishlov berilgan bo'lishi zarur. Shunda uning sathiga guash bo'yog'ini yaxshi surtish mumkin bo'ladi. Guash ko'pincha grafik ishlarni, bezaklarni, plakatlarni ishlashda va qisman rang-tasvirlarni bajarishda foydalaniladigan , suv qo'shib ishlatiladigan, tez quriydigan bo'yoqdir. U bilan tasvirlar bajarishning murakkabligi shundaki, bo'yoq surtilgan paytda to'q, qurigandan keyin esa ochlashib ko'rinishidir. Shu jihatini hisobga olib turilmasa, ranglar orasidagi muvofiqlikni ushlab turish ancha qiyin kechadi. Buning uchun odatda har bir surtiladigan asosiy ranglar alohida-alohida maxsus idishchalarda tayyorlanib olinib, so'ng unga bir oz boshqa qo'shimchalar aralashtirib tasvir ishlanadi. Ranglarni ishlatishda, uning to'q-ochligi, rang tuslarining qanday topilganini doimo tekshirib, bilib turish uchun bir bo'lak qog'ozga tayyorlangan aralashmani surtib aniqlab, so'ng qo'llansa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Guash bo'yog'ida juda ko'p o'tmish rassomlari ham asarlar

yaratganliklari ma'lum. Ularning ajoyib-ajoyib natyurmort, manzara, teatr bezaklari, portret, plakatlari jahon tasviriy san'ati xazinasidan o'rin olgan. Ammo shunisi borki, bu nozik, saqlanishi ancha qiyin bo'lgan ishlarning ayrimlari, ayniqsa quyuq qilib ishlanganlarining bo'yoqlari o'chib, to'kilib ta'mir talab bo'lib qolganligi sir emas. Guash bo'yog'ida tasvirlarni bajarganda iloji boricha har bir rang tusi uchun alohida-alohida mo'yqalam tutgan ma'qul. Shunda ranglarni tiniq va toza, jozibali chiqishiga erishiladi. Mo'yqalamlarning turli o'lchamlardagisi va yumaloq hamda yapaloq ko'rinishdagilaridan foydalaniladi. Ayniqsa, yapaloq mo'yqalam bezak ishlarida hamda tezkor ranglavhalarni ishlashda juda qulaydir. Guash bo'yog'ida ranglavha va ayniqsa portretlar hamda odam tana qismlarini tasvirlash, nozik rang tovlanishlarini berish qiyin ishdir. Buning uchun ancha muncha mahorat, bilim, tajriba kerak bo'ladi. Tasvir ishlashning yo'l-yo'rig'i, usullarini puxta egallash esa ko'p amaliy mashg'ulotlarni talab etadigan jarayondir.

Katta-katta monumental asarlarning eskizlari hamda kompozisiya losihalarini, bayram munosabati bilan tayyorlanadigan suratlarni ham guashda bajarish qulaydir. U bilan keng qamrovli, mahobatli tasvirlar tez ishlanadi.

Rangtasvir ustalarining asarlarini kuzatar ekanmiz, ularning har biri texnologiyasi hamda uslubi jihatidan naqadar rang-barang ekanligini ko'ramiz va rassomlar mahoratiga tan beramiz. Chunki ijodkorlar bo'yoqning tasvir imkoniyatlarini ustalik bilan qo'llaganlar. Asarlarning biri quyuq bo'yoq qatlamidan foydalanib ishlangan bo'lsa, boshqasi esa juda nozik, yupqa qatlamda bajarilgan. Shunday asarlar ham borki, ular murakkab aralash texnikada bajarilgan. Ya'ni ham akvarel, ham guash texnalogiyasi ustalik bilan qo'llangan. Bunday mahoratli ishlangan asarlar qatoriga rus rassomlari V. Serov, K. Yuon, V. Kustodiyevlarning ijod namunalarini qo'shishimiz mumkin. Shunisi ham qiziqarliki, ayrim rassomlar akvarel bo'yog'ida yaratgan asarlarida guashning faqat oqini ishlatganlar va bu yaxshi samara berganligi ko'rinib turadi. Bunday asarlarga S. Gerasimov ijodiga mansub ishlarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.

Guash bo'yog'ining keyingi paytda yangi kashf etilgan turi ham mavjud bo'lib, uning nomi «fluoressentli guash» deb ataladi. Uning ijobiy tomoni sun'iy nur tushirilganda yorqinlik kasb etib, «yal-yal» yonib ko'rinishidir. Chunki uning ximiyaviy asoslari ultrabinafsha, binafsha, ko'k, yashil nurlardan g'ayrioddiy yorqin va tabiatdagidan ikki-uch marta kuchli rangda tovlanib ko'rinadi. Shu sababdan bunday bo'yoq turi teatr bezakchiligida keng qo'llanmoqda. Uning ta'sirchan yarqirab ko'rinishi uchun odatda kvars lampalarni nuridan ham foydalanish bo'lmoqda.

O'quv-mashq ishlarni bajarishda, ayniqsa natyurmortlarni ishlashda guash bo'yog'idan foydalanish juda ham qo'l keladi. Uni moybo'yoq tasvirlar ishlashdan avval o'rganilsa maqsadga muvofiq keladi. Shuningdek, turli kompozisiyalarning eskizlarini o'quv-mashq namunalarini guash texnikasida bajarish qulaydir. U bilan katta-katta sathlarni yaxlit qilib bo'yash, tez ishlash mumkin.

Qalamtasvir yoki rangtasvir asarining kompozisiyasi «struktura» siga aloqador tushuncha mohiyatini qisqacha tarzda ko'rib chiqaylik. Buning uchun kompozisiyaning son bog'liqligi munosabatlarini birma-bir keltirib o'taylik: bu chizilayotgan narsaning absolyut o'lchamining uning asliga nisbati, chizilayotgan o'lcham tomonlarining o'zaro nisbatlari, predmetlarning masshtabi, ular orasidagi masofalar, narsalarning qanday burilib turganligi, ufq sathi darajasi, yorug'lik manbaining holati, soya-yorug'ning taqsimlanishi, tusi, soya va yorug'ning nisbiy muvozanati, shuningdek asosiy rang dog'lari muvozanati, tasvirlanayotgan ob'yektlar bo'laklarining o'zaro joylashishi, qiyofalar va fonga nisbatan «kontrast»lar farqi (rang, soya-yorug', o'lcham) kompozisiya unsurlarining fazodagi ko'rinishini tashkil qilish (metr, ritm) va boshqalar.

Yuqorida keltirib o'tilganlarning barchasi predmetlarning sondagi belgilaridir. Ularni o'lchash va sanab ko'rsatish mumkin. Kompozisiyada qancha narsa ishtirok etayotganini aniqlash imkoniyati aniq. Shunday qilib ko'rish orqali qabul qilish mumkin bo'lgan belgilarni kompozisiyaning vositalari deb atashimiz mumkin. Bu asosda esa rassom ularning bevosita yordamida o'z fikrini ifodalash imkoniyatiga ega bo'ladi. Xuddi musiqa yaratayotgan kompozitor notalardan foydalangani singari rassom ham yuqorida sanab o'tilgan vositalardan foydalanib, o'z asari g'oyasini yuzaga chiqaradi, tasvirlarda ko'rsatib beradi. Sondagi kompozisiya sifatini ta'minlovchi, fikrni to'liq ifoda etishga xizmat qiluvchi belgilarni jamlovchi holat mazmunikompozisiya tamoyillari deyiladi. Ular: yaxlitlik, mutanosiblik, o'lchamlar muvofiqligi muvozanat, birlik va uzviylik

dir. bular orqali rassom ishning sifat darajasini ta'minlaydi.Natijada asar kompozisiyasi yuzaki emas, balki chuqur ma'no kasb etadi, tafakkurlash natijasida tushuniladi. Rassom kompozisiya tamoyillarini ustalik bilan qo'llab, har tomonlamayutuqqa erishadi, kompozisiya bekamu-ko'st bo'ladi. Ma'lumki, kompozisiya tamoyillari uch xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Ular quyidagicha: frontal, hajm-fazoviy va chuqurlik-fazoviy kabilardan iborat. Bulardan birinchisining belgisi – kompozisiyaning ikkita koordinat orqali (vertikal va gorizontal) riaojlanishini bildiradi.

Unda uchinchi koordinat chuqurlik qolgan ikkisiga bo'ysungan holatda ishtirok etadi. Bunday kompozisiya amaliy – bezak kompozisiyalarida ko'p qo'llaniladi, hajm-fazoviy kompozisiyalarida esa shakllar uch o'lchamli holatlarda yaratiladi. Ular har tomondan turib, aylanib ko'rishga mo'ljallangan bo'lib, haykaltaroshlikda qo'llanadi. Chuqurlik-fazoviy kompozisiya predmetlarni kartina teksligida tasvir etishda qo'llanadi va dastgohli rangtasvirda foydalaniladi.

Tarixdan ma'lumki o'tmishning ulug' rassomlari kompozisiya masalalariga juda jiddiy yondoshganlar va o'z asarlarini yaratishda umumqoida bo'lib qolgan tamoyillarga amal qilganlar. Kompozisiyaning «vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat», «burchak» va boshqa ko'rinishlarini qo'llab, yuksak natijalarga, go'zal ifodaviylikka erishganlar. «Oltin kesim» kompozisiya usulidan unumli foydalanish har sohada qo'l kelgani ham ma'lum.

Kompozisiya tuzishga mohir bo'lgan va uni o'z asarlarida mukammal darajaga olib kelgan mo'yqalam ustalari ko'p, ularga misol qilib quyidagilarni qisman atab o'tsak o'rinli bo'ladi. Bunday o'tmish tasviriy san'ati ustalari: Leonardo da Vinchi. Mikelanjelo, A. Dyurer, J. D. Engr, P. Rubins, Rafael, Tintoretto, A. Ivanov, K. Bryullov, I.YE. Repin, YA. Mateyko va boshqalardir.

O'zbek rassomlaridan tasviriy san'atning turli tur va janrlarida ijod qilgan va hozirgi paytda ajoyib asarlar yaratib kelayotgan musavvirlardan nomlarini ko'rsatib o'tishimiz mumkin. U. Tansiqboyev, I. Ikromov, Z. Inag'omov, CH. Axmarov, X. Husniddinxo'jayev, A. Abdullayev, R. Axmedov, R. Choriyev, I. Jabborov, A. Boymatov, J. Umarbekov, SH. Abdurashidov, A. Mirzayev, S. Abdullayev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, A. Nuritdinov, O. G'oziyev va boshqa ko'plab ijodkorlarni bemalol kompozisiya ustalari deb atashimiz, ularning asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz mumkin, bu albatta o'quv-mashqlarni bajarishda nazariy asos vazifasini o'taydi.
Rangtasvir mashg'ulotlariga tayyorgarlik

Ishni boshlashdan oldin albatta yosh rassomlar natura bilan obdon tanishadilar va o'zlariga yoqadigan joy tanlab, vazifani bajarishga kirishadilar, o'zlarini ishga tayyorlaydilar. Qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun ulardan yaxshi kayfiyat bo'lishi bilan birga shu vazifani uddalay olishga qattiq kirishish kerakligi tushunchasi ham bo'lishi darkor. Ishga sovuqqonlik bilan qarash yaxshi natija bermaydi.

Chizuvchi yangi ishni boshlashdan oldin shu natura haqida kengroq tushuncha olmog'i, uning tarixi, badiiyligi, konstruktiv tuzilishi, yaxlitligi haqida fikr yuritmog'i, bundan tashqari naturani bir nechta ko'rinishda ishlangan namunasi bilan tanishmog'i kerak. Ishga kirishishdan avval natyurmort haqida keng va batafsil tushuncha olib o'zlari uchun mustaqil ish rejasini yaratadilar.

Natyurmortning chiziqli tasviri. Natyurmort postanovkasini maqsadga muvofiq o'rnatib olgandan so'ng, uni metodik izchillikda tasvirlashga o'tiladi.

Qo'yilgan natyurmortning asosiy g'oyasini surat tekisligida tasvirlab berish uchun, ya'ni natura bilan tasvir o'rtasida to'la o'xshashlikka erishish uchun tasviriy san'atning ifoda vositalari bo'lgan kompozisiya, perespektiva, yorug'-soya va rangshunoslik nazariyalarini puxta bilish va ularni amalda qo'llay olish talab qilinadi. Alohida narsalarni asliga qarab tasvirlash vaqtida bilim va ko'nikmalar hosil bo'ladi. Lekin natyurmort ishlashda vazifalar ancha murakkablashadi. Endi vazifa bitta narsani emas, bir necha narsani o'zaro bog'lanishida qismlarni bir-biriga mos bo'lgan yaxlit tasvirlab ko'rsatishdan iborat bo'ladi. Shuning uchun amaliy ishning ketma-ket bosqichlar bilan olib borish maqsadga muvofiqdir.

Avvalo, qo'yilgan natyurmortni diqqat bilan kuzatib, uni tahlil qilib olinadi. Kompozisiyani ijodiy masalalari, asosan postanovka (natyurmort tuzish) qo'yish vaqtida hal etilgan bo'ladi ya'ni natyurmort qismlari o'rtasida uzviy bog'lanish bo'lib, hamma narsa birgalikda, yaxlit bo'lib ko'zga yaqqol tashlanib turmog'i lozim. Lekin unga har xil nuqtalardan qaraganda umumiy ko'rinishi ham, qismlarning o'lchamlari va nisbatlari ham o'zgarib boshqacharoq ko'rinib qolganini sezamiz. Demak, natyurmort tasvirining ta'sirchan bo'lishi va undan ko'zlangan maqsadga to'la erishish uchun qo'yilgan natyurmortga nisbatan eng qulay va qiziqarli ko'rish nuqtasini topish kerak. Buning uchun har hil joyga o'tirib yoki turib, naturaga yaqinlashib yoki uzoqlashib qarab ko'rish kerak bo'ladi. Bunda har gal kuzatuvchi ko'zlarning balandligi o'zgarishi bilan birga ufq chizig'i va ko'rish markazi o'zgarib turadi. Qo'yilgan natyurmortga nisbatan eng yaxshi ko'rish nuqtasini topib, ufq chizig'ini shunga muvofiq belgilab olish muhim ish bo'lib, tasvirning umumiy kompozisiyasi ko'p jixatdan unga bog'liq. Natyurmort tasvirini surat tekisligida to'g'ri joylashtirish bir qator masalalarni hal etishni talab qiladi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin bir necha hajmli xomaki rasm bajarib ko'rish maqsadga muvofiqdir.

Chizilgan eskizlardan eng muvaffaqiyatli chiqqanini tanlab, shu asosda katta orginal tasvir boshlanadi. Endi originalni surat tekisligiga nisbatan qanday kattalikda olinishiga alohida e'tibor berilishi loim, chunki ayrim narsalar tasviri juda kata bo'lib ketib, hamma predmetlar sig'may qolishi mumkin. Yoki narsalar tasvir formatga nisbatan juda kichik bo'lib qolib trofida bo'sh joy qoldirilsa, natyurmortning ma'nodorligi yo'qoladi.

Tasvirni qog'oz yuzasida to'g'ri joylashtirish masalasi hal bo'lgan har qanday tasviriy san'at asarining poydevori bo'lgan chiziqli rasmni boshlasa bo'ladi. Qo'yilgan natyurmortning umumiy holati, prinsiplari aniqlangach, qog'oz yuzasida uning umumiy o'lchamlari yengilligi va balandligi yengil-yelpi chiziqlar bilan belgilab chiqiladi. Har bir narsaning umumiy shakli qismlarning nisbiy o'lchamlari va va predmetlarning asoslari orasidagi masofalar ham ohista chiziladi. Bu ishlar qalamni qog'oz yuzasida tez-tez yurg'azib, natyurmort bilan taqqoslab turib bajariladi. Har qaysi predmetning o'zicha shakli, kata-kichikligi, tutgan o'rni aniq bo'lgandan keyin, ularning tuzilishini tahlil qilib, sinchiklab kuzatib, u shakllardagi perspektiv qisqarishlar kuzatiladi. Predmetlarning shaklini tahlil qilish chiziqli rasm ishlashda g'oyat ma'suliyatli bosqichdir, chunki u rasm ishlovidan mantiiqiy fikr yuritishni va obrazli tasavvur qilishni talab etadi.

Mashxur rus pedagogi va rassom P.P.Chistyakov: «Rasm solmoq fikr yuritmoq demakdir»-deb bejiz aytmagan. Har bir o'tkazilgan chiziq qandaydir aniq fikrning ifodasi bo'lmog'i lozim. Shunda narsalar shakli. qismlari orasidagi mutanosiblikni, konstruktiv tushunishni osonlashtiradi. Ayrim narsalarning konstruksiyasi deganda uning qismlari orasidagi ichki bog'lanishlarni, tashqi ko'rinishini ifodalovchi sinchini tushunishi kerak.

Predmetlarning surat teksligida joylashtirish vaqtida, albatta ularning asoslarini to'la chizib chiqish kerak. Bu tadbir har qaysi predmetning o'rnini va alohida narsalar o'rtasida qolgan masofani to'g'ri ifodalashga yordam beradi. Shunday qilinganda ba'zi narsalarning «muallaq» bo'lib qolishi yoki bir narsaning ikkinchisiga o'yib kirgandek tuyulib qolishiga yo'l qo'ymaydi. Umuman, hajmdor narsalarning rasmini chizganda, ularni shishadan yasalgan tiniq deb faraz qilib, uning ko'zga yaqqol ko'rinmaydigan jihatlarini ham bilinar-bilinmas chizib chiqish maqsadga muvofiqdir. Chiziqlar vositasida hajmlarning chegaralarini belgilash bilan birga ularning shakllarini yanada aniqroq bo'lishiga erishishning yana bir yo'li yirik shtrixlar bilan shaxsiy va tushuvchi soyalarni qoralab olishdir. Bu tadbir narsalarning mutanosibligini yanada ta'kidlash va shakllarini aniqroq tasvirlashga olib keladi.

Natyurmortdagi narsalarning fazoviy holati va hajmini realistik tarzda tasvirlash uchun ularning qay holatda turganini aniq chizish bilan bir qatorda perspektiva va yorug'-soya qonunlarini puxta bilish va ularni amalda qo'llash yuzasidan ma'lum ishlar olib borish kerak bo'ladi. Predmetlar shaxsiy va tushuvchi soyalarning chegaralari topilgandan keyin, har bir narsaning yorug' soya, siyrak soyalari birma-bir ranglar yordamida ishlab chiqishga o'tiladi. Har bir narsaning hajmdorligi va materialni haqqoniy qilib tasvirlash uchun natura bilan tasvirdagi soya, yarim soya va reflekslarning nisbiy munosibligiga erishishga harakat qilish kerak. Buning uchun esa natyurmortdagi eng to'q soya yorug' yerlarni aniqlab olib ana shu eng to'q soyadan boshlash lozim. Ana shu paytda natyurmort rangiga xos umumiy och to'qlikni to'g'ri aniqlash g'oyatda muhim. Buning uchun natyurmort yoniga bironta qop-qora narsa qo'yib qaralsa, eng quyuq soya ham unga nisbatan oqishroq bo'lib ko'rinadi. Agar shu narsa natyurmort tarkibida bo'lganda, qoralashni o'shandan boshlash va qora qalamni bor imkoniyatidan foydalanish lozim bo'ladi. Natyurmortdagi hech bir narsa qoraligi baxmalga teng kelmasligini hisobga olib, soyalarni bir oz kuchsizroq tonlarda berishimiz kerak. Xudi shu yo'l bilan natyurmortdagi eng yorug' yerning och-to'qligi darajasini aniqlasa bo'ladi. Endi natyurmort yoniga aniq narsa, oq qog'oz parchasi yoki bir bo'lak bo'r qo'yilsa bas, natyurmortdagi eng yorug' dog'ni ham taqqoslash imkoniyati tug'iladi. Alohida peredmetlarning yorug' va soya yerlarni taqqoslash vaqtida albatta, ularni fonga nisbatan qanaqa ko'rinib turganini aniqlash zarur. Odatda, peredmetning soya tomonidagi fon ochroq, yorug' tomonidagi esa, aksincha to'qroq ko'rinadi. Bu yorug'lik kontrasti bo'lib, rasm chizilganda uni albatta hisobga olish kerak. Predmetning yorug' tomonidagi to'qroq, soya tomoni ochroq qilib tasvirlash, natyurmortdagi yorug' va soyalar qarama-qarshiligini yaqqol ko'rsatishga yordam beradi. Narsalardagi soya, yarim soya, refleksning har birini och-to'qlik darajasiga monand qator o'ziga xos ranglar bilan ranglar chiqish, chiziqlarning va aynan shu narsaning shakliga monand ranglar yo'nalishni topishga harakat qilish kerak. Masalan: silindirsimon idishning hajmdorligini ifodalash vaqtida soya va yarim soyalarni pala-partish chizib tashlansa, uning silliq yumaloq sirtini aniq ko'rsatib bo'lmaydi.

Yumaloq sirtning har bir bo'lakchasi yorug'dan – soyaga o'tishda asta – sekin ranglari to'qlashib boradi. Lekin eng qo'yuq soya peredmetning chekkasida bo'lmay, markaz tomonga bir oz surilgan bo'ladi, chunki eng chekkada uning yonidagi narsadan yoki tekislikdan aks etgan nurlar, tekslikda aks etgan nurlari bilan yoritilgan joy refleks bo'ladi. Narsaning yorug' qismi o'rtasida dog' ko'rinadi. Bu blikdir. Sirtlarni silliq shisha, metal buyumlarida blik yaltirab turadi. Hamma narsaning hajmdor shakliga diqqat bilan ishlov berilgach, natyurmort ishlashning oxirgi bosqichiga o'tiladi. Natyurmortning rangda tasvirlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi.

Q
39
o'yilgan natyurmortni sinchiklab tahlil qilish;


  1. Surat tekisligida tasvirni joylashtirish;

  2. Har bir peredmet o'lchamini perspektiva qoidalari asosida taqqoslab belgilash.

  3. Narsalarning hajmdorligini yorug' va soyalarini rang fazoviy perspektivasi orqali ifodalab berish. Tasvirdagi yorug' soya reflekslarni ranglar nisbatini topib, ularni natura bilan munosabatini ifodalash;

  4. Rasmni umumlashtirish, ortiqcha joylarini yo'qotib ton nisbatlarini tekshirish, kompozisiya markazini ranglar yordamida bo'rttirib ko'rsatish.

Hajmga ega bo'lmagan predmetlar.

a) to'g'ri to'rtburchak shaklidagi predmetlar: daftar, papka, kitob va b.

b) kvadrat shaklidagi predmetlar: dastro'mol, shaxmat doskasi,b.

v) uchburchak shaklidagi predmetlar: chizg'ich, bolalar bayroqchasi,b.

g) aylana, doira, shar shaklidagi predmetlar: lagan, g'ildirak, childirma va b.

d) tabiat mahsulotlari: daraxt barglari, gullari.

ye) aralash shakldagi narsalar: o'yinchoq, baliq, bolg'a, belkurak, arra va b.
Hajmli predmetlar.

a) geometrik shakllar: kub, silindr, konus va b.

b) geometrik shakldagi predmetlar: chelak, qozon va b.

v) tabiat mahsulotlari: qovun, tarvuz va b.

g) aralash shakldagi predmetlar: obdasta, vaza va b.

Natural ko'rgazmali qurollar sifatida shartli ravishda hajmsiz deb qabul qilingan yupqa, shuningdek hajmli silindr, konus, shar shaklidagi predmetlar kiritiladi.

Tasviriy ko'rgazmali qurollar sifatida esa natyurmort asarlarining reproduksiyalari, tablisalari, fotografiyalari, deopozitivlardan keng foydalanish mumkin.

Natyurmort ishlash jarayonida chizuvchilar narsalarni shakli, tuzilishi, rangi va shu kabi xususiyatlarini bir-biridan farqi va o'xshash tomonlarini solishtirish orqali aniqlashni o'rganadilar.

Shuningdek, narsaning qaysi geometrik shakliga xos ekanligini aniqlagan holda ularni perspektiv jihatdan tasvirlash yuzasidan bilim va malakalar hosil qiladilar.

Bu mashg'ulotlarning kishilar uchun eng zarur xususiyatlaridan biri xotirani mustahkamlaydi. Narsaga qarab rasm chizishda fazoviy tasavvur va tafakkur o'stiriladi.

Narsaning o'ziga qarab rasmini chizish malakalarini hosil qilish ikki bosqichda oshiriladi. Bular:


  1. Shakli va tuzilishi murakkab bo'lmagan yakka narsalarni o'ziga rasmini chizish. Bunday narsalarni o'ziga qarab rasmini chizishda ularning hajmini va perspektiv qisqarishini maqsad qilib qo'yilmaydi.

  2. Shakli va tuzilishi murakkabroq bo'lgan narsalarning to'plamini o'ziga qarab rasmini chizish. Bunda narsalarni hajmini perspektiv qisqarishda tasvirlash shart qilib qo'yiladi. Natyurmort tuzish uchun xalq amaliy san'ati buyumlari, idishlar, meva va sabzavotlar va x.k. ham tavsiya etiladi.

Chizish uchun natura predmetlar tanlashda predmetlarni tashqi ko'rinishi haddan tashqari bezakdor bo'lmasligi kerak. Ortiqcha bezak naturadagi yorug' soyalarni idrok etishni qiyinlashtiradi.

Orqa fon uchun tanlangan matolar gulsiz, silliq yuzali bo'lgani maqsadga muvofiqdir.



Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari.

Rasm chizishni boshlashdan oldin ishni reja asosida bo'limlarga ajratilgan holda, bosqichma-bosqich bajarish kerak.

Ishni bir-biriga bog'liq bo'lgan quyidagi bosqichlardan olib boriladi:


  1. Rasmning kompozision yechimi.

  2. Rasmni qurish.

  3. Rasmga shakl berish usuli.

Ishni yuqoridagi bosqichlar asosida olib boriladi. Har bir bosqichda ishni alohida tugatib, boshqasiga o'tish mumkin. Chunki, har bir bosqich o'zicha alohida vazifani ado etadi. Rasm chizish davomida ishdagi xato-kamchiliklarni to'g'rilab borish kerak. Shundan so'nggina ishni oxirigacha olib borish, aniqlik kiritish oldingi holatlarni tuzatish talab qilinadi.

Har bir rassomning uzoq yillar ijod qilishi natijasida uning ijodida o'ziga xoslik yoki o'zini ijodiy uslubi paydo bo'ladi.

Endi yosh talabalarga kelsak, ularning kompozisiya haqidagi bilimlarini har bir mashg'ulotda boyitib boradi. Kompozisiyaning qoidalari, simmetriya, assimmetriya bilan tanishish talabalar uchun kelgusi ijod ishlarida juda zarurdir.

Masalan, rasm tasvir tekisligining o'rtasida bo'lsa, bu badiiylikdan uzoqlashgan hisoblanadi. Shuning uchun har bir chizuvchi rasm kompozisiyani to'g'ri farqlab, kompozision talablarga to'la-tekis javob beradigan darajaga yetishish kerak.

Bu degani:

1.Tasvir tekisligidan shunday foydalanish kerakki, undagi rasm juda yirik va mayda bo'lib qolmasin;

2.Kompozisiyani bo'linib qolishidan saqlash, ya'ni tekislik yuzasidagi tasvir ikki yoki uchga bo'linib ketmasin;

3.Kompozisiyani shunday qurish kerakki, undan biror qismini olish yoki biror qismini qo'yish mumkin bo'lmasin;

4.Kompozisiya markazini topish-bu kompozisiyaning ma'nosi va xarakterini belgilaydi.

Rasm chizishga qo'yiladigan talablardan biri, kompozisiya qoidalariga mos tushadigan qoida: irodalilik, yaxlitlilik, haqiqiylik, ma'nolilikdir. Rasmni qog'oz betiga joylashtirishning bir necha xarakterli va zaruriy usullari bor.

Shulardan birini ko'ramiz:

1-usul. «Darcha» usuli. Bir parcha qog'oz olib, uning o'rta qismida to'rtburchak shaklida darcha ochiladi. Shu ochilgan teshikning shakli rasmga mo'ljallangan qog'ozni shakliga o'xshash bo'lishi kerak. Shu darcha orqali naturaga qaraymiz

2-usul. «Rom» usuli. Bunda talaba qo'yilgan naturani yaxshilab o'rganib oladi. Har tomondan qaraydi va rasm uchun mo'ljallangan qog'ozni yuqori qismiga shu naturaning kichraytirilgan kompozisiyasini chizadi, lekin ish yuzasidan izlanishda davom etadi va nihoyat eng ma'qul kompozisiya yechimi topilgach, uni rom bilan o'raydi.

3-usul. «Universal» usul. U yerda talaba «Darcha» yoki «Rom» usulini qo'llamasdan ish to'g'ridan-to'g'ri katta qog'ozga ko'zda chamalab kompozisiyani chizish va naturani yaxlitlik holatini yo'qotmasdan ishni kompozisiya yechimini topishdagi bosqich bilan yakunlaydi.



Rangtasvir ishiga qo'yiladigan talablar.

Rang bilan ishlangan natyurmortga quyidagi talablar qo'yiladi:

- tasvir qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirilganligi;

- tasvirlangan buyumlarning o'zaro nisbatlari to'g'ri olinganligi;

- chiziqli tasvir to'g'ri topilganligi;

- buyumlarning naturadagidek ochlik-to'qlik nisbatlari ranglar yordamida to'g'ri ifoda etilganligi;

- tasvirdagi soya va yorug'lik nisbatlarining och-to'qligi to'g'ri ifoda etilganligi;

- tasvirdagi ranglarning soya va yorug'lik ranglar nisbatlari yorug'lik kuchiga mos tasvir etilganligi;

- natyurmortdagi buyumlarning lokal rang to'qligi to'g'ri topilganligi;

- natyurmortdagi har bir buyumning materialiga mos ranglar yo'nalishi tanlanganligi;

- har bir buyumning hajmi ifoda etilganligi;

- naturaga qo'yilgan buyumlar o'rtasida rang perspektivasi masofa erkin ifodalanganligi;

- akvarelda ishlash texnologiyasidan unumli foydalanganligi;

- natyurmortda ishtirok etayotgan ranglarning eng yorug' va eng to'q joy berilganligi;

- umumiy yaxlitlik topilganligi;

- soya yorug', aks shu'la, yarim soya, blik va tushuvchi soyani rang vositalarida mohirona tasvirlanganligi;

- ichki qismi to'liq va bo'sh bo'lgan buyumlarni farqli tasvirlanganligi;

- barcha buyumlarning o'z predmet tekisligiga to'g'ri joylashtirilganligi;

- aylanasimon buyumlarni umumiy simmetrik qurilishini ta'minlanganligi.

Natyurmortni umumiy holda tahlil etishda, avvalo, qo'yilgan natyurmort, so'ng tasvir baholanadi. Tasvirlangan barcha elementlar yaxlitlikka bo'ysundirilganmi, kompozision umumiylikdan ajrab qolmaganmi, o'zining o'rnini topganmi, natyurmortning umumiy yorug' toni buzilmaganmi? Bu savollar eng oxirgi bosqichda beriladi.

So'zsizki, barcha kartina va polotnolarda chiziqli yechim topib olingandan so'ng, bo'yoqlar bilan ishlashga o'tiladi. Natyurmort elementlari orasidagi ranglar uyg'unligi ochlik-to'qlik nisbatlarini to'g'ri aniqlab olish maqsadida «alla-prima» usulida yoki oqizib ishlash yoki turli yengil mazoklar bilan to'liq nisbatidagi farqlikni tasvirlab olish usulidan ham foydalaniladi. Bu yerda ham yuqorida aytib o'tilgan oxirgi bosqich bilan ish tugallanadi. Natyurmortlar xoh qalamda, xoh rangda ishlansa ham avvalo muvaffaqiyatli tasvirlay olish ko'nikmasini tarkib topishiga yordam beradi. Rang tusi ranglarning to'lqin uzunligiga qarab belgilanadi. Rangning bu xossasiga ko'ra biz ko'z orqali qizil , sariq, zangori va boshqa spektral ranglarni ko'ramiz hamda idrok kilamiz. Lekin rang tuslari ularga qo'yiladigan rang nomlariga qaraganda ancha ko'pdir. Agar biror rangga tusining to'lqinlar uzunligi o'zgarmaydi. Chunki oq rang qo'shilganda faqatgina rang yorqinligi o'zgaradi va qaytarish kaeffisenti bilan ifodalanadi. Yorqinlikni aniq o'lcham uchun fotometr degan asbobdan foydalaniladi. Rang tuslari spektor

ranglariga kanchalik yaqinlashsa, ularning yorqinligi shunchalik yaxshi buladi.




Yüklə 235,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə