O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 235,07 Kb.
səhifə2/4
tarix22.11.2017
ölçüsü235,07 Kb.
#11334
1   2   3   4

Rangtasvirning ilmiy negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Rangshunoslik bo'lg'usi rassomlarga ranglarni tabiatda hosil bo'lishi va tarqalishi masalalarini ularning atrof-muhit ta'sirida o'zgarib ko'rinishini, bo'yoqlarini tayyorlash va ulardan foydalanish yo'llarini o'rgatadi.


O'rta Osiyoda ranglar xaqidagi ta'limot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik, devorlarga freska, panolar ishlash bilan bog'liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik hunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etadi. Shuning uchun har bir shogird, avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishiga bog'liq kimyoviy jarayonlarni o'rgangan bo'lish kerak.

Ranglarni tabiatda qanday xosil bo'lishi va tarqalish hodisalari qadimdan olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg'onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari Mon Battista Alberti, Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir haqidagi asarlarida ranglarning xususiyatlari haqida yozganlar.

Atoqli va mashhur olimlar Nyuton, Lomonosov, Gelmgolslar ranglarning mohiyatini ilmiy asosda tekshirganlar. Issak Nton qator tajribalar o'tkazib, oq yorug'likning ko'p rangli ekanligini isbotlagan, ekranda spektor ranglarni hosil qilgan. Buning uchun Nyuton quyoshning oq yorug'ligini derazadagi qora pardaning ingichka tirqishidan o'tkazgan va yo'liga uch qirrali prizma qo'ygan, natijada ekranda har xil ranglardan iborat keng yorug'lik dastasi ko'rilgan. Ekranda ko'ringan ranglar spektr ranglar bo'lib, ular quyidagicha joylashgan edi: qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, zangori, ko'k va binafsha rang maxsus asbob - spektroskop yordamida ko'plab aniq va ravshan spektrlarni hosil qilishi mumkin. Oq yorug'lik aslida murak kab bo'lib, rangdorlik jihati dan shunchalik turli- tumanki, bir rangdan ikkinchisiga o'tish da yana bir qator rang tuslari seziladi. Spektr ranglarni yomg'ir yog'ib o'tgandan keyin osmonda paydo bo'ladigan kamalakda, favvoralardan otilayotgan suv zarralarida kuzatish mumkin. Spektr ranglarni qayta bir joyga to'plansa, oq yorug'lik hosil bo'ladi. Nyuton ranglarni fizika fani nuqtai nazaridan o'rgangan bo'lsa, nemis shoiri va san'atshunos I.V.Gyotenni ko'proq ranglarni kishi organizmiga ko'rsatadigan ta'siri qiziqtirgan. Gyote «ranglar haqidagi ta'limot» nomli asarida ranglarni iliq va sovuq tuslarga ajratib, iliq (sarg'ish-qizil) ranglar kishida kayfu-chog'lik tuyg'usini, sovuq (havorang-yashil) ranglar esa ma'yuslik tuyg'usini uyg'otishi haqida yozgan.

XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgals rangshunoslik nazariyasida muxim yangilik yaratgan. Ko'p yillik tajribalari asosida xromatik ranglarni uchta asosiy alomati-rang toni (nomi), rangning och-to'qligi va to'yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko'rsatgan.

Rang muammolarini o'rganishga yapon olimlari hamisha jiddiy qarashgan. Hozir ham dunyoda yagona bo'lgan Tokio rang institutida inson qalbiga ta'sir etadigan tabiat Hodisasi-rang atroflicha o'rganiladi.

Ranglarning nomini ifodalovchi, ya'ni ularni birinchi qizil, ikkinchisini ko'k, uchinchisini binafsha va hokazo deb atalishiga asos bo'lgan belgisi rang toni deyiladi. Biroq xromatik rangga ozroq kulrang qo'shsak, uning sho'xchangligi pasayib, nursizlanadi. Bu hol rangning kam to'yinganligi, ya'ni uning tarkibidan sof bo'yoqning kamayganligidan darak beradi.

Demak, rangning to'yinganligi deganda, uning kulrangga nisbatan rangdorlik darajasini , tozaligini tushunish kerak.

Yuqorida aytilganlardan ma'lum bo'ladiki, xromatik ranglar bir-biridan uchta asosiy xossasi-rang toni (rangning o'zi), rangni och-to'qligi va to'yinganligi bilan farq qilar ekan. Spektrni sinchiklab kuzatsak, uning eng chekkasidagi qizil va binafsha ranglar orasida o'xshashlik alomatlarini sezamiz. Ikkala rang bir-biriga qo'shilsa, ularning oralig'ida qirmizi ranglar hosil bo'ladi. Bu hosil bo'lgan rangni qizil rang bilan binafsha rangning o'rtasida joylashtirib spektr tutashtirilsa, xalqa kelib chiqadi. Buni rangshunoslikda ranglar doirasi deb yuritiladi. Ranglar doirasidan qizil, qizg'ish zarg'aldoq, sariq, sarg'ish yashil, yashiltab zangori havorang, ko'kimtir havorang, ko'k, ko'kimtir binafsha, qirmizi ranglarning har xil tuslari ko'rinadi.

Ranglar doirasida rang tuslari juda ko'p bo'lishi mumkin. Lekin ko'zlarimiz ularni 150 taga yaqinini ajratishga qodir. Ranglarning doira bo'ylab joylashish tartibi muayyan saqlanadi. Rang doirasi ikki teng bo'lakka bo'linsa, birinchi yarmida qizil, zarg'aldoq, sarg'ish yashil (pistoqi) ranglar, ikkinchi yarmida esa yashil havo rang, feruza, zangori ko'k binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishiga sabab-qizil, sariq ranglar olovni, qizigan temirni , cho'g'ni eslatsa, xavo rang, zangori, yashil ko'klar esa muzning, suvning rangini eslatadi. Bu farqlanish nisbiy bo'lib, xar qanday iliq ham o'ziga nisbatan iliqroq rang yonida sovuq bo'lib ko'rinishi va aksincha, sovuq rang o'zidan sovuqroq rang yonida iliqroq tuyulishi mumkin.

Kimyo fani bo'yoqlarning topilishiga, moddalarni kimyoviy usulda qo'shib, bo'yoqlarning reseptlarini aniqlashga yordam beradi. Buyoqlar asosan ikki xil yo'l bilan tayyorlanadi. Buyoqlarning nomlari ko'pincha, qazilmadan qazib olingan joyning nomi bilan ajralib kelinadi.

Masalan, buyoqlardan neopolitan sarig'ini olsak, bu sarg'ish malla rang bo'yoq Italiyaning Neapol shaxri atrofidagi tog'lardan vulqon bilan otilib chiqqan moddadan tayyorlanadi. Xalilovka oxrasi-oltin tusli bo'yoq bo'lib, Uralda Orenburg rayonida Xalilovka qishlog'ida olinadi. Hind sarig'i-to'q sariq bo'yoq, Hindistonning Bengaliya shtatida o'sadigan xurmo daraxti yaprog'idan tayyorlanadi. Yana ayrim yorqin qizil bo'yoqlarni kichkina jonivorlardan-dub daraxtida yashovchi qo'ng'izcha (kattaligi 2-8 mm). Shimoliy Amerikada yashovchi qizil chuvalchangdan tayyorlanadi.

Tasviriy san'atda uning rangtasvir va grafika tushunchalari mavjud bo'lib, ular bir-biridan ishlanish yo'llari hamda uslublari, tasviriy vositalari bilan farqlanib turadi. Rang inson hayotida muhim rol uynaydi. U turli vaziyatlarda odamga har xil ta'sir etadi. Shuning uchun biz ayrim paytlarda ranglarni “quvonchli” va kayfiyatimizni tushkunligini ifoda etishi mumkin bo'lgan “xira” deb atashimiz bejiz emas. Inson qadimgi paytlardanoq rangning ana shunday xususiyatlarini hisobga olib, o'z faoliyatida unumli foydalanib kelganligi ma'lum. Ayniqsa, shunday vosita sifatida rassomlar undan ustalik bilan foydalanganlar. Asarlariga har xil ranglar bilan jilo berib, odamlar kayfiyatiga turlicha ta'sir etib fikrlar uyg'otadigan tasvirlar yaratishga erishganlar. Shuning uchun tasviriy san'atning juda ko'p turlari va janrlarida rang hamda uni ishlata bilish juda katta ahamiyatga egadir. Ammo u qalamtasvirning muhim ekanligi bilan quvvatli ekanligi ma'lum haqiqatlardan eng asosiysi desak to'g'ri bo'ladi. Shuning uchun qadimdan qalamtasvir chizishga rangtasvirning asosi sifatida karash shakllangan. Ammo rang hususiyatlarini yaxshi bilish har bir tasvir chizishni o'rganuvchi uchun juda ahamiyatlidir.



1.2 Akvarelda ishlash texnologiyasi va usullari.
O'rta Osiyoda akavrelda kitoblarni chiroyli qilib bezash maqsadida qo'llanildi. O'rta Osiyo rassomlari ichida, ayniqsa, Kamoliddin Behzod kitoblarga akvarel bilan miniatyura hamda illyustrasiyalar ishlashda shuxrat qozondi. XIX asrning oxirlarida akvarelda I.YE.Repin, V.A. Serov, M.A.Vrubel, kabi rassomlari o'z asarlarida yangicha sifatlarini namoyish qildi. Rus tasviriy san'ati namoyondalari A.M.Grasimov, S.V.Gerasimov, O.G.Vereyskiy, Kukrinskiylar N.N.Volkov, YU.I.Neprensev va boshqalar ham akvarelda ko'plab qiziqarli asarlar yaratdilar. Ular yaratgan asarlarning ko'pchiligini kitoblarga ishlangan illyustrasiyalar tashkil etadi. O'zbekistonda esa akvarelda ishlash san'atining rivojini B.Hamdamiy, O'.Tansiqboyev, G. Shevyakov, G.Siganov, K. Cheprakov va ayniqsa CH. Ahmarovning ijodida ko'rish mumkin.

Akvarel bilan ishlashusullarining murakkablashuvi, takomillashuvi uningturlarini ko'payishiga vaxilma – xillashuviga olib keldi. Hozir akvarelningbir qancha turlari mavjud.

Chunonchi qattiq, yumshoq va xamirsimon xoldagi akvarellar. Bu bo'yoqlar badiiy bilim yurtlarida, ayniqsa amaliy va dekorativ san'at o'kuv yurtlarida kompozisiyalar, eskizlar tuzishda qo'llaniladi. Akvarel bo'yoqlari ikki qismdan: bog'lovchi element hamda bo'yoq kukinidan tarkib topadi. Bog'lovchi emulsiya tayyorlanadigan moddalarni tanlashda bo'yoq rangini o'zgartirmaydigan, qog'ozga surtilganda tekis yotadiganlaridan foydalanadi.

Bog'lovchi moddalar asosan gummi arabika, olcha, olxo'ri va boshqa daraxtlarning shiralaridan tayyorlanadi. Daraxt shirasidan, masalan, olcha shirasidan juda osonlik bilan eritma tay.rlanadi. Shuningdek, bo'yoqning tez-qotib qolmasligi, pishiqligini va suvda eruvchanligini oshirish uchun unga asal, glisirin, dekstrinlar qo'shiladi. Bog'lovchi modda tayyorlanayotganda har bir element ko'rsatilgan miqdorda olinishi lozim. Har bir akvarel uchun bog'lovchi emulsiya turli miqdorda tayyorlanadi.Taxtacha ko'rinishdagi akvarel uchun emulsiya shiraning dekstrining suvdagi eritmasi meva shakari, ho'kiz o'tidan tayyorlanadigan aralashmadan iborat bo'ladi. Dastavval shiraning hamda dekstrining suvdagi eritmasi tayyorlanadi.

Meva shakari suv bilan aralashtirilib sirobsimon eritma hosil qilinadi. Ana shu uch xil eritma birgalikda to'xtovsiz aralashtiriladi. Hamda unga o'tdan tayyorlangan aralashma va fenaldan keraplicha tomiziladi. Chinni idishlardagi yumshoq akvarel uchun emulsiya tayyorlashda esa yuqoridagi moddalar ko'proq miqdorda oshrib meva shakari o'rniga asalari mo'mi va glisirin qo'shiladi.

Tyubiklarda chiqariladigan akvarel tarkibidagi bog'lovchi elementining ko'pchilik qismini asal tashkil etadi.Glisirin va shira ozroq miqdorda qo'shiladi.

Akvarel tayyorlashda qo'llaniladigan bo'yoq kukunlari tabiiy yoki sun'iy kukunlar bo'lishi mumkin. Ayrimlari o'simliklar yoki hayvonlarda o'raydigan pigmentlardan masalan , jigar rang , qarminli bo'yoqlardan tayyorlanadi. Bo'yoq kukunlarini tanlashda va tayyorlashda ularning tiniqligiga, bir-biriga yaxshi aralashishiga e'tibor berish lozim. Masalan, qo'yidagi bo'yoq kukunlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sariq kukunlar tabiy,jigar, rang, sariqmars, zarg'aldoq mars va hakozolar.

Qizil kukunlar: qizil tusli mars, qirmizi.

Binafsha: binafsha tusagi kukun.

Yashil kukunlar: zumrad rang, yashil rangli ranglar.

Zangori: zangori laklar.

Jigarrangli kukunlar : kuydirilgan jigar rang, jigar rang mars.

Qora kukunlar : -uzumdan olinadi.

Akvarel tayyolash uchun bo'yoq moddasi tayyor emulsiyaga aralashtiraladi tosh plita yoki mahsus xovonchada yaxshilab ishlanadi. Agarda sinash uchun olingan bo'yoq suvda yaxshi erishsa, aralashtirish hamda ishlov berish uchun tayyor bo'lgan xisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, qo'yilgan akvarel bo'yog'i qurilganidan keyin o'z rangini biroz o'zgartirib olishadi. Bunga bo'yoq qavatidagi suvning bug'lanishi, qog'ozga singishi ta'sir etadi.

Endi akvarel, tush va ularni ishlatishda qo'llaniladigan ba'zi qurol va vositalar haqida to'xtalib o'tamiz:


  1. Bir akvarel mo'yqalamda oson olinishi, suvda yaxshi eriydigan bo'lishi kerak. Akvarel boshqa bo'yoqlardan qog'ozga yubqa qalam tarzida o'tishi tekis, silliq surkalishi, qo'yilib va bir joyga qatlam tarzida yig'ilib qolmasligi bilan ajralib turadi. Akvarelga ko'p vaqt suv tegmasa,xaddan tashqari qUzbekiston Respublikasiqshab ketib, uni ishlatish qiyin bo'lib qoladi. Shuning uchun chinni idishlar va tyubiklardagi akvarelni qorong'u va slqin joylarda saqlash lozim. Agar tyubikdagi akvarel qotib qolsa tyubikka mris bilan suv yuborish yoki uni suvli idishga biror soat solib qo'yish tavsiya etiladi. «Leningrad» markali akvarel sifatli akvarellardan xisoblanadi va u plastmassa idishlarda ishlab chiqariladi. Unda bo'yoqlarning 24 hili mavjud bo'lib, plastmassadan tayyorlangan palitra ham joylashtirilgan.

2.Tush asosan yozish-chizish, bezak va boshqa ishlarda kenqo'llaniladi. Ularning xillari juda ko'p. Tushlar suyuq holda shisha idishlarda va taxtacha hamda qalamcha shaklida qattiq holatda ishlab chiqariladi.

Kerakli tushlar maxsus idishlarda suyultiriladi. Ulardan axromatik ranglarning har xil tuslari xosil qilinadi. Tushni juda quyuq ishlatilmaslik lozim. Ular etyudlar uchun muljallangan bo'lib, 20-30 donasi kerakli o'lchamda bir-birlariga yelimlab qo'yilgan bo'ladi. Qog'ozlarni bir-birlaridan ajratib olishda birorta uchi o'tkirroq asbobdan foydalaniladi. Orqasiga qo'yilgan karton esa uni g'ijim bo'lishidan asraydi.

3. «Stirator» bittasi kattaroq, ikkinchisi kichikroq o'lchamga ega bo'lgan va bir-birini ichiga kirib turadigan ikkita ramkadan iborat ishlatishda qo'llangan qog'oz ikkala ramka orasiga qo'yilib siqib jipslashtiriladi. Stirator bundan tashqari ramka va planshetdan iborat bo'lishi ham mumkin. Bunday stirator ikki oyoqli qilib yasaladi. Qog'oz stiratorga tortilganidan keyin uni tizza ustiga g'o'ygan holda ishlatish mumkin. Shuningdek stirator oyog'siz holda ishlatilganda esa mahsustutqichga o'rnatiladi. Stiratorga tortiladigan qog'oz oldin suvga ho'llab olinadi. Qog'ozni ho'llash uchun yumshoq lattadan foydalaniladi. Burchaklarida 1,5-2 smgacha joy quruq qoldiriladi. Qog'ozni ikki tomoni ham xuddi shu zaylda qo'llaniladi, so'ng ramkaga tortilgan qog'oz o'zgarmas temperaturali joyiga qo'yib quritiladi. Stirator asliga qarab rasm ishlashda va manzaralarni tasvirlashda qulaydir.


  1. Planshet tasviriy san'at darslarida keng qo'llaniladi. Planshetga qog'oz tortishida uning to'rttala tomoni 1,5-2 sm buklanadi. Qog'ozning teskari tomoni jiqqa ho'l latta suvini o'ziga shishib olguncha surtiladi. Chetga qayrilgan burchaklari eng quruqligicha qondiriladi. So'ngra qog'ozning old tomoni aylantirib g'o'yiladi va u ham chetki tomonlariga tekkizmasdan ho'llanadi. Undan keyin burchagidan bir tomoni, so'ngraqaramaqqarshi turgan tomoni

bosib tortilishi lozim. Qolgan ikki tomoni ham xuddi shunday diogonal bo'yicha yelimlanadi yoki knopka bilan qistiriladi. Qirralariesabarmoqyordamidatekisqilibyopishtiribchiqiladi. Yelimlangan tomonlarida xech qanday tirishgan va qabariq joylar bo'lmasligi lozim. Qo'l planshet mo''tadil temperaturali joyga qo'yib quritiladi. Shundagina u ishga yaroqli bo'ladi.

5. Yig'ma qopchiq ham etyudlar ishlashda ekskursiyalarga chiqqanda juda as qotadi. Uni brezent matodan ixchamgina qilib tikib olish mumkin kerakli jixozlarni yig'ma qopchiqqa tartib bilan joylashtirish lozim. Uning yuqori qismiga tasmalar tikib qog'oznimaxkamlab qo'yish kerak. Pastki qismiga esa xar-xil o'lchamdagi cho'ntaklar tikiladi. Cho'ntaklarga esa maxsus idish, katta akvarel va xakozolar solib olinadi. Materialni tikayotganda orasiga karton bo'laklarini kerakli o'lchamlarda qo'yish tavsiya etiladi Qo'yilgan karton bo'laklar qog'ozlarni buklanib qolishidan saqlaydi.

6. Mo'yqalamlar. Akvarel bilan ishlayotganda foydalanish lozim , mo'yqalamlar ikki xil bo'lib, ularning bir xillari moyli bo'yoqlarga, boshqa xillari esa akvayerel bo'yoqlarga, boshqa xillari esa akvarel bo'yoqlarga muljallangan ( yelimlash uchun mo'ljallangan mo'yqalamlar uchun mustasno). Ularni ko'rinishiga qarab quyidagicha farqlash mumkin. Yalpoq (moyli bo'yoqlar uchun muljallangan mo'yqalamlar kurakcha va dumaloq shaklda bo'ladi). Akvarel uchun ishlatiladigan mo'yqalamlar yumaloq bo'lib uch tomoniga qarab ingichkalashib boradi va bu juda mayda detallarni ishlash uchun qulaylik tug'diradi. Rasm ishlaganda qog'ozni yuzi buzilmaslik uchun bu mo'yqalamlar maxsus yumshok yunglardan yasaladi. Akvarel mo'yqalamning kolonok, olmaxon, savsar yungidan yasalgan turlari mavjud.

Mo'yqalamning ishga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish uchun uni toza suvga tiqib olib silkitish kerak. Agar shunga mo'yqalamning uchlari to'planib qolsa-yaroqli, to'zib tursa-yaroqsiz bo'ladi. Mo'yqalamningt bandida nomeri bo'ladi. Bu nomer mo'yqalam mo'y qismining kengligini bildiradi. Nomerdagi sonlar ortib borishi bilan yung qismining kengligi ham ortib boradi. Shuning uchun akvarel bilan ish ishlashda mo'yqalamning kerakli nomeri yuzaning katta yoki kichikligiga qarab tanlanadi. Tasviriy san'at darslarida ingichka mo'yqalamlardan kam foydalaniladi, chunki ular bilan katta rasmlarni bo'yab bo'lmaydi. Bu xildagi mo'yqalamlar ko'proq mayda detallarni hamda dekorativ bezash ishlaridagi naqshlarni bo'yashda ishlatiladi. Yuqorida nomeri ko'rsatilag yo'g'on xajmdagi mo'yqalam bilan katta rasmlarni bo'yash mumkin, uning ingichka uchi esa suratning mayda detallarini ishlash imkonini beradi. Umuman olganda butun ishni bitta mo'yqalamda bujara olish imkoni tug'iladi. Shunda ko'z hamda qo'l xarakati uyg'unlashadi. Tajribali rassomlar ko'pincha ikki tomonida ham mo'yi bo'lgan mo'yqalamlardan foydalanadilar. Ularga maxsus buyurtma berish tayyorlatish mumkin.

Bulardan tashqari, xar-xil o'lchamdagi kurakchasimon, yalpaq mo'yqalamlar ham ishlatiladi. Endi mo'yqalamlarni ishlatishning bir qator usullari haqida gapirib o'tamiz. To'g'rirog'i, bu usullar, tavsiya etilayotgan yo'llanma bo'lib, ular umumiy qoida tarzda qo'llanilmaydi. Chunki ba'zi mo'yqalamni boshqacharoq vaziyatda ishlatishga to'g'ri kelib qoladi. Bordiyu, mo'yqalam bilan keng yuzalarni bekitishga to'g'ri kelsa,

uni burchak ostidan ushlash hamda ishni qog'ozning tepa qismidan uzib-uzib bo'yoq berishdan boshlash zarur. Bunda mo'yqalam qog'ozning chap tomonidan pastka va ayni vaqtida o'ng tomonga qaratib tez-tez xarakatlantiriladi. Agar yupqa va tirnoq bo'yash kerak bo'lsa, mo'yqalam tik ushlanadi, hamda ohistagina qog'oz bo'ylab yurgiziladi. Kuchli mazok hosil qilish (uzib-uzib bo'yoq berish)uchun mo'yqalam kerakli joyga qattiqroq bosiladi va darhol ko'tarib olinadi. Oqib ketayotgan bo'yoq esa toza mo'yqalamga shimdirib olinadi. Xomaki rasm ishlashda kerakli bo'yoqni o'z ichida birndaniga qo'yish aloxida maxorat talab qilinadi. Lekin mo'yqalam qog'ozga oxirigacha bosib yuborilsa, hamma bo'yoq birdaniga oqib tushib ketishi mumkin.

Qo'yilgan mazoklarni xarakterli bo'lishi muxim axamiyat kasb etadi. Mo'yqalamlarni ishlatayotganda ayniqsa uning mo'y qismi tez ishdan chiqishini unutmaslik kerak. Bo'yoq olinayotganda mo'yqalamni xaddan tashqari ko'p ishqalash tavsiya etilmaydi, sababi mo'y qismi tez to'kilib keatdi. Bunda mo'yqalam bo'yoq ustida oldinga va orqaga hamda chapga va o'nga tomon tez-tez, yengil-yengil yurgiziladi. Bir marta bo'yoq olinganidan so'ng, ikkinchi olishga mo'yqalam dastavval tozalab yuviladi va latta bilan siqib tashlanadi. Toza suvga botirib olinganidan keyingina navbatdagi bo'yoq olinadi.

Dastlab sakkiz nomerlaridan to o'n, o'n ikkinchi nomergacha bo'lgan mo'yqalamlarni ishlatish mumkin. Keyinchalik esa, o'n ikki, o'n turt nomergacha, balki undan kattaroq nomerli mo'yqalamlar ham ishlatiladi.

Mo'yqalam ishlatilib bo'lingach, tozalab yuviladi va latta bilan siqilganidan so'ng tirgakka solib qo'yiladi yoki mo'y qismi yuqoriga qilingan holda stakanda saqlanadi. Ba'zan mo'yqalamni yung qismini stolning chetidan bir oz chiqarib qo'yish ham mumkin.

7. Palitra. Tasviriy san'at darslarida oddiy, oq rangdagi yassi laganchadan palitra sifatida foydalanish mumkin. Etyud ishlash paytida metalldan yasalgan va sirlangan yoki plastmassadan yasalgan palitralardan foydalangan ma'qul. Palitraning eng yaxshi tomoni shundaki, unga qo'yilgan bo'yoqlar aniq va ravshan, tiniq bo'lib ko'rinib turadi. Shuningdek uzoq vaqtgacha qurilmasdan saqlanadi. Palitiraning rangi oq bo'lganligi sababli bo'yoqlarni tuslari o'zgarmasdan ko'zga tashlanadi. Palitradan foydalanish usullari va unga bo'yoqlarni joylashtirish tartibi ko'rsatilgan. Bo'yoqlar ko'zga qanchalik yaqin bo'lsa ularni bir-birlarini ajratish ham shunchalik oson va qulay bo'ladi. Politraga ranglarni joylashtirishda muayyan tartibga rioya qilish taldabalarning sifatli ishlashlariga, ko'zlari va qo'llarining avtomtik ravishda xarakat qilishga, ishni tez bajarishlariga yordam beradi va ularni ortiqcha qiynab qo'ymaydi.



Politraga oldin iliq ranglardan sariq bo'yoqlar, keyin zarg'oldoq qizil, rang yoki jigar ranglar va nihoyatda zangori, binafsha ranglar (bular sariq ranglar jumlasidandir) qo'yiladi. Politraga qo'yilgan bo'yoqlarni bir-biri bilan aralashtirishda iflos mo'yqalamlardan qat'iyan man qilinadi. Shu tariqa politradagi bo'yoqlar toza saqlanadi. Ish tamom bo'lgandan so'ng politra yaxshilab tozalab qo'yiladi, ayniqsa politraning suv tekkan joylari yaxshilab artiladi.

  1. Stakan suv olish uchun eng yaxshi idish hisoblanadi. Ekskursiyalarda, etyud ishlashda metal yoki shishastakanlar bankalar juda qo'l keladi. Akvarel bilan ishlashda suv olish uchun qo'llaniladigan idishlarning turlari har-xil bo'lishi mumkin.

  2. Qalamlar akvarel bo'yog'ida ishlangan rasmlarning yaxshi chiqishida muxim rol o'ynaydigan vositalardan biridir. Tasviriy san'at darslaridaasosan o'rtacha yumshoqlikdagi qalamlardan foydalaniladi.”TM” markali qalam chizish uchun juda qulaydir. Qalamlarning tomonida nomi, so'ngra esa qattiqroq yoki yumshoqlik darajasi yozib qo'yiladi. «T» qattiqlik ma'nosini anglatadi, uning yonidagi son qattiqlik darajasini ko'rsatadi. «2T» belgili qalam «T» belgili qalamdan qattiqroqdir. Tasviriy san'at darslarida qattiq qalamdan nafis joylarni shtrixlashda foydalaniladi. Ular chizmachilik darslarida ham qo'llaniladi. Yumshoq qalamga «M» belgisi qo'yilib, yumshoqlik darajasi sonlar bilan ko'rsatiladi. Rasmning sifati ko'pincha qalam o'zining yechilishiga bog'luq bo'ladi. Rasm chizish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish maqsadida qalam uchini dars yoki mashg'ulot boshlanishidan oldinroq qo'ygan ma'qul. Qalamni ish joyida ochmaslik lozim, chunki grafitning ko'zga ko'rinmaydigan zararlari rasmni iflos qilib yuboradi. Eng yaxshisi qalamni quticha yoki qog'oz parchasi ustida ochishdir. Bunda chiqindilarni maxsus yashikka tashlash oson bo'ladi. Qalamni haddan tashqari bosib chiqish yaramaydi. Chunki uning uchi sinib qolishi mumkin.

O'quvchilarni qalamni ochilgan yeridan uzunroq ushlashga o'rgatish yaxshi natija beradi. Qalam umuman uchta barmoq bilan ushlanadi va unchalik qattiq siqib olinmasdan erkin yuritiladi. Uzunroq qalamlardan foydalangan ma'qul.Chunki kalta qalamlarda naturaning o'zaro nisbatlarini o'lchab chizish qiyinlashadi. Siyoh rangli qalamlarda rasm chizish mumkin emas: chiziqqa suv tegsa, bo'yalib ketadi. Qalam bilan chizishda aniqlik, puxtalik va malakali bo'lish talab etiladi.

  1. O'chirg'ich. O'chirg'ichlar ikki xil: qalamda chizilgan chiziqlarni o'chirishga mo'ljallangan hamda idoralar uchun chiqarilgan bo'ladi.

Noto'g'ri chizilgan tasvirni o'chirishdan oldin to'g'rilab chizib olish lozim. Shunday qilingan xato yaqqol ko'rinib turadi. O'chirg'ich bilan o'chirishdan qo'l faqat chizish bo'ylab bir tomonlama harakatlantiriladi. Shuningdek, o'chirg'ichni hadeb ishlativerish ham yaramaydi. Unda qog'oz yuzasiga bo'yoq yaxshi yotmaydigan bo'lib qoladi. O'chirg'ichni qo'lda uzoq ushlab turish mumkin emas. Chunki o'chirg'ich qo'lda ter bosib, qog'ozni kir qilib qo'yish mumkin.

Tasviriy san'at darslarida rangli tasvirlarning muvaffaqiyatli chiqishida akvarel bilan ishlashda orttirilgan tajribalar muhim rol o'ynaydi. Chunki bo'yoq bilan ishlash qanchalik puxta o'rganilgan bo'lsa rangli tasvirlar shunchalik yaxshi chiqadi.

Akvarel bilan ishlashda talabga javob beradigan qilib jixozlanish kerak. Shuningdek, planshet hamda molbertdan to'g'ri foydalanishni o'rganish, qog'oz yuzalarini har xil shikastlanishlarlardan ehtiyot qilish lozim. Akvareldan foydalanishda uning sifatiga e'tibor berish darkor. Bo'yoqlarni maxsus idishlarda suv bilan aralashtirish va qog'oz bo'lagida sinab ko'rish tavsiya etiladi. Topilgan rang tusi kerakli darajaga yetgandagina undan foydalanish lozim.Akvarel bilan ishlash texnikasini puxta o'zlashtirish uchun dastlabki mashqlarni qora, to'q jigarranglarda bajargan ma'qul. Bu usulda ishlash monoxrom yoki grizayl metodida ishlash deb ataladi.

Akvarel bilan ishlashda quyidagi izchillikka rioya qilinsagina bo'yoqda ishlangan tasvirlar talabga javob bera olishi mumkin:



  1. Kerakli bo'yoq maxsus idishda suv bilan aralashtirilib tayyorlanadi hamda qog'oz bo'lagiga surtib, sinab ko'riladi.

  2. Qog'oz sirtiga bo'yoq berayotganda mo'yqalam hamisha eritmagan rosmana botirib olingan bo'lishi kerak.

  3. Ostki qavatdagi buyoq qurimaguncha, navbatdagi bo'yoq qavati yotqizilmaydi. Keyingi qavat tez qo'yilishi lozim, aks holda ostki qavat yuvilib ketishi mumkin.

  4. Akvarel bo'yoqlari bilan ishlashda oq bo'yoqdan foydalanilmaydi, chunki oq bo'yoq rolini oq qog'ozning o'zi bajaradi.

  5. Qo'yilgan bo'yoq qavati ostidan qog'ozning sirti sezilib turishi lozim.

Agar taxtacha ko'rinishidagi akvarel ishlatilsa, bo'yoq tez-tez ho'llab turiladi, hamda toza mo'yqalam bilan olinadi.

Akvarel bilan ishlashni o'rganishda amaliy mashg'ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir rangning ustiga ikkinchisini qo'yib yangi tus hosil qilish mashqni olaylik. Bunda qo'yilgan xar ikkala rang ostidan ham qog'ozning sirti sezilib turmog'i darkor. Shuningdek, sovuq tusli rang ustidan iliq tusli rangni qoplash orqali yangi rang tusini hosil qilish yo'llarini puxta o'rganish kerak.

Bundan tashqari iliq rang ustidan sovuq tusli rangni qoplash yo'li bilan ham qo'shimcha rang tusini topish mumkin. Ayrim hollarda qo'yilgan ranglarning yorug'lik darajalari bir-birlariga tenglashtirish uchun ularning ustidan biror rangning suyuq, kuchsiz eritmasi bilan qoplab tavsiya etiladi.Shuni esda tutish lozimki, muayyan rang ikkinchi bir rang bilan qoplanganda yorug'likning qaytarish xususiyatidan mahrum bo'ladi. Lekin oldin qo'yilgan bo'yoq qavatining ravshanlik darajasi hamda to'yinganligi muhim axamiyatga ega. Ustki qo'yiladigan qavati esa doimo oxangdor, juda tiniq bo'lishi va ostidagi rang tusini bo'g'masligi shart.

Rang tuslarini haddan tashqari to'q tusda olish yaramaydi. Aks holda rangli tasvirlarda keskin ko'zga tashlanadigan rang dog'chalari hosil bo'lishi mumkin.

Akvarel bilan ishlatishda bir rangning o'zidan har hil rang tuslarini xosil qilishni yaxshilab mashq qilish kerak.

O'quvchilarga yorug' , oq tusdagi rangni hosil qilish uchun suvni, tuq tusdagi rangni hosil qilish uchun esa bo'yoqni ko'proq qo'shish kerakligini o'rgatish kerak. Och tusdagi rangning hosil bo'lishini amalda ko'rsatish uchun suvli stakanga qizil rang aralashtiriladi. Stakanda hosil bo'lgan aralashmaga suv qo'shishni davom ettirsak, bu rang tusining ochlanib borishining guvohi bo'lamiz. Aksincha, aralashmaga qizil rang qo'shishni davom ettirsak, mazkur rang tusining to'qlashib borishini ko'ramiz. Bu xildagi mashqlarni faqat ranglar yordamida bir necha marta bajarib ko'rish mumkin.

Ranglar to'yinganligini asta-sekin o'zgarib borishi haqida alohida to'xtalib o'tish kerak. Agar xromatik ranglar tarkibiga axromatik ranglar qo'shilsa, ularning tiniqligi pasayadi. Natijada rangning to'yinganligi o'zgarib,boshqa rang tusi hosil bo'ladi. Kul rang qanchalik ko'p qo'shilsa, xromatik rang shunchalik axromatik bo'lgan kul rangga yaqinlashib boradi. Bu xildagi yorug'lik kuchlarini kamaytirish natijasida ranglarning tiniqligini yo'qotish hamda xira ko'rinishdagi ranglar olish mumkin. Rang tuslarini bir-birlaridan farq qilishnio'rgatishda bir rangning har-xil tuslari orqali naqsh kompozisiyasini ishlash kerak.

Akvarel bilan ishlash malakalarini oshirishda asosiy va qo'shimcha ranglar ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Rang ustida ishlash usullari ikki qismga: asosiy ranglar va qo'shimcha ranglarga bo'lib o'rganiladi. Olingan rang tuslari esa o'zaro solishtirish yo'li bilan aniqlanadi.

Qo'shib topiladigan ranglar aralashtirish yo'li bilan hosil qilinadi. Buning uchun dastlabki mashqlarni nabordagi tayyor bo'yoqlarni qo'shib topishdan boshlash lozim. Bunga quyidagi jadvalda ba'zi bir misollar keltiramiz. Asosiy hamda qo'shib topiladigan ranglar ustida mashq qilinayotgan paytda naturaga yaqin bo'lgan rang tuslarini topish kerak. Bundan tashqari, pardozlangan siliq sirtlarga,oynaga, metall shartlari atrofdagi buyumlarning tasvirlari tushadi va ularning ranglari ham boshqacharoq ko'rinishda bo'ladi.

Ranglarning bu xususiyatlari refleks taassurotini paydo qiladi hamda ishlanayotgan naturaning eng muhim qismini tashkil etadi. Akvarel va mo'yqalamlar bilan ishlashni o'rganishda dastlabki mashqlar muhim rol o'ynaydi.



Yüklə 235,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə