O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati…………………………………65



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə2/14
tarix26.03.2022
ölçüsü3,97 Mb.
#84736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
XIX asr oxiri - XX as

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati…………………………………65

Ilova………………………………………………………………………………66

Kirish.

Mavzuning dolzarbligi:

XIX asrni oxiri XX asr boshlarida jamiyat taraqqiyoti oldingi davrga nisbatan nihoyatda tezlashdi. Aynan shu davrdan boshlab dunyo mamlakatlarida ishlab chiqarishda yangi monopolistik birlashmalar hukmronlik qila boshladi va taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlar o‘z hududlarini yangi mustamlakalar hisobiga kengaytirdilar. Iqtisodiyotda erkin raqobat kuchayib, tovar ishlab chiqarish yanada tezlashdi. Endi qator mamlakatlar chet ellarga mablag‘ qo‘yib, u yerlarda zavod va fabrikalar qurib, katta foyda ola boshladilar. Biz tadqiq etadigan XIX asr oxiri XX asr boshlarida rivojlangan dunyo mamlakatlari o‘rtasida bozorlar, hududlar masalasida va mustamlakalar bosib olish, bo‘lingan dunyoni qayta bo‘lib olish uchun harbiy ittifoqlarga birlashish, ta’sir doiralarni kengaytirishda yuz bergan harbiy to’qnashuvlar insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar keltirdi. Jumladan, o’zbek xalqi ham mustamlakachilik zulmidan bir asrdan ko’roq aziyat chekdi. Xalqimizning yuz minglab asl farzandlari milliy ozodlik yo’lida o’z jonlarini fido qildilar, qatag’on davri qurbonlariga aylandilar. Ushbu jihatlarni hisobga olib shu davr tarixini yangi manba va adabiyotlar yordamida talqin qilish mavzuni to’g’ri tanlanganligi va dolzarbligini bildiradi.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek “Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki, qayerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch – osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun yetarli shart – sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi”.1



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə