O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Harbiy ittifoqlarni vujudga kelishi va dunyoning qayta taqsimlanishini tugallanishi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə7/14
tarix26.03.2022
ölçüsü3,97 Mb.
#84736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
XIX asr oxiri - XX as

1. 2. Harbiy ittifoqlarni vujudga kelishi va dunyoning qayta taqsimlanishini tugallanishi.

1866 yilda yuz bergan hukmron to‘ntarishdan keyin Ruminiyaning siyosiy hayotida tez – tez hukumat inqirozlari yuz beradigan bo‘lib qoldi. Besh yil mobaynida – 1866 yildan 1871 yilga qadar o‘n marotaba hukumat almashindi. Rumin pomeshchiklari va burjuaziyasining hali siyosiy maydonda ma’lum topgan siyosiy partiyalari yo‘q edi, bular o‘rniga umumiy manfaatlari, konyunktura mulohazalari va fitna – nizolari bilan birlashgan bir qancha guruhlar bor edi. Bu guruhlarda Karl I ning o‘zi va saroy ahllari faol qatnashib turardi.

Karlning fransuz burjuaziyasi bilan bog‘langan pomeshchiklar va burjuaziyasining bor qismi manfaatlari evaziga Avstriya – Vengriya va Germaniya bilan bitim tuzishga intilishi mamlakatda jadu katta norozilikka sabab bo‘ldi, bu norozilik Karl I yordami bilan temir yo‘l konsessiyasi olgan Berlin bankiri Shtrousbergning muttahamlik kirdikorlari fosh bo‘lib qolganligi munosabati bilan ayniqsa kuchayib ketdi. Ruminiyada nemis kapitalining zo‘ravonligidan ommaning darg‘azabligi shunga olib bordiki, 1871 yil martida Buxarest aholisidan talay bir guruhi german imperitorining tug‘ilgan kuni munosabati bilan nemis konsuli qabul marosimi o‘tkazib turgan restoranga ochiqdan – ochiq hujum qildi.

Karl I ning davlat apparatini mustahkamlash maqsadida L.Katarjiu boshliq yangi hukumat tuzdi, bu hukumat mamlakatda diktatura rejimini o‘rnatdi.1

Katarjiu hukumati (1871 – 1876 yillar) avvalo yirik zamindorlar manfaatini ko‘zlab ish ko‘rardi, zamindorlarrumin g‘allasini bozor bilan ta’minlashdan manfaatdor edilar, chunki rumin g‘allasi Amerika, Kanada va Rossiya g‘allasining kuchayib borayotgan edi. Shu sababli Katarjiu hukumati umuman milliy ekonomika manfaatlari bilan hisoblashmasdan, 1875 yilda Avstriya – Vengriya bilan savdo bitim tuzdi, bu bitimga muvofiq Avstriya sanoat mollariga Ruminiya ichki bozori ochib berildi, hali zaif bo‘lgan Rumin sanoat mahsuloti esa Avstriya sanoat mollari bilan raqobat qilishga ojizlik qilardi. Buning evaziga Ruminiya Avstriya – Vengriya qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetkazib berib turishi lozim edi.

Bunday bitimning vayron qiluvchi iqtisodiy oqibatlari juda tez namoyon bo‘ladi. Shu damgacha faol bo‘lib kelgan Ruminiya tashqi savdo balansi 1877 yildayoq passiv balans bo‘lib qoldi va uning defitsiti tez oshib ketdi: umumiy tashqi savdo oboroti 1881 yilda 481,3 million ley bo‘lgani holda, savdo defitsiti 68,2 million oltin leyni tashkil qildi. Sanoat ishlab chiqarishiga qattiq zarba berildi: mayda, o‘rtacha korxonalarning anchasi Avstriya raqobatiga bardosh berolmay bekilib qoldi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, hatto Ruminiya bug‘doyining kattagina qismi Avstriyada tegirmon qilinadigan bo‘lib qoldi.

1875 yil savdo bitimiga muvofiq Avstriyaning Ruminiyaga eksport qilishdagi ustunliklari natijasida Ruminiyaning boshqa mamlakatlar bilan savdosi juda ham qisqarib ketdi. Ruminiyaning muvaffaqiyat bilan rivojlanib borayotgan Gagandan keyin (yana o‘sha 1875 yil bitimiga muvofiq) juda qisqarib ketdi. Avstriya – Vengriya bilan savdo bitimini tuzilganligi, so‘ngra Germaniya bilan ham xudda shunday bitim tuzilganligi natijasida Ruminiya doimiy iqtisodiy qoloqlikka mahkum bo‘ldi, bu bitimlar Ruminiyani Avstriya – Vengriya bilan Germaniyaning agrar qo‘shimchasiga aylantirib qo‘ydi. Bu siyosat, shuningdek, yangi rumin gospodarining dinastiya yo‘li bilan german imperatori xonadoni bilan aloqa bog‘laganligi Germaniya hukumatining Ruminiyada xo‘jayinlik qilishiga imkon berdi. Bu jihatdan temir yo‘l konsessiyasi voqeasi juda xarakterlidir, bu konsessiya bevosita Bismarkning siquvi bilan bankir Shtousbergga berilgan edi. Shu vaqtlarda juda shubhali kombinatsiyalar bilan shug‘ullanib yurgan Shtrousberg kompaniyasining qurgan har bir kilometr temir yo‘li Ruminiyaga o‘sha vaqtlarda odatdagi konsessiyalardan juda qimmatga tushdi, 1879 yilda bu temir yo‘lni sotib olgan Ruminiya davlatining chet davlatlardan qarzi yanada oshib ketdi.

1877 yil 21 mayda Ruminiya parlamenti mamlakatni to‘la mustaqil deb e’lon qildi. Rossiyadan boshqa buyuk davlatlardan birontasi – Avstriya – Vengriya ham, hatto Turkiya ham bu ahdni tan olmadi. Rossiya – Turkiya urushi davomidagina (bunda Ruminiya Rossiya tomonida turib urushgan edi), urushning butun og‘irligini o‘z zimmasiga olgan rus va rumin xalqlarining harakatlari va bergan qurbonlari soyasidagina Turkiyadan mustaqil rumin davlati vujudga keldi.

Ruminiyani Uchlar ittifoqiga tortishda Karl I ayniqsa faollik ko‘rsatdi, shu maqsad bilan u Vena va Berlin shaharlariga maxsus safar qildi.

1864 yilgi agrar reformadan keyin qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlar tobora ko‘proq rivojlandi. Asosan eksport qilinidigan ekin – bug‘doy ekish uchun o‘tloq va o‘rmonlar hisobidan bug‘doyzorlar ochish 1864 yildagi 893 065 gektardan 1874 yilda 1 163 550 gektrga yetkazildi.

Lekin mehnat unumdorligi pastligicha qola berdi. Ruminiyada hosildorlik boshqa ko‘p mamlakatlardagidan past darajada turardi, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mashinalarning soni juda ham oz edi. 1864 yildagi agrar reforma o‘sha vaqtlarda juda ozchilikni tashkil qilganquloqlarga qo‘l keldi, xolos, asosiy dehqonlar ommasi esa aslida pomeshchiklardan yarim feodal qaramlik holatida qola berdilar. 1866 yil martida qabul qilingan, qishloq xo‘jalik shartnomalari to‘g‘risida degan qonun dehqonlarning ahvolini yomonlashtirib yubordi. Bu qonunga muvofiq mahalliy hukmdorlar zimmasiga dehqonlarni pomeshchiklar uchun ishlashga majbur etish vazifasi yuklangan edi, dehqonlar esa ochlikdan o‘lib ketmaslik uchun qishloq xo‘jalik ishlari yuzasidan bitimlar tuzishga majbur bo‘ldilar.Rumin burjua siyosiy arboblaridanbirining ta’biri bilan aytganda, “rumin xalqining 95 foizi bu qonun bilan har qanday qonundan tashqari qo‘yilgan edi”. 1872 yilda dehqonlarni pomeshchiklar bilan tuzgan tutqunlik shartnomalarini bajarishga majbur qilish vazifasi harbiy qismlarga yuklandi. Bularning hammasi qishloq xo‘jaligida krepostnoylik qoldiqlarini mustahkamlash degan gap edi va buning bevosita oqibati shu bo‘ldiki, dehqonlar o‘rtasida yangi revolyutsion yuksalish vududga keldi.1

1888 yilda Ruminiyaning markaziy qismi bo‘lgan Buxarest atroflarida dehqonlarning ayniqsa katta, yirik qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tdi; 1889, 1892, 1896 va 1900 yillarda jiddiy g‘alayonlar va ochiqdan – ochiq qo‘zg‘olonlar bo‘ldi. Dehqonlarning stixiyali tarzdagi revolyutsion chiqishlarini qo‘shinlar rahmsizlik bilan bostirdilar, lekin pomeshchiklar va ijaradorlar ekspluatatsiyasi dastidan juda og‘ir ahvolda qolgan dehqonlar tinchimadilar. Ruminiya qishloqlarida ahvol tobora og‘irlashdi.

1877 – 1878 yillardagi Rossiya – Turkiya urushi natijasida Ruminiyaning Turkiyaga qaramligiga uzul – kesil barham berilgandan keyin va 1885 yilda proteksionistik siyosat olib borgan liberal hukumat Avstriya bilan tuzilgan savdo bitimini denonsatsiya qilgandan keyin Ruminiya siyosatining rivojlanish sur’atlari kuchayib ketdi. 1887 yil “Vatan sanoatini rag‘batlantirish to‘g‘risida” qabul qilingan qonunga muvofiq, yangi qurilgan fabrikalar egalari 15 yilgacha hamma soliqlardan, hatto fabrikalar uchun kerak bo‘lgan mashina – asboblar uchun boj to‘lashdan, ya’ni fabrika – zavodlardagi mashina – asboblarning juda ko‘pchiligi uchun uchun to‘lanadigan bojlardan ham ozod qilindilar, chunki shu kezlarda Ruminiyada mashinasozlik aslida yo‘q edi. Sanoat egalari o‘z tovarlarini mamlakat ichida sotish jihatidan ham, o‘z korxonalarining ehtiyojlari uchun temir yo‘l transporti xizmatiga haq to‘lash jihatidan ham, bino qurush va hokazolar uchun yer sotib olish jihatidan ham bir qancha imtiyozlarga ega bo‘ldilar. Bunday sharoitda sanoatning rivojlanishi ancha tezlashib ketdi: yangi fabrika va zavodlar qurildi, neft konlari, shaxtalar, temir yo‘llar vujudga keltirildi va hokazo, shu bilan birga solinadigan kapitalning juda ko‘pchiligi oziq – ovqat sanoati, o‘rmon sanoati va neft sanoati tarmoqlariga sarf qilindi. Mamlakat tabiiy boyliklarini ekspluatatsiya qilishda zo‘r berib chet el kapitali, ayniqsa nemis kapitali ishga solindi. Chet el kapitali Ruminiya ekonomikasidagi eng muhim pozitsiyalarni o‘z qo‘liga ola borib, Ruminiya ekonomikasini bir tomonlama rivojlantirishdan, Ruminiyani ancha rivojlangan ishlab beruvchi sanoati bor mamlakatlar uchun xom ashyo bazasiga aylantirishdan manfaatdor edi.

1893 yilda ishchi to‘garaklari Ruminiya sotsial-demakratik partiyasi bo‘lib birlashdilar, bu narsa rumin ishchilar harakatining rivojlanishida juda katta qadam edi. Lekin partiya tepasiga chiqib olgan reformist elementlar rahbarlikni o‘z qo‘llariga oldilar va ishchilar harakatini idealogiya jihatidan burjuaziyaning siyosiy manfaatlariga bo‘ysundirish uchun zamin vujudga keltira oldilar. Syezdda qabul qilingan programmada umumiy saylov huquqi va xotin-qizlarning teng huquqqa ega bo‘lishi singari vazifalar mufassal bayon qilindi-yu, lekin ekspluatatsiyaga asoslangan kapitalistik jamiyatni tugatish zarurligi haqida, bu maqsadga erishish uchun zarur shart bo‘lgan proletariat diktaturasi to‘g‘risida bir og‘iz ham gap yo‘q edi, pomeshchiklar yerini taqsim qilish va u yerlarni dehqonlarga chek yer qilib bo‘lib berish o‘rniga, bu yerlar uchun dehqonlardan to‘lov olish ko‘zda tutilgan edi.

1876-yildan 1888-yilgacha (oradan bir oz-bir ozdan uzilishlar bilan) hokimiyat tepasida turgan I. Bratianu hukumati ichki siyosat sohasida, o‘zidan oldin o‘tgan konservativ hukumat singari, hukmron ish yurgizib keldi. Bu hukumat parlamentining konstitutsion huquqlarini buzdi, davlat apparatida korrupsiya sistemasiga keng yo‘l ochib berdi, siyosiy muxoliflarni bostirish uchun o‘z hokimiyatidan har qanaqasiga suiiste’mol qilishdan ham toymadi. Mana shularning hammasi mehnatkashlar ommasinigina emas, shu bilan birga burjua siyosatchilarining kattagina qismini ham hukumatga qarshi qilib qo‘ydi, bu kuchlar 1886-yilda I. Bratianu va uning to‘dasiga qarshi kurashga birlashdilar. 1888-yil martida Buxarest aholisi korol saroyini qamal qildi. Hukumat chaqirgan qo‘shinlar xalqqa qarab o‘t ochdi. Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin dehqonlarning qo‘zg‘alonlari boshlanib ketdi, ularga qarshi yana qo‘shin yuborildi. Ahvol shunday bo‘lgandan keyin Bratianu hukumati iste’fo berishga majbur bo‘ldi.

1877 – 1878 yillardagi Rossiya – Turkiya urushi natijasida Bolgariya turklar zulmidan ozod qilindi va bolgar davlatchiligi yangidan vujudga keltirildi.

Urushning eng boshidayoq rus armiyasi bosh qo‘mondonligi huzurida grajdan boshqarmasi tuzilgan edi, bu boshqarmaning vazifasi turklar zulmidan ozod qilingan bolgar oblastlarida davlat tuzilishini barpo qilish edi. Bolgariya hududsi ozod qilina borgan sari gubernalar tashkil qilindi. Guberna ma’muriy boshqarmalar boshida rus gubernatorlari turardi. Bolgariyadan rus qo‘shinlari chiqib ketgandan keyin bu gubernatorlik vazifalariga bolgarlardan qo‘yish uchun maxsus vitse-gubernator vazifasi ta’sis qilingan edi. Shunday qilib, bolgarlarning o‘zlaridan gubernator kadrlar tayyorlab borilgan edi.

Rus qo’shinlari Bolgariyani qisqa muddat okkupatsiya qilib turgan vaqtlarida (to’qqiz oyda) mamlakatning davlat tuzilishi borasidagi ishlar tugallangan edi. Bolgar milliy armiyasi tuzilgan edi, bu armiya rus hukumdorlari qurol-yaroq bilan, rus ofetsirlari bilan ta’minlanadi, o’sha zamon ilg’or harbiy texnikasining hamma turlari bilan qurollantirdi. Bolgar ofetseri kadrlari tayyorlash maqsadida 1878 yilda Sofiyada harbiy maktab ochilgan edi. Bolgariya armiyasidan nusxa olib tuzilgan edi.

Yangidan vujudga keltirilgan bolgar davlatining davlat tuzumi 1878-yil aprelida Tirnovooda Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan bolgar knyazligi konstitutsiyasida (Tirnovoo konstitutsiyasida) uzil-kesil rasmiylashtirilgan edi.1

Konstitutsiya loyihasi Kondukov-Korsakovning topshirig‘iga muvofiq, rus yuristi S. I. Lukyanov boshliq komissiya tomonidan ishlab chiqilgan, Peterburgda imperator mahkamasi qoshidagi maxsus kengashda ko‘rib chiqilib, shundan keyin Ta’sis majlisi muhokamasiga taqdim qilingan edi. Konstitutsiya loyihasini muhokama qilish vaqtida Ta’sis majlisida ikki siyosiy oqim-konservatorlar oqimi bilan liberallar oqimi borligi ma’lum bo‘ldi. Ta’sis majlisida juda ozchilikni tashkil qilgan konservatorlar sudxo‘rlar, yirik savdogarlar, yirik savdogarlar, yirik yer egalari, shuningdek quloqlarning manfaatlarini ko‘zlab ish tutgan edilar. Konservatorlar qudratli monarxiyachi hokimiyat o‘rnatish yo‘li bilan mamlakatda o‘z hukmronliklarini mustahkamlab olmoqchi, feodalizm qoldiqlarini mumkin qadar ko‘proq saqlab qolmoqchi, xalqqa siyosiy huquqlar bermaslik ilojini qilmoqchi edilar.

Bolgariya davlati bunyodga kelgan dastlabki kunlardan boshlab, bir tomondan, Rossiyaning, ikkinchi tomondan, g‘arbdagi buyuk Yevropa davlatlarining ta’sir o‘tkazish uchun kurash obyekti bo‘lib qoldi. Bu hol Bolgariyaning siyosiy hayotida o‘z izini qoldirdi.

Ana shu sharoitda Bolgariyada: “Bolgariya Rossiyasiz yashay olmaydi” degan shior ostida ijtimoiy harakat vujudga keldi. Bir to‘da oliy ofitserlar til biriktirib 1886-yil 9-avgustiga o‘tar kechasi knyaz Battenbergni taxtdan voz kechishga majbur qildilar va uni darhol chet mamlakatga jo‘natib yubordilar.

Lekin bolgar burjuziyasining nufuzli yuqori tabaqalari Xalq majlisining raisi Stefan Stambolov rahbarligida Plovdivdagi harbiy qismlarga suyanib, kontr o‘zgarish qildilar. Battenbergni taxtdan tushirishga qatnashganlar qamoqqa olindi. Battenberg Bolgariyaga qaytib keldi-yu, lekin endilikda Rossiyaning roziligisiz mamlakatni idora qilishga jur’at etolmadi. Battenberg Aleksandr III dan Battenbergning Bolgariyaga qaytib kelishini podsho ma’qullamaganligi to‘g‘risidagi telegrammani olgandan keyin taxtdan voz kechib (25-avgustda), hokimiyatni S. Stambolov boshliq valiahd kengashi qo‘liga topshirdi. Hukumatga V. Rodoslavov boshchilik qildi.

Yevropadagi buyuk davlatlarning tovarlari uchun boj olishdagi imtiyozlar Berlin traktatiga muvofiq Bolgariyaga ham tatbiq qilinganligi (kapitulyatsiyalar deb atalgan bojlar) Bolgariya kapitalistik sanoatining rivojlanishiga to‘sqinlik qilib turgandi. Bolgariya hukumati bu kapitulyatsiyalarni tugatish uchun zo‘r berib harakat qildi va 1897-yilda tamojnya bojlarini 8 foizdan 25 foizgacha chiqardi.

Ozodlikdan keyin mamlakatda bozor munosabatlari qaror topishi natijasida Bolgariyaning kapitalistik milliy sanoati tezroq rivojlana boshladi. Agar 1830-yildan 1879-yilgacha Bolgariyada 20 korxona ochilgan bo‘lsa, 1880-yildan 1900-yilgacha 146 korxona ochildi. XX asr boshlarida Bolgariyada 1176 kilometr temir yo‘l qurilgan edi.

Bolgariya davlatining eng muhim choralaridan biri turk feodal yer egaligini tugatganligini edi. 1880-yildan 1885-yilgacha o‘tgan davr ichida Xalq majlisi bir qancha agrar qonunlar qabul qildi, bu qonunlarga muvofiq, Bolgariya davlati turk feodallarini bolgar dehqonlariga qancha kerak bo‘lsa, shuncha yer berishga majbur qildi. Ularning bergan yeri uchun haq to‘lanardi. Turk feodallarining dehqonlarga topshirgan yerlari uchun haq to‘lashni Bolgariya davlati o‘z zimmasiga oldi, dehqonlar esa olgan yerlarining haqini davlatga bo‘lib-bo‘lib to‘laydigan bo‘ldilar. Lekin turklar qo‘lidagi yerlarning katta qismini bolgar dehqonlari o‘zlari bevosita turklardan sotib oldilar.

Buning natijasida Bolgariyadagi turk feodal yer egaligi sekin-asta tugatildi, shu bilan bolgar qishlog‘i kapitalistik rivojlanish yo‘liga qadam qo‘ydi.

XIX asr oxiriga borib Bolgariya qishlog‘ida sinfiy tabaqalinish juda ham kuchayib ketdi. 1897-yildagi ro‘yxatga muvofiq dehqon xo‘jaliklarining 66 foizi qo‘lidagi yer haydalib ekiladigan yerning 20 foizini tashkil qilardi. Holbuki, 1 foizi dehqon xo‘jaliklari (quloqlar) qo‘lidagi yer haydalib ekiladigan yerning 14 foizini tashkil qilardi. Yeri oz dehqon juda og‘ir shartlar bilan quloqdan ijaraga yer olishga majbur bo‘lardi, ko‘pincha hosilining yarmini yer ijarasiga to‘lardi, ko‘p hollarda dehqonlar otrabotka sharti bilan yerni ijaraga olardi.

Bolgariya qishloq xo‘jaligi taraqqiyotidagi turg‘unlik va mamlakat ekanomikasidagi umumiy qoloqlikning sababi dehqonlarning o‘taketgan muhtojligi edi. Buning natijasida Bolgariya Yevropadagi imperialistik davlatlarga iqtisodiy jihatdan juda qaram bo‘lib qoldi. V. I. “Bolqondagi mayda davlatlar iqtisodiy jihatdan Yevropaning mustamlakasi edi”, deb yozgan edi.1

Tunisning Fransiya tomonidan bosib olinishi Italiyani Gabusburglar monarxiyasi bilan ajratib turgan ziddiyatlarning davom etayotganligiga qaramay Italiyada Germaniya bilan va uning ittifoqchisi bo‘lgan Avstriya – Vengriya bilan yaqinlashish istagini uyg‘otdi. 1882 yilda Italiya Germaniya va Avstriya – Vengriya bilan Uchlik ittifoqi deb atalgan ittifoq tuzdi. Ittifoqchilik bitimiga ko‘ra, agar Fransiya Italiyaga hujum qilgudek bo‘lsa, bitimning boshqa ikkala qatnashchisi (Germaniya va Avstriya - Vengriya) unga harbiy yordam berishga va’da qilgan edilar. Agar Fransiya Germaniyaga hujum qilgudek bo‘lsa, Italiya ham yordam berish haqida o‘z zimmasiga ana shunday majburiyat olgan edi. Avstriya – Vengriya Germaniya oldida ana shunday majburiyat olmagan edi. Lekin ittifoqning har uchala qatnashchisi ham, agar ularning birontasiga bir vaqtning o‘zida ikki dushman bilan urushishga to‘g‘ri kelib qolsa, bir – birlariga harbiy yordam berishga va’da qilgan edilar. Shartnomaning barcha qatnashchilari ularning birontasi biron – bir to‘rtinchi davlat bilan urushadigan bo‘lsa, betaraflikka rioya qilish majburiyatini oldilar. Bundan Fransiya istisno edi, chunki, agar u bilan urush bo‘ladigan bo‘lsa, ittifoqchilar majburiyati, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, birmuncha kattaroq edi. Betaraflikka rioya qilish haqidagi majburiyat amalda Avstriya – Vengriya bo‘lsa, Italiya betarafligi kafolatlanadi degan gap edi.

Tunisdan keyin Misrning ayanchli navbati keldi. Nomigagina Turkiya sultonining vassali hisoblanib kelgan Misr ustidan 1876 yildan boshlab, xediva1 hukumatining moliyaviy jihatdan inqirozga uchraganidan keyin ikki tomonlama ingliz – fransuz nazorati o‘rnatilgan edi, bu nazorat tez orada mamlakatni butunlay xonavayron qilgan edi.

Misrning ingliz – fransuz bankirlari tomonidan shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishi 1882 yilda milliy ozodlik qo‘zg‘oloni ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ingliz hukumati bundan foydalanib, u yerdagi ingliz aholi manfaatlarini himoya qilish bahonasi bilan Misrni bosib olishga qaror qildi. Aleksandriya ingliz floti kemalari tomonidan vahshiylarcha bombardimon qilingandan keyin, desant tushirildi. Tez orada ingliz qo‘shinlari butun Misrni okkupatsiya qildilar.

Misrda gegemonlikka da’vogar bo‘lgan Fransiya ham ikkinchi o‘ringa surib qo‘yilgan edi. Lekin u Misr davlati mablag‘lariga bo‘lgan o‘zta’sirini saqlab qolaverdi.Misrning davlat qarzi kassasida (Misr moliyasi ustidan chet el nazorati organida) fransuz bankirlari katta o‘rin egallardi. Fransiya o‘z ta’siridan foydalanib va Misrning Angliya qo‘liga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, bu mamlakatda ingliz siyosatini o‘tkazishga turli yo‘llar bilan uzluksiz ravishda to‘sqinlik qilib keldi. Misr uchun kurash, ya’ni Nil vodiysi va Suvaysh kanali ustidag hukmronlik qilish uchun kurash ingliz – fransuz munosabatlarini juda keskinlashtirib yubordi.

XIX asrning 80 – yillariga qadar Yevropa davlatlari Afrikada mahsulot punktlari uchun omborlar qurish va qirg‘oqda uncha katta bo‘lmagan istehqomlar qurish bilangina shug‘ullanib keldilar. Faqat fransuzlar Jazoirda va inglizlar Kap mustamlakasida qirg‘oqdan mamlakat ichkarisiga tomon kirib borgan edilar. Afrikaning ko‘pgina ichki viloyatlari XIX asr o‘rtalarigacha tekshirilmagan edi, anchagina tumanlarga hali yevropaliklarning oyog‘i yetmagan edi.

80 – yillarga qadar ingliz kapitali hududlar bosib olmasdan, Afrikaning o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan kattagina qismida ustun darajada ta’sir o‘tkazib kelardi. “Bundan o‘n yil muqaddam, - degan edi 1890 yilda ingliz bosh ministri Solsberi, - biz Afrikani bosib olish zarurligiga muhtoj bo‘lmay, uning xo‘jayini edik, chunki biz o‘sha vaqtda bengizda hukmron bo‘lib, mahalliy xalqlar bilan muomalada ancha tajriba orttirgan edik”.

Lekin inglizlarning raqiblari paydo bo‘lib qoldi. Fransuz, nemis, Belgiya kapitalistlari Afrika hududida o‘rnashib ola boshladilar. Raqiblarning o‘ziyu ketishidan qo‘rqish kapitalistik davlatlarni yangidan – yangi bosqinlarga undadi. 80 – va 90 – yillar davomida kapitalistik davlatlar mayda – mayda bo‘laklarga bo‘lib, deyarli butun Afrika qit’asini bosib oldilar, uning xalqlarini, asosan negr qabilasidagi xalqlarni asoratga soldilar. Afrika xalqlari ko‘p hollarda mustamlakachilarga qattiq turib qarshilik ko‘rsatdilar. Bunday qarshilik, ayniqsa Sudanda va zuluslarga qattiq bo‘ldi, lekin kuchlar nisbati juda ham teng emas edi: Afrika xalqlarining qarshiligi shafqatsizlik bilan bostirildi.

Afrikani bo‘lib olish paytida bosqinchilar o‘rtasida juda ko‘p janjallar paydo bo‘ldi. Masalan, ekvotarial Afrikaning asosiy savdo yo‘li bo‘lgan Kongo daryosining quyilish joyi kimga qarashi kerak, degan masalada kurash paydo bo‘ldi. Ingliz hukumati bu yerni Angliyaga moliyaviy va iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lgan Portugaliyaga berishni istardi. Fransiya Germaniya bilan birgalikda Kongo daryosining quyilish joyini Belgiya qiroli Leopoldga bermoqchi bo‘lgan edi, Leopold esa o‘sha vaqtda deyarli butun Kongo havzasini bosib olgan edi. 1884 – 1885 yillardagi Brelin konferensiyasida “mustaqil Kongo davlati” deb atalgan mamlakat hududi chegarasi belgilangan edi, amalda esa bu tuman qiroli Leopoldning shaxsiy mulki bo‘lib qolgan va eng og‘ir mustamlaka ekspluatatsiyasi formasi o‘rnatilgan viloyat bo‘lib qolgan edi.

G‘arbiy Afrikada ham Angliya bilan Fransiya manfaatlari zid bo‘lib chiqdi. 70 – yillarda fransuzlar Senegal daryosi quyiladigan joydan (ular bu yerni allaqachonlar egallab olgan edilar) daryo bo‘ylab yuqoriga harakat qila boshladilar. Ular ana shunday qilib, Niger daryosining boshlanadigan joyiga yaqinlashdilar va uning oqimi bo‘ylab pastga tusha boshladilar. 1884 yilda inglizlar ana shu daryo va uning irmoqlari bo‘ylab yuqoriga chiqib borib, hozirgi Nigeriya hududini zabt etishga kirishdilar. 90 – yillarning boshlariga kelib ana shu ikkala bir – biriga tomon borayotgan harakat to‘qnashdi. Niger daryosi havzasida inglizlar bilan ransuzlar ta’sirini chegaralab qo‘yoish haqidagi janjallar 1899 yilgacha qo‘zilib bordi, nihoyat ular bir bitimga kelishdi.

Shu bilan bir vaqtda, fransuzlar Kongo bo‘ylab yuqoriga qarab borib, uning o‘ng qirg‘og‘ini (uning chap qirg‘og‘i Belgiya qiroli tomonidan bosib olingan edi) va Kongo daryosining irmog‘i bo‘lgan Ubangan daryosi hududini egalladilar. Fransuzlar Karl X davridayoq bosib ola boshladilar Jazoir bilan Niger havzasi o‘rtasida Sahroyi Kabir joylashgan. Mustamlaka hududlarni bir butun qilish uchun bu tuman ham bosib olingan edi. Shunday qilib, 80 – va 90 – yillarda Fransiya G‘arbiy va Markaziy Afrikada juda katta mustamlaka imperiyasini barpo qildi. Fransiya 1886 yilda Madagaskar orollarini ham bosib oldi.1

1874 yildan 1887 yilgacha o‘tgan davr ichida Angliya Malayya yarim orolidagi davlatlar ustidan protektorat o‘rnatdi. Uncha katta bo‘lmagan bu mustamlaka Angliyaning eng katta foyda beradigan mustamlakalaridan biribo‘lib qoldi. 80 – yillarning boshlarida, ikkinchi imperiya darvidayoq, Hindi – Xitoyning janubiy qismini bosib olgan Fransiya u yerda yangi bosqinlar qilishga kirishib, 1883 yilda Annamni bosib oldi. Fransuz agressiyasi Vyetnam xalqining qahramonona qarshiligiga sabab bo‘ldi. Xitoy ham urushga kirishdi. 1885 yil martida Lang – Son yonidagi janglarda xitoylar fransuz qo‘shinlariga zarba berdilar. Lekin shunga qaramay Fransiya 1885 yilda Tonkinni bosib oldi, lekin Lang – Son yonidagi mag‘lubiyat bir qancha vaqtgacha fransuzlarning mustamlaka ekspansiyasi rivojlanishini to‘xtatib turdi.

Hindi – Xitoyda fransuzlar bosib olgan yerlarning kengayishi fransuz mustamlakachilarini Hindistonning sharqiy chegaralariga yaqinlashtirib qo‘ydi. Fransiyaning “ingliz saltanati durdonalariga” yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun inglizlar 1885 yilda Birmani bosib oldilar. Fransuz Hindi – Xitoyi bilan Britaniya Hindistoni o‘rtasida oraliq davlati sifatida Tailand (Siyom) qoldi, bu mamlakat formal ravishda mustaqil bo‘lsa ham, tez orada Angliya bilan Fransiya hukumatlari tomonidan ta’sir doiralariga bo‘lingan edi: mamlakatning g‘arbiy viloyatlari Angliyaning ta’sir doirasini, Sharqiy viloyatlari Fransiyaning ta’sir doirasini tashkil etardi.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə