O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
3.2-rasm.Choraklar 
bo’yicha rumbning 
joylashishi 
 
3.3-rasm.To’g’ri va teskari 
direksion burchakning 
joylashishi
 


27 
Huddi  shuningdek  haqiqiy  azimut,  magnit  azimuti  va  rumb  ham  to’g’ri  va 
teskari  bo’ladi.  Masalan:(MN)  chiziqning  to’g’ri  rumbi    (r)  dan,  teskari  rumb  esa 
(r’)dan iborat. Tog’ri va teskari rumblar qiymati bir-biriga teng bo’lib, ularning faqat 
nomlari  o’zgaradi.  Masalan,  to’g’ri  rumb  (ShShq)  bo’lganda  teskari  rumb  (ShG’) 
bo’ladi va aksincha, to’g’ri rumb (JG’) bo’lganda teskari rumb (ShShq) bo’ladi. 
3.2. Meridianlar yaqinlashish burchagi. 
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak hamda rumb o’rtasidagi 
munosabat 
Meridianlar  yaqinlashish burchagi. 
 Ma’lumki to’g’ri burchakli koordina-
talar zonal tizimida absissa o’qlari  har bir zonaning  o’q  meridianiga parallel qilib 
o’tkazilgan  chiziqlardan  iborat.  Geografik  meridianlar  ikkita  nuqtada,  ya’ni 
geografik qutblarda birlashadi. Shuning uchun geografik meridian yo’nalishi bilan 
absissa  o’qining  yo’nalshi  har  bir  zonaning  o’q  meridianidagina  bir-biriga  to’g’ri 
keladi.  Boshqa  meridianlar  yo’nalishi  absissa  (o’q  meridianga  parallel  chiziqlar) 
yo’nalishiga  to’g’ri  kelmasdan,  meridian  bilan  absissa  o’qi  orasida  qandaydir 
burchak  hosil  bo’ladi  (3.4-rasm).  Bu  burchak  meridianlar  yaqinlashish  burchagi 
deyiladi. Meridianlar yaqinlashish burchagining taqribiy qiymati quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi: 
                           γ
= ∆
λ
sin
φ
                                                                          
 (3.2) 
bu  yerda:  (∆λ)  -o’q  meridian  bilan  berilgan  nuqta 
meridiani geografik uzunliklarining ayirmasi, 
(φ)- berilgan nuqtaning geografik kengligi. 
Meridianlar  yaqinlashish  burchagining  qiymati 
nuqtaning geografik kengligiga va o’q meridiandan uzoq- 
yaqinligiga 
bog’liq: 
nuqta 
ekvatordan 
qancha 
shimoldaroq  va  janubdaroq  bo’lib,  o’q  meridiandan 
qancha  uzoqda  joylashsa,  meridianlar  yaqinlashish 
burchagi  shuncha  katta  bo’ladi.  Har  bir  zonada 
meridianlarlarni  yaqinlashish burchagi (0 gradusdan) dan 
(o’q meridianda) ±3
o
 gacha (zonani chegaralovchi chetki meridianlarda) bo’ladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə