O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə18/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Marketing bozorning har qanday o‘zgarishlariga turlanuvchi e’tibor qaratish prinsiplariga asoslanadi. U talab miqdori, iste’mol- chilar xulq-atvori, yetkazib beruvchilar, vositachilar, raqobatchilar muammolarining mavjud va bashoratlangan miqdori (kattaligi)ga nisba- tan bozor konyunkturasini tizimli va sinchiklab hisobga olishni bildiradi. Firma tomonidan xo‘jalik qarorlari qabul qilish markazlarini uzluksiz kelib tushayotgan marketing ma’lumotlari asosida bozorning holatini his qilib turadigan bo‘limlarga qo‘shib (aralashtirib) yuborilishi bozorning o‘zgarayotgan talablarini uning ishlab chiqarish, savdo va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tez sezib olish (zudlik bilan e’tibor qaratishi)ga imkon beradi. Bill Geyts “Fikr tezligidagi biznes” kitobida ta’kidlaydiki, hozirgi zamon informatsion texnologiyalaridan foydalanish bozordagi vaziyatni bir necha hafta emas, bir necha soat oldin ko‘ra olib, biznesda bozorda yuqori raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun zarur bo‘ladigan tezlik- ka erishish imkonini beradi. Raqobatchilarga nisbatan esa “kim raqobat- chilarini unutsa, o‘sha bozorni unutadi” degan fikrni hamisha unutmaslik kerak. Bugun raqobatchilarni yo‘q qilish emas, hurmat qilish kerak, chunki u mudrashga emas, o‘ylashga, ijod qilishga, intilishga

undaydi.

  1. Marketing korxonaning uzoq muddatli natijaviylikka yo‘naltirilganligini ko‘zda tutadi. Marketing tadbirlarini rejalashtirish va realizatsiya qilish faoliyatining uzoq davrini talab qiladi. Avval savdo bozori sinchiklab tahlil qilinadi, keyin mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi, bozorga joriy etiladi. Ushbu uzoq davr mobaynida korxona- lar bozorda muvaffaqiyat qozonish va kelgusida foyda (daromad) umidi- da kapital qo‘yadilar va bozor yangilikni qabul qilgandan keyingina, foyda kelib tusha boshlaydi. Yangi mahsulot haqidagi g‘oyaning paydo bo‘lishi va uning bozordagi muvaffaqiyatiga qadar yillar o‘tishi mum- kin.

  2. Bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlovchi marketing prinsiplaridan biri - firmaning hamma xodimlari uchun marketingga xos fikr-mulohazalarning zarurligidir. Firma rahbariyati shunday tashkiliy madaniyatni shakllantirishi kerakki, unga ko‘ra firmaning hamma ishchilari o‘zaro kelishgan holda mehnat qilishlari, kompaniyaga nisbatan rivojlangan vatanparvarilk tuyg‘usiga ega bo‘lishlari, jamiyat-

ning muhim muammolarini yechishdagi uning rolidan faxrlanishlari, mijozlarni hurmat qilishlari zarur. Ayrim kompaniyalarning o‘z xodimlariga nisbatan quyidagi murojaatlari mavjud: “Iste’molchi – qirol, shoh, biz, tovar ishlab chiqaruvchilar esa ishonchli tobelarmiz. Unut- mang, mijozlar sizga ish haqi to‘laydi. Tovar xarid qilgan ellikta iste’molchiga bitta shikoyat qiluvchi mijoz to‘g‘ri keladi”.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə