O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə189/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Kommunikatsiya—kompaniya va xaridorlarning o‘zaro aloqasi.
Ko‘rgazma mahsulotlar, xizmatlar yoki san’at asarlari namoyish etish uchun joylashtirilgan, tijorat bitimlari tuzish, tekshirish yoki ko‘ngil ochish uchun mo‘ljallangan joy.
Ko‘rgazma-yarmarka — professional, savdo va texnikaviy xaridorlar uchun mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilish maqsadida tashkil qilingan ko‘rgazma.
Litsenziyalash (ingl. liecensing) — davlat organlari tomonidan sotuvchi- larga savdo va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat- noma (maxsus ruxsatnoma) berilishi.
Loyallik (ingl. loyalty) — iste’molchining markaga, brendga munosabati xarakteristikasi, aynan shu mahsulotni iste’mol qilishdan
qanoatlanishni tavsiflovchi sadoqat va takror xaridni amalga oshirishi ehtimoli.
Mikromarketing — korxonalar va tashkilotlar faoliyatini marketing tamoyillariga asoslangan boshqarish tizimi. Makromarketing davlat organlarining bozor sohasida iqtisodiy dastaklar va stimullar tizimi (kredit, soliq, investitsiya, shuningdek, siyosat)dan foydalanadigan faoliyatini, shuningdek, tijorat tashkilotlari faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Makromarketing — davlat va uning hududi miqyosida amalga oshiriladigan marketing. Marketing faoliyati va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar makromarketing predmeti bo‘lib, hisoblanadi.
Markani maksimal tanishtirish — konsepsiya; kompaniya, brend, mahsulotlar, xizmatlar va siyosiy qarashlarni olg‘a harakatlantirishga oid marketing tadbirlarining maksimal miqdori.
Marketing bo‘yicha direktor-(marketing direktor) — kompaniya (firma, korxona) tuzilmasida reklama, mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish, tadqiqotlar va marketing majmuasi, boshqa elementlarini qo‘shgan holda butun marketing faoliyatiga rahbarlik qiluvchi kishi.
Marketingni boshqarish (marketing-menejment) — firma (kompaniya, korxona) oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish, tahlil, rejalashtirish, hayotga joriy etish va nazorat qilish bosqichlarini o‘z ichiga olgan, uch qismdan iborat bo‘lgan jarayon.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə