O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə191/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Marketing tadbirlari dasturi marketing to‘rt «p» harfida xulosalanadi.

  • odatda marketing operatsiyalarini rejalashtirayotganda foydalaniladigan buyumlar, texnologiyalar va ommaviy axborot vositalari yig‘indisi.

Marketing tadqiqotlari — mahsulot va xizmatlarni ayirboshlash va ishlab chiqaruvchining sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotlari hamda muammolarining maqsadli guruhi tahlili.
Ichki marketing axborot tizimi — firma (kompaniya) ichidagi doimiy harakatdagi mablag‘lar, resurslar, ularning ishlatilishi to‘g‘risida va umuman hisobotlardan iborat.

Marketing axborotlarini to‘plash usullari:


Kabinet axborot to‘plash usuli bilan boshqa maqsadlarda: davlat statistikasi, soliq idoralari, tijorat banklariga oid va boshqa talab etiladi- gan maxsus hisobotlardan hamda matbuotda e’lon qilingan maqolalar, nashr etilgan adabiyotlardagi va internet orqali berilgan reklama vosita- laridagi axborotlar yig‘iladi;
Dala usuli bilan axborot yig‘ishda birlamchi ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bozordan, korxonada, maxsus tanlangan joylarda so‘rov, eksperimentlar va kuzatishlar orqali to‘planadi;
Kabinet va dala usuli aralashmasi: kabinet usulida ikkilamchi va mavjud axborotlar yig‘iladi, dala tadqiqotlari orqali esa yangidan ma’lu- motlar yig‘iladi. Dala usuli bilan axborotlar, yuqorida aytilganidek, kuzatuv, eksperiment va so‘rov yo‘llari bilan yangidan yig‘iladi.
Kuzatuv — birlamchi axborotlarni doimiy ro‘yxatga olish, ya’ni jarayon, voqea, harakatlar sezish organlari orqali ko‘rib yozib boriladi.
Eksperiment — birlamchi axborotlar sodir bo‘layotgan jarayonlarda tadqiqotchining faol qatnashishi orqali to‘planadigan metod. Eksperi- ment amaliyot shakli bo‘lib, haqiqiy holatni ifodalashi tufayli marketing qarorlarini asoslashga me’yyor — andoza bo‘ladi, shuning uchun ham ko‘proq ilmiy tadqiqotlar jarayonida o‘tkaziladi.
So‘rov — biror obyektga va undagi jarayonga oid kishilarning fikr- mulohazasi, tafakkuri, dunyoqarashini bilish uchun maxsus anketada oldindan tayyorlangan savol-javob (test) shaklida o‘tkaziladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə