O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə43/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Makromarketingga quyidagi sohalar: marketing texnologiyasi, tovarning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari, iqtisodiy resurslarni kengaytirish va jamlash marketingi, ijtimoiy marketing va h.k. kiritildi. Samarali makromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanishning mahsulidir. Samarali makromarketing tizimi iqtisodiy rivojlanish uchun zarur. Rivojlanmagan jamiyat: hamma o‘zi uchun mahsulot ishlab chiqaradi va sotuvchilar bo‘lmaydi, vositachilik rivojlanmaydi. Rivojlangan jamiyat: hamma narsa bozor orqali, degan g‘oyaga amal qiladi.
Makromarketing – «mahsulot va xizmatlarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga jamiyat talab va istaklaridan kelib chiqqan holda yetkazib beriladigan ijtimoiy jarayondir»:

  • Butun bir tizimni qamrab oladi.

  • Bu samarali va adolatlimi?

Savdo va moliya sohasida marketing hozirgi kunda juda keng qo‘llanmoqda. Turizmning rivojlanishi tabiiyki, turizm marketingini, ta’lim xizmati bozorlarining kengayishi ta’lim xizmatlari marketingiga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Agromarketing esa oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi sohasining o‘ziga xos tadqiqotlar kompleksidir.
Notijorat tashkilotlarda marketing falsafasi vositalariga kompleks yondashuv talab etiladi. Bunga sabab quyidagilardir.

  • Notijorat tashkilotlar maqsadlarining ko‘p qirraliligi va daromadni oshirish maqsadining yo‘qligi

  • Qabul qilinayotgan qarorlarning tavakkalchilikka asoslanganligi tufayli daromadning pasayishiga olib kelishi

  • Notijorat tashkilotlar bozorida raqobatning kuchliligi

  • Davlatning notijorat tashkilotlarga e’tiborining kuchliligi

Ko‘rib chiqilgan marketing tavsiflaridan tashqari (Amerika, Skan- dinaviya, G‘arbiy Yevropa) maktablarining marketing klassifikatsiyalari mavjud.
Global marketing – jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonida trans milliy korporatsiyalar tomonidan qo‘llanilayotgan faoliyat bo‘lib, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari asosida glo- bal marketing strategiyalaridan foydalanadi. Jahon yagona bozor, deb qaraladi va bir xil marketing strategiyasi qo‘llaniladi. Masalan, “Pepsi
Cola”, “Coca-Cola”, “Macdonalds”, “Adidas”, “Sony”, “Toshiba” va boshqa kompaniyalar faoliyati.
4.1- jadval



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə