O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Makromarketing va mikromarketing



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə42/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Makromarketing va mikromarketing


1986 – yilda F.Kotler megomarketing tushunchasini muomalaga kiritdi. Bu tushuncha maqsadli iste’molchilarga nafaqat tovar va xizmatlar taklif etish, balki bozor muhitining makro guruhlari bilan imkoniyat darajasida kelishilgan holda faoliyat olib borishni nazarda tutadi.


Ayirboshlashning maqsadi, u yoki bu faoliyatning natijalariga ko‘ra tijorat va notijorat marketingi farqlanadi. Tijorat marketingi – foyda olish maqsadida daromadi yuqori kompaniyalarda asosan, savdo va xizmatlar sohasida qo‘llaniladi. Ko‘p tarqalgan tovarlar va xizmatlar turlariga muvofiq shakllangan faoliyatdir.
Ijtimoiy tashkilotlarda – maktab, kasalxona, bolalar bog‘chasi, qariyalar pansionati kabilarda notijorat marketing tadbirlari o‘tkazilib,
tashkilotlardagi muammolar aniqlanadi va chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.8
Professor X.Meffert tomonidan tijorat marketingining asosiy shakllari tavsiflangan.
Hududiy jihatlariga qarab: milliy, mintaqaviy, lokal va xalqaro (eksport, global va jahon) marketingi; qo‘llanish sohasiga qarab iste’mol, sanoat, investitsion va xizmatlar marketingi xarakterlanadi.
Bugungi kunda jismoniy shaxs yoki tashkilotning faoliyat turiga qarab tashkilot marketingi, shaxs marketingi, joy marketingi, ijtimoiy marketing qo‘llaniladi.
Tarmoqli marketing – sotish tizimi bo‘lib, mahsulot iste’molchi- larining o‘zlari ham uning tarqatish jarayonida qatnashishlari yangi tarmoqlarni yaratishlariga imkoniyat beriladi. Tarmoqli marketing – bu tovarlarni mustaqil ravishda tarqatuvchi sotuvchi agentlarning tarmoqli tashkilotini yaratishga asoslangan tovarlar chakana savdosining bir turidir.
Mikrodarajada marketing ishlab chiqaruvchi va iste’molchini o‘rganish uchun dasturlar yaratiladi. Mikromarketing (ingl. Micromar- keting) iste’mol bozorining alohida geografik, demografik va psixografik segmentlariga yo‘naltirilgan marketing dasturlari ishlab chiqilishi, mahsulotlar ishlab chiqarilishi, firma bozor strategiyalari va reklama kompaniyalari borasidagi aniq maqsadga qaratilgan marketing sa’y-harakatlari.
Mikromarketing – «ma’lum bir kompaniya tomonidan iste’mol- chilarning xohish va istaklarini qondirgan holda tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog‘liq harakatlar majmuasidir». Fransuz olimi J.J. Lamben bozor iqtisodiyoti sharoitida makromarketingning ahamiyatini yanada batafsilroq ochib berib, uni iqtisodiy demokratiyaning muhim omili sifatida talqin qiladi. Aynan makromarketing iste’molchini birinchi bo‘lib eshitadi va iste’molchi talabidan kelib chiqib, investitsiyalarni, innovatsiyalarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltiradi. Makromarketing hozirgacha nazariy jihatdan bahs — munozaraga sabab bo‘lgan muammo hisoblanadi. 1960 – yilgacha turli marketing yo‘nalishlari o‘z diqqat – e’tiborini makromarketing muammolariga qaratdi. Tashqi muhit o‘rganilmagan holda sotuv va iste’molchi bilan munosabatlar o‘rnatildi. Bozor infrastrukturasining rivojlanishi jamiyatning ehtiyoj va talablarini yuqori


8Г.Л.Багиев, В.M.Taрасевич Маркетинг. 4-изд.-СПб., “Питер” 2012 г.
darajada o‘rganish muhimligiga urg‘u berdi. AQShda o‘sha davrda marketingni jamiyatning bir faoliyati turi, deb ham qarashgan (R. Xollovey, Dj. Fiska, R. Xinkok va b.).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə