O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə96/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Yakuniy (umumlashtiruvchi) baholash talabaning ta'lim jarayonining ma'lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va standartlarga javob berishini aniqlaydi. Yakuniy baholash ta'lim jarayonining ma'lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi.


Umumlashtiruvchi baholashni o’tkazishda quyidagilarga e'tibor berish lozim:

  • Talaba umumlashtiruvchi baholash nima uchun o‘tkazilishi haqida

ma'lumotga ega bo‘lishi lozim. Bu uning baholashga tayyorgarlik


ko‘rishiga olib keladi.





  • Baholashni o‘tkazish shartlari unga jiddiy yondashishga, diqqatni chalg`itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan o‘zini chetga olishga hamda talabaning o‘z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi.




  • Baholash o‘tkazish sharoitida talaba o‘zini erkin tutishi va noxushlik his etmasligiga imkoniyat yaratish kerak.




  • Baholovchi va talaba baholash nima maqsadda, u qachon, kim tomonidan va qanday o‘tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga egadir.




  • Qo‘yilgan baho o‘quv natijasiga qay darajada erishganlikni tushunish va uni mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir.




  • Talaba oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim.




  • Rejalashtirilmagan baholashni o‘tkazish maqsadga muvofiq emas.



Topshiriq shakllari

Og`zaki shakldan ko‘proq og`zaki savol-javoblarni qisqa vaqt ichida o‘tkazish uchun foydalaniladi. Ushbu jihatiga ko‘ra, bu baholash topshiriq shaklidan oraliq nazoratni amalga oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq.


Og`zaki topshiriq shaklining turlari:


 Ochiq

 Yopiq

Og‘zaki shaklning ochiq turi deganda, talabaning so‘ralgan material yuzasidagi ma'lumotlar bilan bir qatorda erkin va ijodiy yondoshish asosida javob berishi nazarda tutiladi.




Yopiq turda esa talaba faqat berilgan material doirasida javob berish bilan cheklanib qoladi.

Og`zaki topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalarning bilimlari bilan birga o‘zini tutishi, reaktsiyasi va muloqot qilish qobiliyati inobatga olinadi.


Ularni quyidagilarga ajratish mumkin:





  • kasbiy holatlarga simulyatsiya (taqlid) qilish;




  • yechish yo‘llarini topish bilan bog`liq muammoli holatlarni muhokama

qilish;




  • talabaning muammoli holatlarga bo‘lgan shaxsiy munosabati.

Psixik omil (tanglik, erkin emaslik, qo‘rquv kabilar) katta rol o‘ynashi tufayli ko‘pincha haqiqiy natijalar berish qobiliyati ko‘rinmay, yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Ta'lim beruvchi savol bergan paytda talaba yaxshi javob beradi, deb kutmaslik kerak. Shu sababdan, ta'lim beruvchining savol berish tarzi muhim rol o‘ynaydi. U savolni tushunarli va aniq berishi kerak :


-javob berish uchun yetarli vaqt berish kerak;


-ikki xil ma'noni anglatadigan savollar bermaslik kerak;


-talaba savollarga javob berishda qiynalishni boshlasa, savollar qamrovini mos ravishda qisqartirish kerak.


Ta'lim beruvchi og`zaki topshiriq bo‘yicha savollar tuzayotganda quyidagi xususiyatlarni inobatga olishlari lozim:


Gaplar mos so‘roq so‘zlardan tuzilgan bo‘lishi kerak (nima, qanday, nima uchun).





  • Savol aniq va tushunarli tuzilgan bo‘lishi lozim.




  • Savol to‘g`ridan - to‘g`ri muammoga qaratilgan bo‘lishi kerak.




  • «ha» yoki «yo‘q» javobini talab etuvchi savollar bo‘lmasligi kerak.




  • Savol faqatgina bitta gapdan tuzilishi lozim.







  • Javob berishga vaqt ajratilgan bo‘lishi lozim.

Yozma baholash topshiriqlari ta'lim beruvchi tomonidan talabaga yozma ravishda savollar berilib, ulardan yozma tarzda javoblar olishga mo‘ljallangan topshiriq shakllari qisoblanadi.


Bugungi kunda test topshiriqlarining bir qator turlaridan ta'lim jarayonida talabalarning nazariy bilimi va aqliy layohatini baholashda foydalanilmoqda.


Agar xorij ta'lim tajribalariga tayanib mulohazalar yuritsak, test deganda, barcha baholash topshiriqlari nazarda tutiladi. Ammo bizning sharoitimizda esa testlar (psixologik testlar bundan mustasno) topshiriq va bir yoki bir necha javobdan iborat tuzilma sifatida tushuniladi.

Testlarni tuzishda bir qator qoidalarga rioya qilish zarur:





  • Testning barcha chalg`ituvchi javoblari haqiqatga yaqin bo‘lishi kerak.




  • Javoblarni ifodalovchi jumlalar uzunligi deyarli bir xil bo‘lishi kerak.




  • Javoblar asos bilan uyg`unlashgan holda grammatik jihatdan to‘g`ri tuzilgan bo‘lishi kerak.




  • Asos qismining jumlasi talabaning tushunishi uchun mos bo‘lishi kerak.




  • Javoblarning hech biri sinonim (ma'nodosh) bo‘lmasligi kerak.




  • Asosda ham, javoblarda ham ikki fikrlilik bo‘lmasligi kerak.




  • Asos imkon qadar keng mazmunli bo‘lmog`i kerak.




  • Asosda nomuvofiq jumlalardan imkon qadar foydalanmaslik kerak.

  • Javoblarda mantiqsiz so‘zlar bo‘lmasligi kerak.




  • To‘g`ri javoblarni ketma-ket bermaslik kerak.




Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə