O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Me'yorga asoslangan baholash



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə95/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Me'yorga asoslangan baholash nisbiy baholash shakli bo‘lib, baholashdan so‘ng baholanuvchilarning ta'lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchashdan iborat.

Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi. Me'yoriy baholashda baho bir necha ko‘rsatkichlarga va ta'lim olish shart-sharoitiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Masalan, ta'lim beruvchi tomonidan hayrixoqlikning paydo bo‘lishi, ta'lim beruvchining o‘ta qat'iyligi sababli ham baho o‘zgarishi mumkin .





Ta'lim

O‘qituvchining

O‘qituvchining










oluvchilar qat'iyligi sababli




hayrixohligi sababli




soni

Ideal




baho o‘zgarishi

baho o‘zgarishi













30













20

























Baho

1

2

3

4

5



Me'yorga asoslangan baholashning o‘zgarishi

Me'yorga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat:





  • ta'lim beruvchi ortiqcha vaqt sarflamaydi;




  • turli shart-sharoitga oson moslashtirish mumkin;







  • muayyan baholanuvchilar guruhi ichida ularning o‘zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirish imkonini beradi;

  • baholash natijasida guruh ichidan ma'lum sondagilarini ajratib olish imkonini beradi (masalan, kirish imtihonlari natijasida boshqalarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich ko‘rsatgan 25 kishini ajratib olish

mumkin).
Me'yorga asoslangan baholashning kamchiliklari esa quyidagilardan


iborat:




  • bilimlarni ob'ektiv va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi.




  • baholashda bilim bilan hulqni baholash aralashtirib yuboriladi;




  • ba'zan hulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo‘yadi;




  • baholar ta'lim beruvchi tomonidan sub'ektiv belgilanishi mumkin;




keladi.

Baholash o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra uch turga ajratiladi:



  • Boshlang’ich baholash;




  • Joriy, ya'ni shakllantiruvchi baholash;




  • Yakuniy, ya'ni umumlashtiruvchi baholash.



Boshlang`ich baholash ta'lim jarayoni boshida talabalarning dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday baholash natijalari ta'lim jarayonining mazmuni, metodlari va shakllarini tanlash imkonini beradi.


Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. U ta'lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta'lim jarayoni samarasini tezkor(operativ) aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta'lim beruvchi va talaba o‘rtasidagi qaytar aloqani ta'minlash imkonini beradi.



Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə