O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə94/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

BAHOLASh ShAKLLARI

Baholash, uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi mumkin:





  1. Mezonga asoslangan baholash




  1. Me'yorga asoslangan baholash.



Mezonga asoslangan baholash baholanuvchining ta'lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, ko‘nikma va malakalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o‘rganish maqsadlari bo‘yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g`ridan-to‘g`ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi.

Mezonga asoslangan baholashning afzalliklari quyidagilardan iborat:


o‘quv maqsadiga muvofiq baholanadi;





  • talabaning o‘zlashtirish darajasini ob'ektiv baholaydi;




  • baholash o‘zining aniq ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi;




  • talaba olgan bahosida yo‘l quygan xatolarini yaqqol ko‘rib turadi;




  • baholanuvchini ta'lim olishga yo‘naltiradi;




  • baholanuvchilarning baholanayotgan sohadagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab beradi, ularning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishonchini oshiradi;




  • hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarini o‘rnatadi;




  • ta'lim mazmunini aniqlab beradi;




  • baholanuvchilarning o‘z faoliyati natijalariga bo‘lgan mas'uliyatini oshiradi. Mezonga asoslangan baholashning kamchiliklari esa quyidagilardan iborat:







  • mezonlarning ob'ektivligi, haqqoniyligi va aniqligini aniqlashga nisbatan talablarning ko‘pligi;




  • ijtimoiy fan yo‘nalishlari bo‘yicha mezonlar ishlab chiqishda

qiyinchiliklarga duch kelinadi.





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə