O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə2/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

I. Nazariy materiallar


1-ma‘ruza
Maxsus(pedagogika) fanlari va ularning o’ziga xosliklari
Reja

  1. Ta'lim-tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi

  2. Maxsus fanni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari

  3. O‘qitish metodikasi tushunchasi

  4. Ta'lim berish (didaktika)ning asosiy tamoyillari

  5. Oliy maktabdagi o‘qitish metodlarining o‘ziga xosligi.

Tayanch iboralar: mahsus fanni, o‘qitish metodikasi, o‘ziga hosliklari, mahsus fanlarni o‘qitish jarayoni, o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari.
Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta'lim va tarbiya berishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim~tarbiya hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyusiya inson va uning ilmiy-ma'rifiy potensialini ijtimoiy-farmasevtika taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi.
Kelajakda erishishimiz lozim bolgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak.
«Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki -boshqacharoq aytganda, qanday kadrlarni tayyorlashga bog‘liqdir»1.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta'lim to‘g‘risidagi qonun» va 1997-yildan kuchga kirgan kadrlar tayyorlashning «Milliy dastur»i bo‘yicha butun ta'lim tizimi isloh qilinar ekan, asosiy diqqat ana shunday saviyadagi kadrlar tayyorlashga qaratilgan.
Yoshlar tarbiyasi hamda ularni tarbiyalashda ta'lim tizimining naqadar ahamiyatga egaligi, Prezidentimizning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining «Ta'lim-kelajikka yo‘naltirilgan sar-moya» mintaqaviy konferensiyasi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi-dagi ushbu jutnlalardan ham anglash mumkin: «Hozirgi paytda bir haqiqatni har qachongidan ko‘ra teran anglab olish muhim ahami-yatga ega. Samarali ta'lim tizimini yaratmasdan turib, jamiyatni is-loh etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini tasawur etish qiyin.
Ushbu sohaga ustuvor ahamiyat berilishi shubhasiz, uning kel-gusi taraqqiyoti uchun zamin hozirlashdir».
Bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan ustozlarga, ularning bilimdonlik bilan oqitish jarayonini tashkil qilishi va dars berishiga bog‘liq. Sluining uchun ham o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalarning chuqur bilim olishiga yordam beruvchi o‘quv uslublarini qo‘llashga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega ilm, dars borishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida ishlashni talab qiladi.
Oliy o‘quv yurtining talabalari keng doiradagi farmatsiyadagi muammolarni aniqlash, tahlil qilish, farmasevtikadagi rivojlanish tendensiyalariga baho berish, bu o‘zgarishlar kelajakda qanday natijaga olib kelishi mumkinligini his qila bilishi, ko‘z o‘ngiga keltira bilishni-o‘rganishi zarur. Buning uchun esa farmasevtika fanlarni chuqur bilish talab qilinadi. Dars o‘tishda to‘g‘ri metod tanlanmasa, nazariy jihatdan o‘qituvchining bilimi yuqori bo‘lishidan qat'i nazar, kutilgan natijani bo‘lmaydi. O‘qituvchining bilimi pedagogik mahorat bilan qo‘shilgandagina o‘quv jarayonini samarali tashkil etish mumkin.
Dars berish metodikasi (usluyati)ning predmeti, bu dars berish(o‘qitish) jarayonining o‘zidir.
Odatda, metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari va

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə