O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


- ma‘ruza Maxsus(pedagogika) fan o’qituvchisining o’quv-me’yoriy hujjatlari



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə6/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

3- ma‘ruza Maxsus(pedagogika) fan o’qituvchisining o’quv-me’yoriy hujjatlari
Reja



  1. Maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quv-uslubiy majmua va uning o‘quv

jarayonini tashkil etishda ahamiyati.

  1. Tayanch o‘quv rejalari va ular asosida fanlar tarkibi va soatini

aniqlash.

  1. O‘quv majmuasi va uning tarkibi, o‘quv dasturining tutgan o‘rni



Tayanch iboralar: standart, davlat ta'lim standartlari, ta'lim standartlarining maqsadi, ta'lim standartlarining vazifalari, tayanch o‘quv rejalari, texnologik xarita, namunaviy o‘quv dasturi, ishchi o‘quv dasturi, kalendar reja, o‘quv-uslubiy majmua.
Oliy ta'lim tizimining bosh maqsadi mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash. Bu maqsadga erishish uchun ular qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak? Buning uchun talabalar qanday fanlarni, nimalarni chuqur o‘rganishi zarar va ular qanday aniq lanadi?
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi — ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratishdir. Bu tizim dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan, ishning ko‘zini biluvchi, vaziyatni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqarib, qaror qabul qiluvchi, kelajakni mustahkam poydevorini quruvchi va jamiyat taraqqiyotini ta'minlovchi kadrlar tayyorlashni eng muhim va mas'uliyatli vazifa sifatida amalga oshirishi lozim.
Bu vazifani amalga oshirishda ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish, fanlarni o‘qitishda o‘quv-uslubiy majmua va uning o‘quv jarayonini tashkil etishda qo‘llash muhim rol o‘ynaydi.
Biz eng avvalo, kimni, qanday kadrlar tayyorlashni aniq tasav-vur qilishimiz kerak. Bu maqsad davlat ta'lim standartlarida o‘z aksini topadi.
Standart (inglizcha «Standard»—norma, namuna) mahsulotni sifati, tarkibi jihatidan qa‘tiy belgilangan parametrlardan tashkil topgan, mahsulot, qoida, ko‘rinishdir. Standart keng ma'noda bir-biri bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan obyektlarni solishtirish uchun qabul qilingan namuna, etalon, modeldir. Standartlar texnik normativ hujjat sifatida ishlab chiqilib, qabul qilingan ma'lum me-zonlar, qoidalar, talablar kompleksidan iborat. Ular vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.
Standartlar moddiy shaklda mahsulot etaloni, namuna sifatida bo‘lishi yoki turli normativ, qonun-qoida, talablar tarzida bo‘lishi mumkin. Standartlarni qo‘llashdan maqsad, mahsulotni, bajarilgan ishni sifatini ta'minlash.
Ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashning davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqilishidan maqsad tayyorlanayotgan kadrlarimizni zamon talabi darajasida bo‘lishini ta'miniashdir.
Bu standartlarda ta'lim dargohini bitirib chiqayotgan talabalar qanday bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, ularning qo‘lidan nima ish kelishining minimal darajasi belgilab qo‘yiladi.
Ta'limni standartlashtirish bu butun dunyo miqyosida ta'limni isloh qilishdagi eng asosiy tendensiyalardan biri. Unga bozor iqtisodiyoti talablari nuqtayi nazaridan yondashiladi. Jamiyat bilan ta'limning o‘zaro moslashishini ta'minlash bugungi kunning nihoyatda jiddiy masalasidir. Ayniqsa, ikki mustaqil bozor, ta'lim va mehnat bozorlarini bir-biriga yaqinlashtirish, shu asosda talab va taklif muvozanatiga erishish nihoyatda muhim va dolzarb masala. Jamiyatda sodir bo‘layotgan yangiliklar, farmasevtikadagi o‘zgarishlar ta'lim tizimiga yangicha yondashishni taqozo etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi va amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalaridan biri, ta'lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga talablarni, ularning madaniy va ma'naviy-ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta'lim standartlarini yaratish va uni tatbiq etishdir.
Xalqaro talablarga javob beruvchi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish:
O‘zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda ta'lim ekvivalentligini, turli ta'lim muassasalari diplomlarini taqqoslab, mamlakatimiz ishchi va mutaxassislarini xalqaro mehnat bozorida to‘siqlarsiz ishtirok etishini ta'minlaydi.
Ta'lim xizmatlari sifatiga aniq qa‘tiy talablarni belgilab qo‘yilishi kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi. Ta'lim muassasalari ishi
samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi. Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi qabul qilingandan so‘ng uning talablarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 -yil 5-yanvarda «Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim standartlarbni ishlab chiqish va joriy etish to'g‘risida»gi Qarori qabul qilindi va shu qaror asosida «Davlat ta'litn standartlari to‘g‘risida» gi Nizom ishlab chiqildi.
Nizomning 1.1 bandida: O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida» qonunining 7-moddasida, Kadrlar tayyorlash milliy das-turiga muvofiq respublikada idoraviy bo‘ysunish va mulkchilik shakllaridan qafi nazar, ta'lim muassasalarining barcha turlari uchun majburiy bo‘lgan davlat ta'lim standartlari (DTS) belgilanadi.
DTSda kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, ta'lim oluvchilarning tayyoigarlik darajasi hamda ta'lim muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv yuklamasining zarur hajmini, ta'lim muas-sasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilash .qayd etilgan.
Nizomda davlat ta'lim standartlarining maqsad va vazifalari ko‘rsatilgan. Davlat ta'lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
 ta'limning yuksak sifatini ta'minlash hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur farmasevtika va ijtimoiy islohotlar asosida rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta'minlash;
 mamlakatning ijtimoiy va farmasevtika taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
 ta'limning demokratlashuviga insonparvarlashuviga, ijtimoi-yligiga ko‘ra, ta'lim oluvchilarning huquqiy, farmasevtika bilimlari da - rajasini, shuningdek, ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish;
 sifatli ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta'lim va kadrlar tayyor - lash sohasida shaxsning jamiyat va davlatning vazifalarini himoya qilish;
 kadrlar tayyorlash sifatini va ta'lim faoliyati mezonlari va
tartibini baholash;
 pedagogik texnologiyalariga va axborot bilan ta'minlanishiga, ta'lim darajasini nazorat qilishga, ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me'yorlar va talab - larni belgilash;
 ta'lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis

qismini, ta'lim muassasalarining attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish;



  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;

  • milliy standartlar talabi bilan ta'lim sifati va kadrlar tayyor - lashning xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.

DTSga o‘zgartirishlar kiritish respublikaning ijtimoiy-farmasevtika rivojlanishiga muvofiq ravishda ta'lim darajasi va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar o‘zgarishi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Akademik erkinlik va talabalarni o‘z ustida ishlashga o‘rgatish oliy o‘quv yurti faoliyatining asosini tashkil etadi. Tendensiya shundayki, nazariy kurs ta'limga ajratilgan vaqtning 15 % atrofida. Qolgan vaqtlar, seminar ilmiy faoliyat, mustaqil ishlarni bajarish, talabalarni o‘z ustida ishlashi kabilardan tashkil topadi. Oliy o‘quv yurtida, ayniqsa, talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashiga alohida diqqat qaratiladi.


Q‘quv fani ta’lim muassasalarida o'quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
O‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. 0‘i1a maktab, akademik litsey va kasb- hunar kolleji o'quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtayi nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari o‘quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsiiklar va o‘quv qo'llanmalari kiradi.
Darslik – DTS, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy mafkura g’oyalari singidirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
Darslikni bu pedagogik tizimning axborotli modeli deb atash mumkin. Bunga sabab har bir o’qituvchi darslikda ta’lim oluvchilar bajarilishi kerak bo’lgan o’quv jarayonining ma’lum bosqichlari ko’rsatilgan bo’lib, ta’lim oluvchilar uchun mavzularni o’qib, undagi topshiriqlarni ma’lum harakatlar ko’rinishida bajarishadi: tekshiradi, echadi, javob beradi va h.k. Bu harakatlar darslik matnlarida ochiq yoki yashirin shaklda berilishi mumkin.
Demak, darslik bu – muayyan o’quv predmeti mazmunini o’quv dasturida ko’satilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilingan kitob bo’lib, uning harakterli xususiyati darslik mazmunining o’quv dasturi mazmuniga mos kelishidir.
Darslikdagi material bo’limlar bo’yicha taqsimlanadi. Har bir mavzu, muayyan bob, uning tarkibida bo’lgan bandlar asosida ochib beriladi.
Darslikning kirish qismida fanning jamiyat va tabiatdagi o’rni, roli va metodologik asosi, maqsadi, vazifalari va echimini kutayotgan muammolari, boshqa fanlar bilan bog’liqligi, bo’lajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar, fanga tegishgi soha yoki ishlab chiqarishning zamonaviy taraqqiyoti hamda talabaning fan bo’yicha egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar yoritilishi talab qilinadi. Kirish tushunarli va qisqa bayon etilishi lozim.
Darslikning asosiy matni – bu ta’lim oluvchi tomonidan o’rganilishi va o’zlashtirishi majburiy bo’lgan o’quv axborotining asosiy manbai vazifasini bajaradi. Matnning mohiyatini asosiy tushunchalar, qonunlar, qoidalar, nazariyalar, mezonlar, tamoyillar va faoliyat usullari haqidagi bilimlar tashkil etadi.
Darslikdagi qo’shimcha materiallar. Bu matnlar – asosiy matnda bayon qilingan holatlarni mustahkamlab va chuqurlashtirishga, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi o’quv materialini o’z ichiga oladi. Qo’shimcha matnlarga belgilashlar, hujjatlar (xrestomatik) materiallar, amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan mashqlar, xulosalar, tavsiyalar, ma’lumotlar kiradi. Qo’shimcha matnlar o’quv materialini o’zlashtirishga yordam berish bilan birga ijodkorlikka undovchi va tarbiyaviy funktsiyalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Darslikning tushuntirish matni – o’quv materialini tushunishga va chuqurroq o’zlashtirishga mo’ljallangan xususiy yozma tuzilma. Bu matnlar ta’lim oluvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega. Tushuntiruvchi matnlarga izohlar, ilovalar, tayanch iboralar, tushuntirishlar, lug’atlar, ramzlar va ko’rsatkichlar kiradi. Bu matnlar tushunarli, qisqa va ma’lum tushunchani aniq shakllantiradigan bo’lishi kerak.
Darslikning tajribaviy – amaliy matnlarida – fan o’quv materialini o’zlashtirishda va mustaqil tarzda bilim olishda bilim oluvchi bajaradigan amaliy faoliyat usullari, aniq ma’lumotlar olish uchun nazariy bilimlarni qo’llash tamoyili va qoidalari, asosiy tadqiqot usullari tavsiflanishi; masalalar, mashqlar, tajriba va eksperiment usullari bayon qilinishi lozim.
Darslikdagi mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar matniga quyidagi talablar qo’yiladi:
• ta’lim oluvchilar tomonidan o’tilgan mavzularning mustahkam o’zlashtirilishini ta’minlash;
• ta’lim oluvchilarni bilim olishga qiziqtirishni rivolantirish;
• fikrlash faoliyatini rivojlantirish, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratlarini shakllantirish;
• ta’lim oluvchilarning amaliy topshiriqlarni bajara olish imkoniyatlarini inobatga olish;
• tasdiqlarning aniqligi va tushunarliligi, yagona namunaga mos kelishi.
Darslikdagi bilim va ko’nikmalarni nazorat qilish materiallari matnidagi nazorat savollari ta’lim oluvchilarni bilim olishga qiziqishlarini, mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga, taqqoslash, sintez va tahlil qilish usullaridan foydalana olish mahoratini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Darslikdagi informatsion – uslubiy ta’minot – bu ushbu fanga oid asosiy va qo’shimcha o’quv manbalari, elektron ta’lim resurslari hamda uslubiy qo’llanmalarni o’z ichiga oladi.
Darslikdagi qo’shimcha ma’lumotlar matniga mazkur darslikdan foydalanish tartibi, o’quv materalini o’ranishga tegishli elektron vositalar (multimedia, virtual stendlar, animatsiyalar va h.k.) va ulardan foydalanish tartiblari kiradi.
O’quv qo’llanma – bu darslikni qisman to’ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo’yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o’zlashtirishni ta’minlovchi ayrim bob va bo’limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg’ulotlar olib borishga mo’ljallangan nashr.
10. Elektron o’quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo’yilgan talablar.
Keyingi paytlarda darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo bo’lmoqda. Bu borada elektron o’quv adabiyotlarini yaratish o’zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda. Bunda elektron kitoblar (multimedia kitoblar, yarim media kitoblar, gipremedia kitoblar, intellektual kitoblar, telemedia kitoblar, kibernetik kitoblar), elektron nashr, elektron ta’lim resurslari, elektron uslubiy qo’llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o’quv – uslubiy materiallar, elektron o’quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini keltiramiz.
Elektron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o’laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animatsiyalar, gipermurojaatlardan o’rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o’zlashtirilishiga mo’ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning o’quv hajmini to’liq qamragan va masofaviy o’qitish hamda mustaqil o’rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, bo’lib, unda materiallar (o’quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o’quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o’lchamli grafik ko’rinishida, video, animatsiya va qisman virtual (matn) shaklida, ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini ifodalaydigan shaklda yaratiladi.
Elektron kitoblarni yaratish ta’lim tizimiga CD – ROM va multimedia texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o’quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va ularning ta’lim - tarbiyada samarali qo’llanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat bo’ladi.
Elektron kitoblar to’rtta yo’nalishdan iborat bo’ladi. Ular: Qomusiy; ma’lumot beruvchi; o’qituvchi; imtihon oluvchi.
Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga etkazib berish bilan shug’ullanadi. Bunda multimediali kitoblar – bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlagan bo’lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan bo’ladi.
Yarimmedia kitoblar – bu multimedia kitoblardan farqli ravishda ma’lumotlarni etkazib berishda turli vositalarning kombinatsiyasidan foydalanuvchi kitoblar.
Gipermedia kitoblar – bu multimediali kitoblarning takomillashgan shakli bo’lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qo’shimcha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilishi mumkin.
Intellektual kitoblar – bu imtihon oluvchi kitoblarga o’xshash bo’lib, bunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, bilim darajalari maxsus testlar yordamida ularning kompyuter bilan muloqot jarayonida aniqlanadi va baholanadi.
Telemedia kitoblar – bu telekommunikatsiya vositalari yordamida masofadan o’qitishga xizmat qiluvchi kitobdir.
Kibernetik kitoblar – bu matematik modellashtirish vositalari yordamida hodisalarni va ob’ektlarni har tomonlama o’rganish va tadqiq qilishga yordam beruvchi kitobdir.
Elektron ta’lim resurslari – bu muayyan fan bo’yicha yaratilgan elektron o’quv qo’lanma, elektron ko’rsatmalar, elektron ma’lumotnomalar, lug’atlar virtual stendlar, multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.
Elektron nashr – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video – foto va boshqa axborot ob’ektlari majmuasidan iborat bo’lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki kompyuter tarmog’i orqali taqdim etishga mo’ljallangan.
Elektron o’quv nashri – bu ta’lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o’zlashtirishiga ko’maklashuvchi nashr bo’lib, u ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialini o’z ichiga oladi.
Elektron uslubiy qo’lanma – bu ta’lim – tarbiya jarayonidagi pedagogik tajribani (amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo’ljallangan nashr.
Elektron o’quv qo’llanma – bu muayyan fanning o’quv rejasidagi vaqt va o’quv dasturidagi ma’lumot hajmini qisman yoki to’liq qamragan va fanni o’rganishga tegishli ma’lumotni to’liq adaptatsiya qila olgan masofaviy o’qitish va mustaqil o’rganish uchun mo’ljallab tayyorlangan nashr.
Elektron o’quv qo’llanmalar
Multimediali elektron o’quv qo’llanmalar yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan kompleks foydalanishning quyidagi jihatlariga asosiy e’tibor qaratiladi:
1. Ichma – ich joylashgan turli bo’g’inlar va rangli bezaklarda gipermurojatlardan foydalanish.
2. Ma’lumotlarni tasvirlashda turli xil rangli bezaklardan foydalanish.
3. Audio va video effektlar va ularni boshqarishning samarali metodlaridan foydalanish.
Multimedia muhitida elektron o’quv qo’llanmalar ishlab chiqish uzoq muddatli va katta mablag’larni talab qiluvchi jarayondir. Shuning uchun ham multimediya muhitida elektron o’quv qo’llanmalarni yaratishning barcha bosqichlarini hamda har bir bosqichida qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlarni oldindan belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi bosqichlarni bajarish zarur bo’ladi:
• tanlash bosqichida multimedia muhitida ko’rsatilishi kerak bo’lgan o’quv fani tanlanadi;
• tayyorgarlik bosqichida kurs matnni yozish, ko’rgazmali va ma’lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va o’quv dasturining stsenariylarini yaratish bo’ljallanadi;
• asosiy bosqichda elektron o’quv qo’llanmani bevosita yaratish bo’yicha ishlar amalga oshiriladi;
• yakunlovchi bosqichda elektron o’quv qo’llanmani testdan o’tkazish va maqomiga etkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda o’quv materialining qurilmasi yoki tuzilmasi ishlab chiqiladi, shuningdek foydalanuvchi bilan o’zaro aloqa mexanizmi loyihalashtiriladi. Asosiy va qo’shimcha elementlar ajratiladi, axborotli bloklarning ierarxik tuzilmasi yaratiladi. Foydalanuvchi interfeysi, alohida bloklar va ekranlar o’rtasidagi asosiy aloqalar ishlab chiqiladi.
Multimediali materiallarni tayyorlashda odatda ikki o’ljamli grafikadan va “Macromedio Flash” dasturiga joylashtirilgan interaktiv tizim Wib – sahifalar yaratish uchun ham qulay vosita hisoblanadi.
Multimediali elektron o’quv qo’llanmani yaratishda giperment, giperko’rsatgich va ularga tasvir, kod nomi elementlarini kiritish hamda ularni o’zaro bog’lash maqsadida HTML – giperment tahrirlagichdan foydalaniladi.
Multimediali elektron – o’quv qo’llanma quyidagi afzalliklarga ega:
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada o’quv materialining multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, o’quvchilarga berilayotgan o’quv materialini chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish, dars mavzusi bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada berilayotgan ma’lumotlarning harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uyg’unligi mavzuni o’rganishda monotonlik (bir xillik) ga chek qo’yadi;
• o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida interfaol tizim vujudga kelib, bevosita aloqa o’rnatilishi natijasida o’qituvchi dars jarayonida o’quvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega bo’ladi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmada o’qish darajasi va sur’atini o’rganuvchining o’zi tanlash imkoniyati o’qitishni individuallashtirish imkonini beradi;
• multimediali elektron – o’quv qo’llanmaga kiritilgan test topshiriqlari va o’z – o’zini tekshirish uchun savollar o’quvchini o’z – o’zini tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;
• olingan bilimlar o’quvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi [6].
Elektron pochta – bu axborot almashish xizmatini ko’rsatish vositasidir. Undan foydalanuvchi har qanday o’quv muassasasi va hattoki o’z uyida terminal orqali kerakli manzilni ko’rsatgan holda axborot jo’natish mumkin yoki qabul qilib olish mumkin. Buning uchun axborot kompyuterda yuboriladi, u erda esa tegishli manzilning elektron qutisiga fayl jo’natiladi.
Elektron pochta orqali bosma materiallar, fotografiya, jadval, grafik ish qog’ozlari va jurnallar kerakli manzilga jo’natiladi. Bunda asosan axborotlar (xat - xabarlar)ni uzatish va qayta ishlashning elektron usulidan foydalaniladi.
Axborot uzatishning ushbu imkoniyatidan ta’lim oluvchilar, masofaviy ta’lim bilan shug’ullanuvchilar samarali foydalanishi mumkin.
Elektron forumlar – bu internetning xalqaro tarmog’i va elektron pochtalardan foydalanib o’tkaziladigan seminarlardir. Seminarning moderizatori ishtirokchilarga materiallarni beradi. Uning mazmun – mohiyatini tushuntiradi, so’ng savol beradi yoki mavzu mazmunini muhokama etadi. Seminar ishtirokchilarini material bilan tanishtiradi, savollarga javob beradi, o’z xulosalarini chiqaradi. Har bir ishtirokchi muhokamada ishtirok etadi. Muhokama natijalari asosida xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida seminar qatnashchisi to’g’ri, yakuniy javobni oladi. Bu esa olgan bilimlarni mustahkamlashga ta’sir etadi [7].
Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o’quv qo’llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig’imdagi audiovizual materiallar, interfaol o’quv kurslari, ko’mpyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o’tkazish bo’yicha tizimlar.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə