O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə17/60
tarix27.04.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#107293
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
MILLIY G‘OYA TARIXI VA NAZARIYASI

Tо‘rtinchidan, I.Karimovning milliy g‘oya konsepsiyasida milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini qaror toptirishga alohida ahamiyat berildi. Darhaqiqat, ijtimoiy rivojlanishning asosi milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligidadir. Xoh ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy, xoh ma’naviy-ma’rifiy sohada bо‘lsin, I.Karimov mazkur manfaatlar nisbatini tо‘g‘ri olishga harakat qilgan.
Masalan, hozirgi kunda О‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qilayotgan bо‘lsa, 100 dan ortiq milliy madaniy markazlar faoliyat kо‘rsatmoqda. О‘zbekistonda mustaqillik yillarida qо‘lga kiritilgan eng katta yutuq ham jamiyatda millatlararo munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash bо‘ldi. Barcha millat va elat vakillarining teng haq-huquq va imtiyozlarga ega bо‘lishi, ular manfaatlarining Konstitusion asosda muhofaza etilishi mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
3-masalaning bayoni: Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida dolzarb vazifalar ilmiy jihatdan asoslab berilganligi uchun ham milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar konsepsiyasi qadrlidir.
Mamlakatimizda milliy g‘oyani amalga oshirish millat va jamiyat oldida turgan vazifalarni aniqlashtirib olishni talab qiladi. Umuman, bu vazifalar Milliy mafkuraning bosh g‘oyasidan kelib chiqadi. Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik - bular milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirishdagi muhim nuqtalardir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat va jamiyatning bundan keyingi rivojlanishi ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish va demokratiyalash bilan bevosita bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, ijtimoiy-siyosiy sohada demokratiya amalga oshirilmas ekan - milliy tiklanish tо‘g‘risida fikr yuritish befoydadir.
Umuman, fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim sharti davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishdir. О‘zbekistonda bu jarayon «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyil asosida olib borilmoqda. «Hammamizga ayonki, - deb qayd etadi I.Karimov, - bu yо‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq kо‘p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini jamoat tashkilotlariga о‘tkaza borishni taqazo etadi»19.
Darhaqiqat, О‘zbekistonning hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayotini erkinlashtirishda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich о‘tkaza borishni ta’minlash о‘ta muhimdir.
«Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi о‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy asoslariga ega bо‘lib, ular О‘zbekistonda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, shakllangan qadriyatlar darajasi va kо‘lami bilan belgilanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‘tish vazifasi birdaniga hal bо‘lmaydi. Uning uchun ma’lum shart-sharoitlar yetilgan bо‘lishi lozim. Bular quyidagilardan iborat:
- jamiyat fuqarolarida eski tafakkur tarzini yо‘qotish, g‘oyaviy-ma’naviy boqimandalik hissini bartaraf etish;

  • kishilarda jamiyat hayotida sodir bо‘layotgan voqea va hodisalarga befarqlikni, jamiyatdan begonalashuv kayfiyatini bartaraf etish;

  • insonning siyosiy ongi va madaniyatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kо‘tarish, jamiyatda sodir bо‘layotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissini shakllantirish;

  • odamlarda о‘z-о‘zini boshqaruv organlarida, jamoat tashkilotlari, nodavlat muassasalarida erkin faoliyat kо‘rsatish kо‘nikmasini paydo qilish;

  • mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali demokratik jamiyat qurish mexanizmining huquqiy-qonuniy asoslarini yaratish;

  • davlat tuzilmalarining jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga kо‘r-kо‘rona aralashuv mexanizmini yо‘q qilish;

  • qonunlar ijrosini ta’minlash, mamlakatda qabul qilingan va amalda bо‘lgan meyoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Albatta, bular kuchli davlatdan kuchli jamiyatga о‘tishning barcha jihatlarini qamrab ololmaydi. Ammo, kuchli jamiyat yuqoridagi kabi holatlarning amaldagi ijrosisiz ham paydo bо‘lishi mumkin emas.
Siyosiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, hech shubhasiz, jamiyatni bosqichma-bosqich demokratlashtirish bilan bog‘liqdir. Ta’kidlash lozimki, О‘zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurilishining umumjahon e’tirof etgan о‘ziga xoya konsepsiyasi ishlab chiqilgan bо‘lib, unda ijtimoiy hayotning muhim hodisalaridan bо‘lgan demokratiyani yangicha talqin etish va tushunishga alohida e’tibor qaratilgan.
Umuman, demokratiyani tushunish va anglash, unga amal qilish shaxsdan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Siyosiy ongi va tafakkuri shakllanmagan insonning demokratiya talablariga javob berishi mumkin emas. Bundan tashqari, demokratiyaning о‘ziga xos xususiyatlari, uning har bir davlat va millat hayotida amal qilish tamoyillari ham mavjud.
Shu о‘rinda Sharqona demokratiya tо‘g‘risida ayrim fikrlarni aytish muhimdir, zero bunday demokratiya aslida demokratiya tushunchasining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu demokratiya Sharq mamlakatlari, asosan aholisining kо‘p qismi musulmon ma’naviyatidan bahra olgan hududlarga xos bо‘lgan demokratik qoidalar majmuining о‘ziga xos shakl va mazmunda namoyon bо‘lishidir. Sharqona demokratiya milliy bosiqlik, andisha, yoshi ulug‘larga hurmat, о‘zaro maslahat, har qanday keskin masalada ham tomonlarning kelishuvlariga asoslanadigan faoliyatdir. Ana shu xususiyatlari bilan ushbu ijtimoiy tushuncha G‘arb demokratiyasidan farq qiladi.
Ayni paytda sharqona demokratiya, siyosiy tartibsizliklar, bosh-boshdoqlik va mitingbozlikni milliy manfaatlarga zid deb qaraydi hamda jamiyat va davlatning ichki masalalari har qanday fundamentalistik va qurolli kuchlarga asoslangan harakatlarni qoralagan holda, о‘z faoliyatini о‘ziga xos madaniyat tamoyillari asosida yо‘lga qо‘yadi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə