O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Boshqa odamlar bilan xabarlashish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Boshqa odamlar bilan xabarlashish.
 
Xabarlarni jo‗natish va qabul qilishdan, aks aloqani ta‘minlashdan 
tashqari, murabbiyning ishi murabbiylar shtabi a‘zolari, ota-onalar, muxlislar, 
xakamlar va raqib jamoa murabbiylari bilan o‗zaro munosabatlarni o‗z ichiga 
oladi. Agar siz bu odamlar bilan samarali muloqotga kirisha olmasangiz, sizning 
karerangiz noxush va uzoqqa cho‗zilmaydi. 
Trenerlar shtabi.
 
Dastlabki mashg‗ulotni o‗tkazishdan oldin, murabbiylar shtabi bir yil 
oldinga uning har bir a‘zosi majburiyatlari va rolini muxokama qilish uchun 
yig‗ilishlari kerak. Murabbiylar sonidan kelib chiqib, ularning majburiyatlarini 
turlichi bo‗lish mumkin. Masalan, bitta murabbiy qo‗shpoyalarda va tayanib 
sakrashda gimnastikachilar bilan ishga javob beradi, boshqasi esa – 
yakkacho‗pga va erkin mashqlarga. Bosh murabbiy jamoa uchun asosiy 
javobgarlikni o‗z zimmasiga oladi, biroq yordamchi murabbiylar o‗z 
yo‗nalishida ish uchun kattaroq javobgarlikni olishi mumkin.
Mavsumoldi yig‗ilishda murabbiylar shtabi terminologiya, mashg‗ulotlar 
rejasi, musobaqalar kunini tashkil etish, mashg‗ulotlarda va turnirlarda muloqot 
usullari hamda tadbirlar jadvalini muxokama qilish kerak. Sizning shtabingiz 


23 
murabbiylari yagona frontda chiqishlari va bir ovozda gaplashishlari lozim. 
Ularning barchasi murabbiylikka o‗xshash qarashlarga ega bo‗lishlari va 
gimnastikachilar, ularning ota-onalari va bir birlari bilan o‗zaro munosabatda 
bo‗lish strotegiyasini o‗tkazishlari kerak. Kelishmovchiliklarni gimnastika 
zalidan tashqarida muxokama qilish va har bir murabbiy shtab a‘zolari bir 
to‗xtamga kelishlari uchun o‗z fiqrini ochiq bayon etishi kerak.
2
 
1.2.KIYIMLAR VA JIHOZLARDAN FOYDALANISH
QOIDALARI 
Gimnastikaning maqsadi juda oddiy: iloji borichi texnik xatolarga yo‗l 
qo‗yish va iloji boricha ko‗proq artistizmni namoyon etish bilan takomillashib 
har bir mashqni yoki chiqishni bajarish. Albatta, buni bajarishdan ko‗ra aytish 
ancha oson. 
Ayollar sport gimnastikachiningto‗rtta ko‗pkurash turlaridan va 
erkaklarni olti turidan har birida mashqlar soni yangi murabbiyga xaddan ziyod 
ko‗rinadi va u ehtimol avval sarosimaga tushib qoladi. Ushba gimnastikani 
asosiy qoidalariga kirish, bu sport turining barcha nozik tomonlarini ochibbera 
olmaydi, biroq sizga umumiy tasavvur bera oladi. Ushbu bobda umumiy 
ko‗rinish, snaryadlar, ekipirovka va kiyimlarni ham kiritib ayollar va erkaklar 
sport gimnastikasi asoslarini ko‗rib chiqamiz. Bundan tashqari, etiket (odob-
ahloq, tarbiya) va musobaqa qoidalari to‗xtalamiz, hikoyani xakamlik asoslari 
bilan yakunlaymiz.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə