32
Jaroxatlanishdan
qochishning
boshqa
usuli
– gimnastikachilar
shug‗ullanadigan ekipirovka va snaryadlarni muntazam tekshirish. Havf
manbayini yo‗qoting, tuzatishni ilojisi bo‗lmaganlar to‗g‗risida
xabar bering,
zarur bo‗lsa, ta‘mirlashni talab qiling. Agar sharoit havfli bo‗lsa, siz sportchiga
ta‘qib qilayotgan havfni kamaytirish usullarini toping, yoki havfsizlik
tiklanmaguncha mashg‗ulot yoki musobaqani to‗xtating.
Gimnastikada
qo‗llaniladigan forma kiyimlari, mashg‗ulot kostyumlari va himoya
ekipirovkalar sifati va holatini tekshirib jaroxatlanishni
oldini olishingiz
mumkin.
Mashg‗ulotlarni havfsiz qilish uchun quyidagilarni amalga oshirig.
Mashg‗ulotlar boshlanishidan ancha oldin gimnastika zaliga keling;
Mashg‗ulotlargacha mashqlar guruhi va vazifalarni topib qo‗ying.
Ombordan barcha zarur snaryadlar va jixozlarni chiqarib qo‗ying;
Jixozlar havfsiz joylashganiga ishonya hosil qilish uchun yana bir marta
tekshirib ko‗ring;
Murabbiy joyida etarli darajada o‗rgangan va tayyor bo‗lib
gimnastikachilarni qarshi olishiga amin bo‗ling;
Ekipirovkalarni, snaryadlarni va yordamchi jixozlarni qo‗llanilish
havfsizligi bo‗yicha ko‗rsatmalarni eslang;
Gimnastikachilarga havfsizlik qoidalariga hamda qo‗nish va qulash
texnikasiga nisbatan yo‗l-yo‗riq ko‗rsating
Dostları ilə paylaş: