29
Xizmat ko‗ylagi – polo, futbolka yoki mashg‗ulotlar uchun mayka eng
yaxshisi.
Sport usulida shim yoki shortlar (mos uzunlikda).
Tagligi kesilgan sportcha oyoq kiyim – mashg‗ulotlar
uchun eng
yaxshisi.
Agar sizning sochlaringiz uzun bo‗lsa, unda ularni yuzdan uzoqroqqa
maxkamlang.
Djinsilar,
keng kiyimlar, bandli molniyalar,
galstuklar va boshqa
aksessuralardan qoching.
YUvelir buyumlarini taqmaslikka harakat qiling,
ayniqsa osilib
turuvchi ziraklar,
zanjirlar, soatlar, brasletlar va uzuklar. Ular osongina
jihozlarga yoki gimnastlarga ilinib qolishi mumkin.
3
1.3.GIMNASTIKACHILAR HAVFSIZLIGINI TA‟MINLASH
Havfsizlik hamma narsadan oldin. Har qanday gimnastika murabbiyining
asosiy vazifasi sportchilar uchun havfsiz sharoitni ta‘minlashdan iborat.
Havsizlikni ta‘minlashning bosh omili – murabbiy va instruktorlarni nazariy va
amaliy tayyorgarligi. Havfsizlik borasida qayg‗urishbarcha dasturiy uslubiyatlar
va mashg‗ulotlarga tadbiq etilishi shart.
Hech bir murabbiy o‗zining sportchisi azoblanishini istamaydi.
Biroq
jaroxatlar sportning ajralmas qismi bo‗lib qolaveradi. Demak, siz jaroxatlanish
vaziyatlarida birinchi tez yordamni ko‗satishga tayyor bo‗lishigiz va o‗zingizni
asoslanmagan sud ishlaridan chegaralashingiz kerak.
YAxshiyamki, bu kabi
havflarni kamaytirish uchun murabbiylar ko‗p choralarni ko‗rishlari mumkin.
Bu bobda biz, jaroxatlanishni oldini olish, jaroxatlanish holatlarida ko‗riladigan
zarur choralar, birinchi yordam ko‗rsatish, murabbiyning yuridik majburyatlarini
bayon etamiz.
Dostları ilə paylaş: