30
Siz barcha jaroxatlanishlarni yo‗qata
olmaysiz, biroq gimnastikachiga
jaroxatsiz mashg‗ulotlarning eng yaxshi sharoitni beradigan choralarni
qo‗rishingiz mumkin. Quyidagi sohalarda sportchilar
uchun maksimal havfsiz
muhitni yaratish uchun nima qilish mumkin, ko‗rib chiqamiz:
Mavsumoldi tibbiy ko‗rik;
Jismoniy tayyorgarlik;
Bino va jihozlar inspeksiyasi;
Ajralmas havflar;
Atrof muhit sharoitlari.
MAVSUMOLDI TIBBIY KO„RIK
Gimnastika bilan shug‗ullanishdan oldin sportchilarga tibbiy ko‗rikdan
o‗tish tavsiya qilinadi. U tibbiy aralashishlar ehtimoli katta bo‗lgan sohasiga va
yoshlarni havf guruhidan aniqlashga qaratilgan bo‗lishi kerak.
JISMONIY TAYYORGARLIK
Gimnastikachilar o‗z darajalariga ko‗ra, etarlicha jismonan tayyor (yoki
tayyorlanish) bo‗lishlari kerak. Ular muvofiq kardiorespirator chidamkorlik va
mushak shakliga ega bo‗lishlar lozim.
Kardioresperator chidamkorlik – organizmni mushak qisqarishlari uchun
kislorod zaxirasini samarali qo‗llash qobilyati.
Sportchilar shakl olayotganda,
ularning tanasi mushaklarga kislorodni ancha samarali etkazib beradi va
karbonat angidrid va boshqa chiqindilarni chiqarib tashlaydi. Gohida gimnastika
juda katta zg‗riqishni talab qiladi. Tengdoshlariga nisbatan uncha baquvvat
bo‗lmagan yoshlar ortda qolmaslikka urinib tez-tez zo‗riqadilar, bu esa o‗z
navbatida,
engil bosh aylanishiga, ko‗ngil aynishiga, charchoq va
jaroxatlanishlarga olib kelishi mumkin.
SHuni
yodda tutishga harakat qiling, bolalar shug‗ullanishi, o‗qishi va
roxatlanishlari kerak. Demak, gimnastikachilar mashg‗ulotning har bir bekatida
faol, diqqatli va mashg‗ul bo‗lishlari kerak. Agar shunday bo‗lsa, ular mavsum
davomida mashg‗ulotlarda qatnashib kardioresperator chidamkorlikni ancha
yuqori darajasiga erishadilar. Biroq, past kardioresperator chidamkorlikka
31
ko‗proq ahamiyat berish va gimnastikachilarga shakl olishda ortiqcha harakatlar
qilishlariga ruxsat bermaslik kerak. Siz, o‗ta harsillagan ko‗rinishli
yoshlarga
jismoniy
tayyorgarlikni
yaxshilash
uchun
mashg‗ulotlardan tashqari
shug‗ullanishlarini (nazorat ostida) maslaxat bera olasizmi?
Mushaklar shakli kuch,
mushak chidamkorligi, quvvat, tezkorlik va
egiluvchanlikni o‗z ichiga oladi. Fitnesning bu turi jismoniy etuklik hamda
tayyorgarlikning turli usullariga bog‗liq. Sizning o‗quvchilaringiz
mushak
shaklida ko‗proq ancha katta tartibsizlikni namoyish qiladilar. To‗g‗ri shakldagi
gimnastikachilar kam jaroxatlanadilar, agar jaroxatlansalar, unda qoida bo‗yicha
ahamiyatsiz bo‗lishi mumkin. Jaroxatlanishdan keyin mushak shakli yaxshi
sportchilar tezroq tiklanadilar.
Dostları ilə paylaş: