27
qo‗shimcha tashlama va bog‗lanishlar va mashqlarga o‗rgatish uchun moslama
sifatida ko‗p vazifani bajaradi.
QO„SHILGAN MAT
.
Bitta qirrasi ikkinchisidan
yuqorida joylashgan
qo‗shilgan yuza bilan mat. Pona shaklidagi gilamcha sifatida ma‘lum.
Ko‗pincha do‗mbaloq oshishlarni o‗rgatishda gimnastikachilarga yordam berish
uchun qo‗llaniladi, boshqa ko‗pgina mashqlarda ham muhim ahamiyatga ega.
TRAPETSIYA.
Trapetsiya shaklida mat yoki bir nechta matlar,
odatda
yosh va boshlovchi gimnastikachilar bilan tayanib sakrashlarni o‗rgatish uchun
stol o‗rniga qo‗llaniladi. Bundan tashqari, murabbiy
uchun straxovka paytida
pomost sifatida yoki jihoz predmeti sifatida gimnastika zalida boshqa
mashg‗ulotlar uchun qo‗llanilishi mumkin.
STOYALKALAR.
Turnik yoki parallel qo‗shpoyalarni
aks ettirish
(imitatsiya) uchun mo‗ljallangan qurilma. Gorizontal turniklar (to‗sinlar) polga
yaqin joylashgan ustunlarga maxkamlanadi. Odatda
yosh gimnastikachilar
tomonidan yoki yordamchi mashqlar va mashg‗ulotlar uchun qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: