25
BALAND-PAST QO„SHPOYA.
YOg‗och
qoplamali fiberglasdan past
va baland poyalardan tashkil topgan. Poyalar bir-biriga parallel joylashgan,
biroq turli balandlikda. Gimnastikachilar bajarilishi
va murakkabligidan kelib
chiqib baholanadigan, oddiy siltanishlardan boshlanib,
to murakkab aylanishlar
va uchib o‗tishlargacha elementlarni bajaradilar. Qo‗shimcha dasturda
gimnastikachilar ikkala poyalarda mashq bajarishlari va ma‘lum
miqdorda
poyalarni almaytirishlari kerak.chiqish matga sakrab tushish bilan yakunlanadi.
Baland-past qo‗shpoya faqat ayollar turnirlaridagina qo‗llaniladi.
YAKKACHO„P.
Ayollar turnirlarida qo‗llaniladi. Snaryadning eni 10sm,
uzunligi 4,9mni tashkil etadi. YUmshoq zamshli yuzaga ega. Erdan ko‗tarilgan.
Gimnastikachilar barcha yo‗nalishlarda va turli balandlikda (yakkacho‗pga
yopishib va oyoqlar uchida tik turib) akrobatika,
xoreografiya va muvozanat
mashqlarini bajaradilar. CHiqish yakkacho‗p oxiridan yoki yonboshidan sakrab
tushish bilan yakunlanadi.
ERKIN MASHQLAR UCHUN GILAM.
12x12m maydon muhiti. Erkin
mashqlar uchun gilamlarning ko‗pchiligi minglab prujinachalar tashkil topgan
va qo‗pik qatlam bilan qoplangan silliq yuzani nazarda tutadi. Gimnastikachilar
akrobatik o‗tishlarni diagonal bo‗yicha bajaradilar.
Ayollar chiqishi
xoreografiya kombinatsiyalari va sakrash seriyalarini o‗z ichiga oladi. Bu
snaryad ham ayollar, ham erkaklar sport
gimnastikasida hamda sport
akrobatikasida ko‗llaniladi. Ayollar chiqishlari musiqa ostida o‗tadi.
Dostları ilə paylaş: