24
elementlarni bajarish yoki yuklamalarga bardosh
berish uchun hali yotarli
darajada rivojlanmagan. Bog‗cha yoshidagilar bilan mashqlar va mashg‗ulotlar
ketma-ketligi ularga jismoniy rivojlanish va musobaqa dasturiga tayyorgarlikda
yordam beradi.
SNARYADLAR VA EKIPIROVKA
Snaryad – termini, gimnastikachilar musobaqalashishiga yordam
beruvchi predmetni anglatadi. Odatda gimnastika zalidagi musobaqalarda
qo‗llanilmaydigan predmetni ekipirovka deyiladi. Snaryad na‘munasi – baland-
past qo‗shpoya. Trapetsiya kabi hilma-hil matlar va straxovka kamarlari
(belbog‗lari) ekipirovkaga tegishli.
Ehtimol,
sizning zalingizda eng yangi, eng zamonaviy gimnastika
snaryadlari turgandir. Balki sizning jamoangiz hali ham yaxshi holatda
saqlangan ancha eski snaryad va ekipirovkalardan foydalanar.
Har qanday
holatda ham siz sportchilarni gimnastikaning bazaviy usullariga o‗rgata olasiz.
Avvalo, mashg‗ulot va musobaqalar uchun joy xavfsizligiga, snaryadlar va
ekipirovkalar muntazam tekshirilishiga
va yaxshi holatda turganligiga,
mashg‗ulot zonasi to‗siqlardan holiligiga ishonch hosil qiling.
TAYANIB SAKRASH UCHUN STOL
.
Tachnib sakrash bo‗yicha
mashg‗ulotlar va musobaqalarda qo‗llaniladigan snaryad. Gimnastika yo‗lakdan
yugurib kelib, og‗ma prujinali ko‗prikdan depsinadi, so‗ng qo‗llar bilan stoldan.
Parvoz (uchish) vaqtida akrobatik elementlar (oddiy g‗ujanakdan, bir nechta
salto va vintlargacha) bajariladi. YUgurish uchun yo‗lak
chegarasi aniq
belgilangan – bu silliq, bir tekis qoplamalar bilan tor muhit. Tayanib sakrash
uchun stol ayollar kabi erkaklar turnirlarida ham qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: