26
elementlarini, kuch va muvozanat harakatlarini bajaradilar,
chiqishni matga
sakrab tushish bilan yakunlaydilar.
PARALLEL QO„SHPOYALAR
.
Nomidan kelib chiqib,
bir-biriga
parallel bir hil balandlikda joylashganbir hil o‗lchamli ikki yog‗och poyalardan
tashkil topgan. CHiqishlar siltanish elementlari, qo‗llarda statik tik turish, uchib
o‗tish va kuch harakatlaridan tashkil topgan. Matga sakrab tushish bilan
yakunlanadi. Bu snaryad sport gimnastikasi bo‗yicha
erkaklar turnirlarida
qo‗llaniladi.
TURNIK.
Erdan ko‗tarilgan bittalik (yakka) poya. Erkaklar turnirlarida
qo‗llaniladi. gimnastikachilar
siltanish elementlari, qo‗llarda tik turish,
aylanishlar, ushlashlarni almashtirish va saltolarni bajaradilar.
Matga sakrab
tushish bilan yakunlanadi.
Zalda standart gimnastika snaryadlariga qo‗shimcha, juda foydali boshqa
predmetlar va mashqlarni o‗rgatishni engillashtiruvchi jihozlar bo‗lishi
mumkin.foydali jihozlar quyidagilar bo‗lishi mumkin:
QO„NISH UCHUN MAT
.
Qattiq mat, qo‗nishni yumshoqlashtirish
uchun mo‗ljallangan. Bunday matlarni odatda
snaryad ostiga va atrofiga
tashlanadi. Qo‗nish uchun matlarning qalinligi 10sm.dan 20sm.gacha bo‗lishi
mumkin. E‘tibor bering, matlar tavsifi o‗zgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: