O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə46/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari.
Ilmiy-texnik taraqqiyot nafaqat aksariyat ishlab chiqarish soxasinigina texnologiyalashtiradi, balki u madaniyat, ta’lim soxalariga xam kirib bormoqda. Bugungi kunda informatsion axborot tibbiyot, ta’lim va boshqa texnologiyalar tugrisida fikr yuritish mumkin.


9-МАВЗУ. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Reja:



  1. Pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari.

  2. Maxsus fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiya turlari.

  3. Shaxsga yonaltirilgan ta’lim texnologiyalari: hamkorlik pedagogikasi, muammoli, interfaol, o‘yinli, tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari.

  4. Mutaxassilik fanlarini o‘qitish jarayoniga pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi.

Texnologizatsiyalash-bu ob’ektiv jarayon bulib, ta’lim evolutsiyasining yangi vazifalarini sifatli xal qilish uchun tayyorgarlik davri

Tarixan texnologiya tushunchasi texnik taraqqiyot bilan bogliq ravishda yuzaga kelgan va bu tushuncha san’at, xunar va fan xaqidagi ta’lmotga muvofiq keladi.


Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni xamda ularning ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lugat (M., 1989)da texnologiyaga shunday izox beriladi: 1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolarni qayta ishlash, tayyorlash xolati, xususiyati, shaqlining uzgarish metodlari yigindisi; 2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta’sir utkazish usullari tugrisidagi fan.
«Qomusiy lugat»da shunga yaqin izox beriladi, lekin uni birmuncha kengroq yoritadi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi xar tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika, kimyo, mexaniqa va boshqa qonuniyatlarini bajarish.»(M.,1979)
Texnologiya grekcha suz bulib, texnos- san’at, maxorat, logos- ta’limot degan ma’nolarni bildiradi.



Pedagogik texnologiya pedagogning talabalarga ta’sir qilishni tashkil etish buyicha kasbiy axamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taqlif etadi.

Xozirgi davr ta’lim texnologiyalari muammosi, pedagogik innovatsiya tajribalari ularni bir tizimga tushirish va aniqlashtirishni talab qiladi. oliy maktab oldida pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari, ularning tasnifi, mohiyatini ochib berish va o’quv jarayonining texnologikligi muammolarini ta’minlash masalasi turibdi.


Pedagogikaga oid adabiyotlar taxlili shuni kursatadiki, xozirgi davrda pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmdan mo’qituvchixkam urin egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lugatlari (tezaurus)dagi urni xali noma’lumligicha bo’lmay qolmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bulgan: u texnik vositalar xaqidagi ta’limot deb xamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan xolda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Xozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb xisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o’quv jarayonini loyihalash goyasini ilgari suradi, afsuski, pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari xaqida aniqlik yuq.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bulsa xam, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oraligidan urin egallamoqda.
N.F.Talizina xar bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni xaqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bulishi shart deb xisoblaydi. U fan va amaliyot oraligida tamoyillarni olga suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qullash kabi masalalar bilan shugullanuvchi aloxida fan bulishi kerak, deb xisoblaydi, ularsiz pedagogik jarayon asoslanmay qoladi (texnologiya real o’qitish jarayoni sifatida).
Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oraligidagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan boglaydilar.
Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jixozlash sifatida xam belgilanadi. Unda texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi.
Pedagogik texnologiya ta’lim istiqbolining jarayonlashtirilgan aspektidir.
o’qitish texnologiyasini belgilash – bu kasbiy faoliyat soxasidagi ta’limiy va takomillashish samarasini ta’minlovchi o’quv jarayonini me’yoriy boshqarib turishdir.
Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti tugrisida fikr yuritiladi: ilmiy, tavsifiy, amaliy.
Ilmiy aspektda o’qitishning maqsadi, mazmuni va metodlari ilmiy asoslanadi, pedagogik jarayon loyihalashtiriladi.
Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan o’qitish natijalariga erishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida algoritm jarayoni ishlab chiqiladi.
amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi.
XXI asrga qadam kuyish arafasida G.K.Selevko tomonidan PTga oid yirik metodologik asar - o’quv qo’llanma yaratildi va unda pedagogik texnologiyalar tasnifi keltiriladi. Olim PTlarni un ikki turga ajratadi:
1. Qo’llanish darajasi buyicha ( umumpedagogik; xususiy predmetli; lokalli, modulli, tor pedagogik).
2. Falsafiy asos buyicha (materializm, idealizm, dialektik, metofizik, insonparvar, noinsonparvar, antroposofiya, teosofiya, progmatizm, ekzistentsializm, stsionizm).
3. Ruxiy rivojlantirishning yetakchi omillari buyicha ( biogenli, sotsiogenli, psixogenli, idealistik).
4. o’zlashtirish kontseptsiyasi buyicha ( assotsativ - reflektorli, rivojlantiruvchi, bexevioristik, geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingvistik).
5. Shaxs tuzulmasiga yunaltirilganlik buyicha ( informatsion, operatsion, xayajonli - badiiy , xayajonli - axlokiy, o’z-o’zini rivojlantiriuvchi, evrestik va amaliy).
6. Mazmuni va tuzulish xarakteri buyicha (ta’limiy va tarbiyaviy, dunyoviy va dinniy, umumta’lim va kasbga yunaltirilgan, gumanitar va texnokratik, turlicha soxaviy texnologiyalar, xususiy predmetli xamda monotexnologiyalar, politexnologiyalar).
7. Tashkliy shaqllar buyicha ( sinf - dars, mukobilli, akademik, yakka tartibli, guruxli, jamoa bulib ukish usullari, tabakalashtirilgan ta’lim).
8. Bilish faolityatini tashkil etish va boshkarish turi buyicha ( ma’ruzali klassik o’qitish; audiovizualli texnik vositalar yordamida ukiish ; ”maslaxatchi tizim”; kitob yordamida o’qitish; “kichik gurux” tizimi ; kompyuterli o’qitish; “repetitor” tizimi; “dasturli ta’lim” - V.P.Bespalko).
9. Bolaga yondashish buyicha ( avtoritar, didaktotsentrik, shaxsga yunalgan texnologiyalar, xamkorlik texnologiyasi, erkin tarbilash texnolgiyasi, ezoterik texnologiyalar).
10. Ustuvor metodlar buyicha (reproduktiv, tushuntirish - kursatish, rivojlantiruvchi ta’lim, muammoli ta’lim, ijodiy; dasturli ta’lim, dialogli , o’yinli ta’lim, o’z-o’zini o’qitish ta’limi, informatsion ta’lim).
11. Mavjud an’anaviy tizimlarni yangilash yunalishlari buyicha (munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida; bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshkarish samaradorligi asosida; o’quv materiallarni metodik va didaktik rekonstruktsiyalash asosida; tabiatan monandlik, mukobillik texnologiyalari; mualliflik maktabining yagona texnologiyasi).
12. Taxsil oluvchilar toifasi buyicha ( ommaviy texnologiya, olga odimlovchi ta’lim, tuldiruvchi ; o’zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iktidorlilar bilan ishlash texnologiyalari).
Bu ta’snifni keltirishdan asosiy maqsad pedagoglarni utmishda qo’llanilgan, xozirgi kunda joriy etilayotgan va kelajak faoliyatda qo’llash mumkin bulgan texnologilar bilan tulik tanishtirishd
Ta’lim amaliyotiga nisbatan pedagogik texnologiyaning uch satxi belgilanadi: umumpedagogik, xususiy metodik, lokal (modul).
Umumpedagogik texnologiya yaxlit ta’lim jarayonni ifoda qiladi.
Xususiy metodik texnologiya bir fan doirasidagi o’quv -tarbiya jarayonini amalga oshirish metodlari va vositalaridan iborat bo’ladi.
Lokal (modul) texnologiya o’quv tarbiya jarayonining maxsus bo’limlariga texnologiyani tatbiq qilishni ifoda qiladi. Bu texnologiya xususiy didaktik va tarbiyaviy vazifalarni xal qilishga qaratiladi.
Pedagogikada o’qitish texnologiyalari bilan birga ta’limiy texnologiyalar xam o’rin olgan. Ta’limiy texnologiyalar mazmun-axborot aspektni bildirsa, o’qitish texnologiyasi jarayonga aloqador deb xisoblanadi, ya’ni ular orasida xali xam aniq farklar belgilanmagan.
Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishgashshk va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo’lishi lozim.
Kasbiy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlarning o’zlashtirilishini, xarakatlarning reflektivligani aks ettiradi va o’z kasbiy faoliyatini shakllantiradi.
Pedagogik texnologiya o’qituvchi va talaba faoliyati bilan belgilanadi. Faoliyatning bunday turlariga ko’ra pedagogik texnologiyaning tuzilmasi aniqlanadi.
Ishlab chiqarishda «texnologiya» so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə