O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə47/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Texnologik jarayon – ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.
Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita – ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik reja – texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Ushbu tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chadigan bo’lsak, o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko’rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi bo’yicha bunday ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa bo’ladi (B. Ziyomuhammedov).
Pedagogik texnologiya ijtimoiy zaruriyat bo’lganligidan dastavval AQIIIda 70-yillarda falsafaning bixiviorizm oqimi zaminida yuzaga kelib, boshqa rivojlangan mamlakatlarga tez tarqalib ketdi.
Er yuzi mamlakatlari ikki qarama-qarshi lagerga bo’linib, sovuq urush avjiga chiqqan davrda sotsializm tarafdorlari bu ijtimoiy hodisani mafkura nuqtai nazaridan tan olmay, ko’p yillar davomida uni ko’r-ko’rona inkor qilib kelishdi.
XX asr 90-yillarning boshida sotsializm nurab, unga a’zo bo’lgan davlatlar birin-ketin mustaqil bo’lganidan keyin, har jihatdan taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarga, shu jumladan O’zbekiston uchun ham, keng yo’l ochildi.
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o’rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg’or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatori jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg’ab oldi.
Keyingi yillarda Rossiya bilan O’zbekistonda pedagogik texnologiyani o’rganish yo’lida ancha ishlar qilindi. Pedagogik texnologiyaning hududga mos variantini yaratishga qo’l o’rgan Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH)ning peshqadam pedagog olimlariga tasannolar aytish bilan birgalikda, ular yo’l qo’yayotgan ba’zi kamchiliklarni aytib, ularni to’zatib o’tishni lozim ko’rdik. Chunki bu kamchiliklar pedagogik texnologiyaning mazmun va mohiyatini to’g’ri tushunishga halal bermoqda. Buning uchun MDHda shu yo’nalishda faoliyat ko’rsatayotgan pedagog olimlarning «pedagogik texnologiya» tushunchasiga bergan ta’riflarini hamda ular to’zib chiqqan pedagogik texnologiya loyihalarini tahlil qilib chiqamiz.
Pedagogik texnologiyaning o’quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDHga kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «PT – bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir».
Rossiya olimlaridan V.M. Monaxov: «PT – avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir», - degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi.
«PT – o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub’ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi”, - deydi V.M. Monaxov.
M.V. Klarin fikricha, PT – o’quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko’rsatgichlaridan kelib chiqib, o’quv jarayonini loyihalashdir.
I.Ya. Larnerning fikriga ko’ra, PT – o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi.
V.P.Bespalkoning o’zbekistonlik shogirtlaridan Nurali Sayidahmedov va Abdurahmon Ochilovlarning fikricha, PT – bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
O’zbekistonlik pedagog olim B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: «PT – ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini to’zib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadir».
Bu ta’riflarni o’zoq xorijda berilgan ta’riflar bilan solishtirib ko’rish uchun yapon pedagog olimi T. Sakomoto bergan ta’rifni keltiramiz. “PT, - deydi Sakomoto, - bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogika jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir».
Aynan tizmli yondashuv pedagogik texnologiyalarni o’qitishga boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar (V. Gushaeev, V. Slastenin, B. Lixachev, I. Volkov, M. Choshanov, Ch.Yudit va boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning birontasi YuNESKO ta’rifi drajasiga ko’tarila olmagan.
Birlashgan millatlar tashkilotining nufo’zli idoralaridan biri bo’lgan YuNESKOning ta’rifi bo’yicha, «PT – bu bilim berish va uni egallashda texnika va inson resurslarini o’zaro o’zviy bog’liq holda ko’rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda va amalda qo’llashda majmuli yondashuv usulidan foydalanishdir».
Keltirilgan ta’riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo’lsak, o’zoq xorijda berilgan ta’riflar bilan MDH mamlakatlari olimlarining bergan ta’riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko’ramiz. Jumladan, Sakomoto va YuNESKO ta’riflarida tizimli yondashuv tamoyiliga alohida urg’u berilgan. MDH olimlarining PT ga bergan ta’riflarida majmu yondashuv eslatib o’tilgani bilan, o’quv jarayonining loyihasini to’zishganda uni mutloq unutib, tizimli yondashuv tamoyilining qonun va qoidalariga sira ham amal qilishmaganini ko’ramiz.
Haqiqatda esa, ob’ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilini yaxshi bilgan kishiga Sakomoto aytganidek, «PT – o’quv jarayonini muayyan bir majmuga keltirishdir», degan tushuncha kifoya qiladi. Bu tushuncha orqali PT ning boshqa hamma xususiyatlarini, ya’ni maqsadga yo’naltirilganligini, bir necha o’zaro o’zviy bog’liq bo’lgan qismlardan tashkil topganligini va boshqalarni anglab olsa bo’ladi. Chunki bu xususiyatlarning hammasi, tizimlar nazariyasiga binoan, tizim deb nom olgan narsa va hodisalarning ajralmas sifatlaridir.
Undan tashqari, Rossiya va O’zbekiston olimlari «ta’rif» deb aytganlarining hammasi ham «ta’rif» maqomiga ega bo’lolmaydi. Ta’rif to’zishning o’z qonun-qoidalari, ya’ni ta’rif to’zish nazariyasi bor. Ta’rif ushbu nazariyadan kelib chiqib to’zilsa, u haqiqiy hisoblanadi. Biz tahlil qilgan ta’riflar esa, Sayidahmedov va Ochilovlarnikidan tashqari, pedagogik texnologiyaning u yoki bu xususiyatlarini ochib beruvchi yo uning tasnifini ifoda etuvchi tushunchalar yoki ularning omuxtalaridir.
Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so’zsiz, o’quv jarayoniga tizim sifatida yondashishdir. Bunda ta’lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o’zaro funktsional bog’liqda bo’lib, bir butunlikni, ya’ni pedagogik jarayon majmuini tashkil qiladi. Pedagogik jarayon majmuini muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya deyiladi.
O’zbekistonlik pedagog olim L.V. Golish ta’lim texnologiyasini texnik texnologiyadan kelib chiqqan holda uch xil atamasini ifodalab bergan:

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə