O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Maxsus (pedagogik) fanlarni o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanishning o’ziga xosliklari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə49/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Maxsus (pedagogik) fanlarni o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanishning o’ziga xosliklari.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib boromoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsan, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun oliy o’quv yurtlari va fakulьtetlarida malakali kasb egallarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’lik foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
- o’quvchi-talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
- o’quvchi-talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;
- o’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
- pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o’qituvchi va o’quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchi – talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, anna shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi-talabaning extiyojidan kelib chikkanholda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Maqasadni amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlagan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq.
O’qituvchi va o’quvchi-talabaning maqsadli natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi-talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, massalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim filьm, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’kituvchi va o’quvchi-talabaga bog’liq.
Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu darayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, TSOni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va extiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchi-talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’quvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bo’lishi, shuningdek, juda ko’p metodlar. Usullarni bilishi kerak bo’ladi. Xar bir darsni rang-barang, qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq.
Darsning texnologik kartasini qay ko’rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo’ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik karta qanday tuzilgan bo’lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo’lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o’z ifodasini topgan bo’lishi kerak. Texnologik kartani tuzilishi o’qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari o’z aksini topadi.
3. Maxsus fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiya turlari: shaxsga yonaltirilgan ta’lim texnologiyalari: hamkorlik pedagogikasi, muammoli, interfaol, o‘yinli, tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari.O’qitish jarayonida o’quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qullanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas’uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga pedagoga va o’zi tanlangan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilari haqida to’xtalib o’tamiz va ularni o’tkazish tartibi haqida qo’llanma beramiz. Ushbu metodik qo’llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchi-talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tankidiy, mustakil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, yetuk mutaxassis bo’lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
O’qitish jarayonida turli texnologiyalardan foydalanish mumkin. Bularga quyidagilar karadi.
«Aqliy hujum» metodi – o’qituvchi o’quvchi egallashi kerak bo’lgan mavzuni oddiydan – murakkabga tomon bosqichma bosqich loyihalab beradi.
«Tarmoklar» metodi – o’quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan.
«3Ch4» metodi – o’quvchi-talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan.
«Blits-o’yin» metodi – harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmeti asosida ko’p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o’rgatishga qaratilgan.
«Intervyu» texnikasi – o’quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to’g’ri javb berish, savolni to’g’ri tuzishni o’rgatishga qaratilgan.
«Ierarxiya» texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o’tish usullarini qo’llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatishga qaratilgan.
«Bumerang» texnikasi – o’quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
«Talaba» treningi – o’quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash o’qituvchi va talaba o’rtasidagi to’siqni yo’q qilish, hamkorlikda ishlash yo’llarini o’rgatishga qaratilgan.
«O’qituvchi shaxsi» treningi – o’qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talabalar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
«Muloqot» texnikasi o’qituvchilarni auditoriya diqqatini o’ziga jalb etish, dars jarayonidahamkorlikda faoliyat ko’rsatishga, uni tashkil etishni o’rgatishga qaratilgan.
«Boshqaruv» texnikasi o’qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda o’quvchi-talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o’rgatishga qaratilgan.
«Tarmoqlar» metodi (Klaster)
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadlashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
«Bumerang» texnologiyasi
Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriklarni bajarishi, navbat bilan o’quvchi yoki o’qituvchi rolida bo’lishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g’oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Ta’lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- xushfe’llik;
- ko’nikuvchanlik;
- o’zlarga fikriga hurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- o’z faoliyatining samarali bo’lishiga qiziqish;
- o’zini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar – bu savollar muomala, so’zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
Yopiq savollar – bu savollar oldindan «ha»yoki «yo’q» tipidagi to’g’ri, ochiq, javoblarni berishni ko’zda tutadi.
Ko’ndalang so’roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib, bu o’ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko’ndalang so’roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
«Skarabey» texnologiyasi
«Skarabey» interaktiv texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyatyaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
«Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:
- boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida («Aqliy hujum»);
- mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;
- oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
«Skarabey» texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- o’zgalar fikriga hurmat;
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- faollik;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish;
- imkoniyatlarini ko’rsatish ehtiyoji;
- o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
- «men»ligini ifodalashga imkon beradi;
- o’z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg’otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
- Assotsiatsiya – mantiqiy bog’liqlik bo’lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g’oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
- Ranjirlash (muayyan tartib) – ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.
«Veer» texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab, ko’ntarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o’rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo’yicha bir yo’la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o’z g’oyalari, fikrlarini yozma va og’zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
«Veer» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muxokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qantashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
«Veer» texnologiyasi mavzuni o’rganishning turli bosqichlarida qo’llanilishi mumkin:
- boshida: o’z bilimlarini erkin faollashtirish;
- mavzuni o’rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish;
- yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat – ijobiy sifat.
Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo’yicha dalildan natijaga kelish.
Ta’limdan tashqari «Elpig’ich» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa, guruhlarda ishlash mahorati;
- muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati;
- murosali qarorlarni topa olish mahorati;
- o’zgalar fikriga hurmat;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish;
- faollik;
- muammoga diqqatini jamlay olish mahorati.
Aqliy hujum
Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo’llaniladigan, ko’plab g’oyalarni ishlab chiqish mumkin bo’lgan metoddir. Bu haqiqatan ham talabalarning o’quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g’oyalarni bayon qilish chog’ida boshqalarni ham qizg’in ishga yo’llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag’batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g’oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o’ziga tortib oladi.
O’qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o’quv faolligi 5-10 daqiqa oralig’idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi.
Aqliy hujum turli tarzda qo’llanishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun, yangi savol qo’yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun.

Asosiy qoidalari quyidagilar:
1. Aytilayotgan barcha g’oyalar bir-biriga nisbatan muhimlikda tengdir.
2. Kiritilayotgan g’larga nisbatan tanqidning mavjud emas.
3. G’oyani taqdim etayotgan paytda so’zlovchining gapini bo’lmaslik.
4. So’zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.

Metodni ishlatishga kirishmoq

1-metod – guruhning barcha ishtirokchilariga bir mavzu va bir savol qo’yiladi.
1. O’qituvchi o’quv jarayonida tashabbusni o’z qo’liga shunday tarzda oladi: u auditoriyadagi barcha talabalarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga daxldor barcha mumkin bo’lgan fikrlarni aytishni so’raydi.
2. Barcha, hatto, axmoqona g’oyalarni ham aytishga ruxsat beriladi. Aytilayotgan fikrlar ichida birgina asosiy mavzu saqlanib qolishi shart.
3. Birortasining ham fikri sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi.
4. Asosiy fikrlarni o’qituvchi flip-karta, doskaga yozib oladi yoki ekranda ko’rsatadi.
5. Aqliy hujum tugagach, barcha g’oyalar to’planishi, guruhlarga ajratilishi yoki kategoriyalarga bo’linishi mumkin.

2-metod – barcha mavzu va savollar umumiy yo’nalishi saqlangan holda katta guruh tarkibidagi guruhchalarga takdim etiladi.
1. O’qituvchi umumiy mavzu bo’yicha bir necha, balki 4-6ta savol tayyorlashi mumkin.
2. Katta guruh kichik guruhchalarga ajratiladi va har bir guruhchaga aqliy hujum o’tkazish uchun alohida savol beriladi.
3. Har bir guruhcha aqliy hujum mahsulotini yozib olish uchun bittadan kishi ajratadi, keyinchalik, jarayon tugashi bilan uni guruhning barcha a’zolariga taqdim etadi.
4. G’oyalar har bir guruhcha tomonidan katta sahifaga markerdan foydalanib yozib olinishi mumkin. Shunday sahifa – plakatning yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qo’yiladi. Sahifa – plakat jarayonning oxirida har bir xohlovchi nima yozilgan va jamlanganligini ko’rishi uchun osib qo’yiladi.
5. Aqliy hujumning bu metodi vaqtning qisqacha davrida bir savolning bir necha jihati ishlab chiqilishi zarur bo’lgan joyda, ayniqsa, foydalidir.
6. O’qituvchi rahbar-yordamchi sifatida harakat qiladi va bir guruhdan ikkinchi guruhga aqliy hujum amalga oshirilayotgan paytda o’tib turadi.

Muhim g’oyalar aqliy hujum paytida ishlab chiqilgan bo’lishi va munozaralarda muhokama etilgan bo’lishi kerak.
FSMU texnologiyasi
Trening xaqida tushuncha
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni xal etishda, baxs-munozaralar o’tkazishda yoki o’quv – seminarii yakunida (tinglovchilarning o’quv-seminari xaqidagi fikrlarini bilish maqsadida), yoki o’quv rejasi asosida biron bo’lim o’rganib bo’lingach qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan qatorda o’quvchi-talabalarni, o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.
Maqsad. Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikralrini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.


FSMU texnologiyasi
(F) – fikringizni bayon eting.
(S) – fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating.
(M) – ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring.
(U) – fikringizni umumlashtiring.
Qarorlar shajarasi. Muammo qo’yiladi.
Talabalar, o’quvchilar 3, 4, 5 guruhga bo’linadilar. Topshiriq topshiriladi, guruhlar qatorlari muhokama qilinib, yakuniy xulosa chiqariladi.
Muz yorish. Talabalar, o’quvchilar orasidagi notanish ish, noqulay ishni yo’qotish maqsadida guruh, sinf kichik guruhlarga bo’linib o’zlari haqida gapirib berish taklif qilinadi. Shu bilan yaxshi muloqot o’zaro hakamlikka sharoit yaratiladi. Yoki biror noma’lum narsa haqida o’z bilganlari bilan ham – korlashib to’g’ri xulosa qilinadi.
O’qitishning samaradorligini oshirishda o’quv jarayonida «Blits o’yin», «Chorraha», «Muomala texnologiyasi», turli ish o’yinlari texnologiyasi kabilardan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Agar men … bo’lsam», «Men shunday qilgan bo’lardim» kabilar.
Yuqorida misol tariqasida keltirilgan ushbu zamonaviy metodlar, treninglarda qo’llanilgan texnologiyalar o’quvchi-talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga yordam beradi.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə