O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə20/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Asbotsement buyumlar ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yillikdan buyon qo‘llanilib kelinmoqda. Asbotsement detallar engil, suv o‘tkazmaydigan, olovbardosh va uzoq muddatga jidaydigan bo‘lib, ulardan buyumlar tayyorlash uchun katta mehnat sarfi va ko‘p mablag‘ talab qilinmaydi. Asbotsementdan tayyorlangan tashqi devor panellari temirbetondan tayyorlangan xuddi shunday konstruksiyalardan 5 marta engildir.
Asbotsement sanoatining asosiy vazifasi - yirik o‘lchamli (uzunligi 3 metr va undan yuqori bo‘lgan) zichlangan yassi va to‘lqinsimon tom yopmalari (shifer) ishlab chiqarish hajmini ancha oshirish, asbotsement panellar va plitalar hamda rangli asbotsement tom yopmalari ishlab chiqarishni tashkil etishdan iboratdir.
Asbotsement konstruksiyalar qishloq qurilishida ham keng qo‘llanilmoqda.
Yog„och konstruksiyalar mamlakatning o‘rmonli hududlarida, yuklarni tashishda uzoq qishloqlarda qurilish ob’yektlarini tiklashda, kimyoviy agressiv muhitga ega bo‘lgan sanoat binolarini barpo etishda, ko‘prikli o‘tish joylar, tomosha va ko‘rgazma zallar, sport inshootlari, yopiq bozorlar va pavilonlarni qurishda keng ko ‘lamda qo ‘ llanadi.
Fan va texnologiya taraqqiyoti zamonaviy darajasi yog‘och konstruksiyalarning yuqori konstruktiv sifati, ularning massasini kamaytirish, kimyoviy bardoshligini oshirish, umrboqiyligi (uzoq muddutga chidamliligi) va olov bardoshligini ta’minlash imkonini beradi.
Elimlab tayyorlanadigan yog‘och konstruksiyalardan foydalanish yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Qishloq ishlab chiqarish qurilishida bu konstruksiyalar arkali, balkali va ramali konstruksiyalar, to‘suvchi konstruksiyalarni o‘rnatish uchun foydalaniladigan yig‘ma panellar sifatida qo‘llaniladi. Sanoat qurilishida oralig‘i 12 - 18 metr bo‘lgan elimlab tayyorlanadigan va faneralarni elimlash orqali yasaladigan to‘sinlar, 25 - 30 metr oraliqli arkalar va faneralarni elimlash orqali tayyorlanadigan panellar binolarning to‘suvchi konstruksiyalari uchun samarali qo‘llaniladi. Jamoat binolari va sport - tomosha inshootlarini yopishda katta oraliqli arkali konstruksiyalardan foydalanish yuqori samarador va keng istiqbolga egadir. YOg‘ochdan ishlanadigan tom yopmalar temirbeton tom yopmalaridan 5 marta engildir. YOg‘och tom yopmalari narxi temirbeton tom yopmalari narxidan 30- 40%ga arzon bo‘ladi.
Pardozlash materiallari. Keyingi yillarda pardozlash ishlarini industdirlash sohasida shaxdam qadamlar qo‘yildi - sintetik materiallar asosidagi o‘ramli va plitka materiallar keng qo‘llanilmoqda, yog‘och qipiqlaridan tayyorlangan va yog‘och tolali plitalar ham keng tadbiq qilina boshlandi.
Plitalar va o‘ramli materiallarning qurilishga tadbiq etilishi pardozlash ishlari sifatini yaxshiladi va pardozlash ishlari xarakterini tubdan o‘zgartirdi. Pollarni qoplash, devorlarni pardozlash, pardevorlar uchun bu materiallardan foydalanish binolarni montaj qilish metodlari va montajdan keyingi hamda pardozlash ishlari oarasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etdi.
O‘sib borayotgan hajmga ega bo‘lgan yig‘ma konstruksiyalarni chiqarish ko‘plab qurilayotgan ob’yektlarda yig‘ma qurilishga o‘tish, mashinalar yordamida bino va inshootlarni tayyor konstruksiyalardan tiklash imkonini berdi. Qurilish maydonlari asta-sekinlik bilan konveyerli qurilish maydoniga aylanmoqda, ularda zavodlarda yuqori darajada tayyorlangan yirik o‘lchamli tugunlar va detallarning montaj qilinishi orqali binolar va inshootlar tiklanadi. Texnologikligi bo‘yicha qurilish yanada katta mavqeda yirik sanoat korxonalari bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘lmoqda.
Tayanch iboralar: Loyiha. Tannarx. Smeta. Muammoli izlanishlar. Biznes-reja. texnik-iqtisodiy asos. Loyihalash topshirig‘i. Injenerlik qidiruv ishlari. texnik loyiha. ishchi chizma. texnik-ishchi loyiha.
Nazorat uchun savollar:

  1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari nimalardan iborat.

  2. Loyihalash bosqichlari va loyihalashtirish hujjatlarini mazmunini tushuntirib bering.

  3. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash uslublarini ayting.

  4. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat.

  1. MAVZU: INVESTITSION-QURILISH FAOLIYATINING DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI

Reja:

    1. Boshqaruv ob’yektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida.

    2. Qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlari.

    3. Qurilishni boshqarish zamonaviy tizimi va organlari.

    4. Pudrat tashkilotlari va firmalari - qurilishni boshqarishdagi asosiy bo‘g‘inlar.

  1. Boshqaruv ob’yektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan

jarayon sifatida
Jamiyat paydo bo‘lgandan buyon va sivilizatsilashgan darajaga o‘tgandan beri iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot tizimiga, shu jumladan materiallarni va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga tayangan holda rivojlangan. Odamlar jamoasidan farqli o‘laroq tabiat ham, texnika ham, ongli jarayonni boshqarish bo‘yicha hech qanday ish olib borolmaydi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə