O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə21/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Demak boshqaruv - bu chuqur tahlilni, ishlanmalarni va ma’lum maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yishga qaratilgan, makon va zamonda to‘xtovsiz amalga oshiriladigan maqsadga yo‘naltirilgan jarayondir. Lekin boshqaruv biror narsa yoki birov tomonidan boshqarilsagina vujudga keladi. Bu asnoda boshqarish haqidagi fan, boshqaruv sub’ekti va ob’yekti tushunchasini kiritadi.
Boshqaruv sub’ekti - bu jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lib, hukumat organlari tomonidan va amaldagi qonunchilik bo‘yicha berilgan vakolatlar bo‘yicha ta’sir o‘tkazish imkonitiga ega bo‘ladi.
Boshqaruv ob’yekti - bu boshqaruv sub’ektining ta’sir o‘tkazish (boshqaruv ta’siri) ob’yekti bo‘lib, huquqiy va jismoniy shaxslar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, ishlab chiqarish va xo‘jalik tizimlari boshqaruv ob’yekti bo‘la oladi.
Menejment, boshqaruv sub’ekti va ob’yektisiz, ham fan sifatida, ham xo‘jalik amaliyotida o‘zining mazmuni va mohiyatini yo‘qotadi.Boshqarish jarayoni, qaysi darajada bo‘lmasin davriy va bir vaqtning o‘zida uzluksiz hisoblanadi. Uzluksizlik bir vaqtning o‘zida va ketma-ket amalga oshiriladigan ko‘plab sikllarni bajarishda vujudga keladi. Boshqarish sikli maqsadlarni ishlab chiqishdan boshlanadi va ularga erishish bilan yakunlanadi. Bunday siklning asosiy bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:

  • maqsadlarni rejalashtirish;

  • qabul qilingan qarorlarni yoki maqsadli funksiyalarni tartibga solish;

  • erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash;

  • yangi boshqaruv qarorlarini tanlab olish va belgilab olish.

Bu hamma sikllar uchun asosiy bo‘lib boshqarish ta’siri hisoblanadi. Aynan ta’sir qilish - boshqaruvning asosidir. Ta’sir qilish, ya’ni boshqaruv ta’sirini o‘tkazish samarali bo‘lishi uchun quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish lozim:

  1. Boshqaruvchi yoki boshqariluvchi tizimlar singari boshqaruv ob’yekti va sub’ekti o‘zaro bir-biriga sabab-oqibat munosabatlari orqali bog‘liq bo‘lishi kerak.

  2. Boshqarayotgan tizimda boshqarish maqsadi aniq bo‘lish kerak. Boshqarayotgan tizim boshqarish ob’yektining holati haqidagi axborotlarni - faoliyat natijalari, muhitning o‘zgarishi kabilarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

  3. Boshqarish ob’yekti boshqarish ta’sirlarni qabul qila olish, o‘zlashtirish va qo‘yilgan vazifani mazmuniga mos ravishda bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak.

Boshqarish normasida, odatda, boshqarish samaradorligini ta’minlash sharti bilan bitta rahbar yoki boshqaruv organiga bo‘ysunadigan ishlovchilar yoki bo‘linmalar soni belgilanadi.
Bu qonuniyatlardan bir qator oqibatlar kelib chiqadi.

  1. Oddiy boshqaruv organlari yordamida murakkab ob’yektlarni boshqarish mumkin emas.

  2. Boshqaruv samaradorligi boshqarish apparati xodimlari miqdoriga bog‘liq bo‘lar ekan, boshqaruv xizmatining optimal miqdoriga erirish lozim.

  3. Ishlab chiqarishni boshqarishning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv darajalarining ratsional tabaqalashuviga erishishi kerak.

Ohirgisi quyidagi sxema tarzida ko‘rish mumkin. Qurilish boshqa moddiy ishlab chiqarish sohalar kabi dinamik (o‘zgaruvchan) va ochiq tizim bo‘lib, tashqi muhit bilan, ya’ni har xil sohadagi korxonalar va tashkilotlar bilan yakuniy qurilish tovarlari yaratilishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aloqaga kirishuvchi tizimdir. Bu esa o‘z navbatida bir qator qonuniyatlarga rioya etishni talab qiladi.
Bular qatoriga qo‘yidagilarni kiritsa bo‘ladi:

  1. boshqaruvning ob’yektivligi ya’ni boshqaruv ta’siri insonlarning irodasi va tafakkuridan qat’iy nazar namoyon bo‘ladi.

  2. boshqaruvning zaruriyligi - sabab-oqibat munosabatlarining vujudga kelishi. Bunda bir hodisaning o‘zgarishi boshqa bir hodisaning o‘zgarishini kelirib chiqarishi mumkin yoki keltirib chiqaradi.

v) Boshqarish jarayonida boshqarish ta’sirining vazifasi.
g) Boshqarish qonuni, tabiat, jamiyat va ong rivojlanish qonuni bilan mosligi.
Boshqarishning ob’yektiv zarurligi mavqe teoriyasi kabi va xo‘jalik amaliyotida ham albatta belgilangan qonuniyatlarni, shartlarni, sub’ekt bilan oyu’ekt boshqarishning o‘zaro nisbatlari ramkalar bilan chegaralab qo‘yish mumkin emas.
Boshqarish fan kabi ko‘p aspektlarni o‘z ichiga oladi:

  • Tashkilot boshqarmasi va ish boshqarmasi.

  • Texnologiya boshqarmasi ya’ni informatsion ta’minlash boshqarmasi va qarorlarning qabulqilinishi.

  • Kadrlar boshqarmasi metodlari va boshqarish usuli.

  • Ishlab chiqarilayotgan tovar sifatining boshqarmasi.

  • Loyiha tizim boshqarmasi va h.k.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bu jihatlar har bir soha bo‘yicha o‘zgarishga uchrashi yoki yechim usullariga ega bo‘lishi mumkin. Va bu tomondan qurilishni boshqarish undagi boshqarish maqsad funksiyalari umumjamiyat ishlab chiqarishini boshqarishdagilari bilan bir xil bo‘lsada, boshqa sohalardan o‘zining ixtisoslashishi va birinchi navbatda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatlaridan kelib chiqib sezilarli darajada farq qiladi.

  1. Qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlari

Oldin aytib o‘tishgandek, qurilish - bu dinamik sistema. Bu sistemaning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi ham ichki imkoniyatlar va resurslarga, ham tashqi muhitga bog‘liq. Amaliyotda tashqi muhit va avvalambor qurilish tashkilotlarining buyurtmasilar mablag‘lariga bog‘liqligi tizim sifatida boshqarish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida, ko‘pincha qurilishdagi boshqarish maqsad funksiyalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi v ko‘p hollarda boshqarishning oldindan berilgan parametrlariga ma’lum o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi. Lekin bu bilan maqsad funksiyalari o‘zgarmaydi. Tabiiyki, maqsad va vazifalarsiz boshqarish bo‘lmaydi. Boshqarish, doim fan xususiyatlariga ega bo‘ladi.
Bundan kelib chiqib, boshqarish maqsadi deganda, nafaqat qurilish balki, bugun jamoat amaliyotida, erishilishi zarur bo‘lgan qandaydir ideal, oldindan berilgan natijani tushunish kerak. Qurilishda - bu ob’yektni ekspluatatsiyaga berish, uni buyurtmachi (investor)ga topshirish va ko‘zlangan foydani olish. Bu maqsad esa biz hohlaganimizdek oson, tez va muammolarsiz ham bo‘lmaydi. Qurilishda boshqarish ko‘p maqsadli xususiyatga ega bo‘ladi.
Har bir maqsadga ma’lum talablar qo‘yiladi, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Maqsadning ilmiy va amaliy asoslanganligi;

  • Maqsadning aniqlanganligi, ifodalanganligi va yo‘naltirilganligi;

  • Amalga oshirish imkoniyatlari va sharoitlarini hisobga olinishi, ya’ni qo‘yilgan maqsad amalga oshiriligi darajasi.

Amaliyotda qo‘yilgan maqsad uni bajarish usullari sifatida namoyon bo‘ladigan masalalar bilan aniqlashtiriladi. SHuning uchun boshqaruv yechimlarini aniqlashda maqsad va masalalar yonma-yon keladi, bir birini to‘ldiradi. O‘z mohiyatiga ko‘ra esa masala (masalalar) - bu echilishi kerak bo‘lgan masalalar, shuningdek bu yechim uchun zarur bo‘lgan sharoitlar to‘plamidir.
Qurilishda boshqarishning asosiy masalalari quyidagilar:

  • Ilmiy-texnik progressni tezlashtirish va ishlab chiqarishga mahalliy va xorijiy qurilish amaliyotining zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish;

  • Mashina texnikasi va zamonaviy texnologiyalarni kkeng qo‘llash va shu asosda qurilishda qo‘l mehnati hissasini qisqartirish;

  • qurilayotgan binolar industrial darajasini oshirish, ular sifatini oshirish va qurilish muddatlarini qisqartirish;

  • resurslar tejamkorligini ta’minlash va har qanday yo‘qotish va noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;

  • kapital qurilishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash.

Boshqarish maqsad va masalalardan uning vazifalarini farqlash kerak.
Boshqarish vazifalari boshqarish mexnizmining taqsimlanishi jarayonidagi boshqarish faoliyati turlaridan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, boshqarish, tizim sifatida, faqat boshqarish vazifalari bajarilgan holdagina muvaffaqiyatli amal qiladi.
Ilmiy tasniflashga muvofiq qurilishdagi boshqarish vazifalariga quyidagilar
kiradi:

  1. Rejalashtirish q qurilish ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadi va masalalari tizimini aniqlab olish;

  2. Prognozlashtirish - qurilish amal faoliyati va rivojlanishning ehtimoliy maqsadlarini aniqlash;

  3. Tartiblash - qurilish sanoati korxonalari va tashkilotlari faoliyatidagi chetlanishlarni yo ‘ qotish j arayoni;

  4. Tashkillashtirish - boshqaruvchi va boshqariluvchi tizim elementlarini asoslash va tanlab olish, shuningdek ular orasida mutanosiblikni o‘rnatish;

  5. Nazorat - faoliyatning joriy ko‘rsatkichlari va o‘rganilgan masala va dasturlarning mos kelish darajasini aniqlash;

  6. Hisob va tahlil - ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, xulosalar chiqarish va ishlab chiqarish tizimi faoliyatini baholash.

  7. Ijobiy yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash.

Yuqoridagi umumiy vazifalardan tashqari qurilishda ishlab chiqarish sikllari, qurilish jarayonlari, yo‘nalganligi - faoliyat ko‘rsatish va perspektiv rivojlanishga qaratilgan, aloqalar - ichki va tashqi va boshqa qurilishni boshqarishning maxsus funksiyalari umumiylarini to‘ldiradi va rivojlantiradi.

  1. Qurilishni boshqarish zamonaviy tizimi va organlari

Tizim - bu bir butunlikni tashkil qiladiki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning tartiblangan kompleksidir. Bunda tizim uning elementlarida bo‘lmagan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ma’lumki, qurilish bu tarkibida doimiy o‘zgarishlar va bir kanatdan boshqasiga o‘tishlar bo‘lib turadigan dinamik ishlab chiqarish tizimidir. Qurilishning dasturiy masalalarini echish bilan bog‘liqlikda boruvchi bu o‘zgarishlarni hisobga olish va ularga to‘g‘ri munosabat bildirish o‘zida boshqarish jarayonining tashkiliy mazmunini ifodalaydi.
Boshqa tarmoqlarda bo‘lganidek qurilishda ham boshqarish tizimi ishlab chiqarishning normal borishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha vazifalarni to‘lig‘icha amalga oshirgan holdagina tizim bo‘la oladi. Buning uchun u yoki bu vazifalarni bajarish yuklatiladigan bo‘limlar va ma’sul shaxslarga ma’lum vakolat va ma’sulyatlar berilishi kerak. Ba’zi bir vazifalarni uno‘tish yoki to‘liq amalga oshirmaslik va, ayniqsa, ma’suliyatsizlik boshqarishning tizim sifatida samaradorligining tushishiga olib keladi. Tizim boshqarish ob’yektiga samarali ta’sir ko‘rsata olishi uchun etarli boshqarish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan birga sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga o‘z vaqtida munosabat ko‘rsatishni ta’minlovchi boshqaruv tizimi moslashuvchanligini ta’minlash zarur.
Boshqarish tizimi va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Barcha vazifalarni to‘liq, qamrab olish va ularning bosqichlar, bo‘limlar va vazifalar bo‘yicha optimal taqsimlanishi.

  2. Boshqarishning har bir bosqichida har bir bo‘lim va ma’sul shaxsga ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun kerakli bo‘lgan vakolatlarni ajratish.

  3. Vazifa yoki ma’suliyatli burchlarni bajarishni ta’minlash uchun qat’iy javobgarlikni o‘rnatish;

  4. Boshqaruvchanlikni ta’minlash.

  5. Yokkaboshlik va buyruq berishning ahamiyati prinsiplariga rioya qilish.

  6. Boshqaruv xarajatlaridagi mutanosiblik, moslashuvchanlik, tejamkorlik va o‘z-o‘zini tashkil etish.

Keltirilgan talablar ichida eng asosiysi - bu boshqaruv tizimi tejamkorligi va faoliyatchanligidir. Bu hozirgi xo‘jalikning bozor sharoitlarida ishlab chiqarishni xodimlarning minimal miqdori va boshqaruvning minimal sarf-xarajatlarida samarali boshqarishda namoyon bo‘ladi. Bunda boshqaruv xodimlari va xarajatlarini xaddan tashqari oshirib yuborish ham, kamaytirib yuborish ham noto‘g‘ri bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 2 apreldagi —Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-sonli Farmoni va 2018 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-3646-sonli Qaroriga muvofiq islohotlar na faqat kapital qurilishda, balki mamlakatning qurilish tarmog‘iga xizmat qiluvchi boshqa tarmoq va sohalarda ham amalga oshirilmoqda.
Arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishning muhim sharti hisoblanadi.
Shu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi sub’ektlarning innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi. Xususan:
birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlari belgilanmagan;
ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini to‘liq kuzatib borishni ta’minlash, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti;
uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligini ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan, ko‘pchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma ob’yektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta o‘ylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab bo‘lmoqda;
beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash e’tiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ob’yektlarni qurish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi;
yettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli investitsion loyihalarni, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklikdan foydalanishga etarlicha e’tibor berilmayapti;
sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali ro‘yobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy rag‘batlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda.
Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017

  • 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etildi va quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:

  • shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;

  • respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;

  • shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

  • loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;

  • shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;

  • arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish.

Vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 81 nafar etib belgilandi. Hududiy bo‘linmalarda esa 796 kishi ishlaydi.
Idora litsenziyalovchi organga aylanadi. Buning uchun Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tugatildi. Litsenziyalar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda beriladi. Litsenziyalash jarayoni soddalashtiriladi: aniq va to‘liq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutiladi, ularga rioya etilishini nazorat qilinadi va moddiy javobgarlik belgilanadi, shuningdek litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish mexanizmi takomillashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini o‘rganish ushbu sohasida islohotlarni jadal amalga oshirishga va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar borligini ko‘rsatdi.
Shaharsozlikni texnik tartibga solishning bozor vositalarini joriy etishga etarlicha e’tibor berilmayapti, qurilish sohasida katta miqdorda davlat ma’muriy- boshqaruv va nazorat funksiyalari saqlanib qolmoqda.
Ob’yektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalashning mavjud ko‘rsatma beruvchi usuli innovatsion loyihaviy yechimlar va yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni qo‘llashga to‘sqinlik qilmoqda, ichki va xorijiy investitsiyalarni qurilish sohasiga jalb qilishni sekinlashtirmoqda.





6.1-diagramma. O„zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tashkiliy
tuzilmasi.


Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qo‘llab-quvvatlash va joriy etish sohasida kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi mavjud emas.
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmog‘i kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida:

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

  1. 2018 yil 1 dekabrdan boshlab:

barcha qurilish ob’yektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish majburiydir, qurilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan ob’yektlar bundan mustasno;
qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, davlat xaridlari sub’ektlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish bundan mustasno;
pudrat tashkilotlari va loyiha tashkilotlari o‘rtasida konsorsium tashkil etish hamda konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun solidar javobgarlikni yuklash orqali «fast-track» usuli (bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan «tayyor holda topshirish» shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida loyihalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi;

  1. 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

loyihalash va qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning vakolatli organlari, tashkilotlari, jamiyatlari va birlashmalari tomonidan berilgan sertifikatlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar (litsenziyalar) tan olinadi;
qurilish uchun yer uchastkalarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri ajratilishi hamda qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan bosh rejaga yoki yer uchastkalarini joylashtirish sxemalariga (bosh reja mavjud bo‘lmaganda) bog‘lamasdan amalga oshirilishi uchun tegishli hokimlarning shaxsiy javobgarligi belgilanadi;
qurilish uchun yer uchastkalari o‘z vaqtida ajratilmasligi yoki noto‘g‘ri ajratilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlar mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan, keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish orqali qoplanadi;
milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish faqat tanlov asosida amalga oshiriladi;
milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqishda, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar milliy va xorijiy yuridik shaxslar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek shu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishga haqli;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi;
qurilish normalari va qoidalari har tomonlama ekspertizadan o‘tkazish natijalari asosida Qurilish vazirligining qarori bilan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qurilish standartlari, texnik reglamentlar, qurilish normalari va qoidalarining yagona katalogini yuritish, rasmiy veb-saytida e’lon qilish va yangilab borish orqali katalogdan bemalol foydalanishni ta’minlash «O‘zstandart» agentligiga yuklanadi; v) 2019 yil 1 martdan boshlab:
malakaga ega bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy bo‘lgan qurilish sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlash O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi;
loyihalash faoliyatini amalga oshirishga shtatida tegishli sertifikatga ega va doimiy asosda ishlaydigan kamida ikki nafar muhandis mavjud bo‘lgan yoxud O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi a’zosi bo‘lgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi;
ob’yektlarni qurishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazorat majburiydir hamda tegishli ravishda loyiha muallifi va buyurtmachi tomonidan yoki sertifikatga ega ekspert jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
qurilayotgan ob’yektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruv faqat belgilangan tartibda sertifikat olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
g) 2020 yil 1 yanvardan boshlab uy-joy qurilishi ob’yektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya- tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi, shuningdek, ular foydalanishga qabul qilinishidan avval energetik audit pasportini olishi kerak, BREEAM (binolar samaradorligini ekologik baholash usuli) va LEED (energiya- samarador va ekologik loyihalashtirish bo‘yicha qo‘llanma) xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatga ega ob’yektlar bundan mustasno;

  1. Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining qurilish sohasini texnik tartibga solishning normativ bazasini isloh qilish to‘g‘risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:

tayyorgarlik davri (2019 — 2021 yillar) — O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda amaldagi milliy qurilish normalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish;
o‘tish davri (2022 — 2026 yillar) — milliy qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni amaliyotga joriy etish, qurilish sohasiga innovatsiyalar joriy etish, yangi texnologiyalar, materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni o‘zlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yakuniy davr (2027-2028 yillar) — milliy va moslashtirilgan xorijiy qurilish normalari hamda qoidalarini qo‘llash tajribasini umumlashtirish asosida qurilish sohasini texnik tartibga solishning yagona normativ bazasini yaratish.

  1. Pudrat tashkilotlari va firmalari - qurilishni boshqarishdagi asosiy bo‘g‘inlar

Hozirgi sharoitda qurilishni boshqarish taxminan quyidagi sxema bo‘yicha boradi: qurilish boshqarmasi - qurilish tresti - qurilish birlashmasi yoki vazirlik. Hozirgi qurilish vazirliklari va idoralari boshqarish sahnasidan chiqib kechayotgan bir davrda, qurilish sanoatining asosiy bo‘g‘inlari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining —Korxonalar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq faoliyat yurituvchi qurilish trestlari va firmalari bo‘lib bormoqda.
Umumiy pudratchilar hisoblanuvchi trestlar yoki firmalarga qurilishning barcha ishtiroqchilari faoliyatini shuningdek mijozlar va davlat bilan majburiy to‘lovlar yoki boshqa, iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo‘icha munosabatlarni koordinatsiyalash kabi majburiyat yuklatiladi. Hozirgi paytda faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan 2 dekabr 1998 yilda tasdiqlangan —Xususiy qurilish firmalari haqidagi qaror” bo‘yicha tartibga solinishi kerak bo‘lgan xususiy qurilish firmalarini tashkil etish haqidagi masala dolzarb bo‘lib turibdi.
Yuqorida aytilgan qaror bo‘yicha qurilish firmasi yuridik shaxs maqomidagi mustaqil faoliyat olib borishga va O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida ishchilar sonidan qat’iy nazar o‘z tashkilotchilarini (sho’ba tashkilotlarini) yaratish va qurilish kompleksining barcha turdagi ishlarini bajarish huquqiga ega sub’ekt hisoblanadi.
Firma, tabiiyki, tijorat tashkiloti hisoblanadi va xo‘jalik sherikchiligi yoki jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa shaklda tuzilishi mumkin. U o‘z nomidan kontrakt tuzishi, mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi, majburiyatlar olishi, sudlarda da’vogar yoki javobgar bo‘lishi mumkin. Firma o‘z balansiga ega bo‘ladi, moliyaviy va valyuta tomondan o‘zini to‘liq qoplash asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Qurilish firmasining asosiy masalalari quyidagilardir:

  • qurilish xizmatchilari bozori marketingni

  • biznes-plani tayyorlash va qurilish talablarini qondirish uchun resurs etkaib beruvchilar bilan kelishuvlar tuzish;

  • rja va hisob xujjatlarini olib borish va ishchilar mehnatini rag‘batlantirish;

  • butun qurilish mahsulot bo‘yicha va qilinadigan ishlarda yuqori sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash;

  • foyda olish va ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlash.

Firma o‘z faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtiradi va rivojlanish istiqbollarini belgilaydi, zaruriy fondlar - mehnat rivojlanish, sug‘urta va boshqa o‘z hohishiga binoan tashkil qiladi.
Qurilish firmasi mulki shakllanishining manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • asoschilarning pul va material qo‘shilmalari;

  • mahsulot, ish va xizmatlar, shuningdek Ustavda ko‘rsatilgan boshqa ish turlarini sotishdan olingan daromadlar;

  • banklar kreditlari va boshqa zayom mablag‘lari;

  • amaldagi qonunchilik tomonidan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.

Firma moliyaviy resurslari shakllanishi manbasi bo‘lib foyda, amortizatsion
chegirmalar, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan keladigan foyda va asoschilarning ta’qiqlanmagan boshqa tushumlar hisoblanadi.

  1. MAVZU. QURILISH INDUSTRIYASINING ISHLAB CHIQARISH VA RESURS SALOHIYATI HAMDA UNDAN OQILONA FOYDALANISH YO„LLARI

Reja:

    1. Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari va qurilishdagi xo‘jalik sub’ektlarining faoliyatidagi ahamiyati.

    2. Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida. Asosiy fondlarning qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liqligi.

    3. Qurilishning aylanma fondlari va aylanma mablag‘lari, ularning shakllanishi va ulardan foydalanish ko‘rsatkichlari.

    4. Mehnat resurslari va qurilishning kadrlar salohiyati.

  1. Ishlab chiqarish salohiyati va resurslari, ularning mazmuni, o„ziga xos xususiyatlari va qurilishdagi xo„jalik sub’ektlarining faoliyatidagi ahamiyati

Ma’lumki, har qanday tarmoqdagi ishlab chiqarish jarayoni uchta asosiy element: mehnat qurollari, mehnat predmetlari va bevosita mehnatning o‘zidan, ya’ni inson faoliyatidan tashkil topadi. Bu elementlar birgalikda ishlab chiqarishning resurs asosini tashkil qiladi va ko‘p jihatdan muayyan bir xo‘jalik sub’ektining - korxonaning, qurilish tashkilotining yoki butun tarmoqning ishlab chiqarish salohiyatini belgilab beradi. Mazkur elementlarsiz ishlab chiqarish jarayoni mutlaqo mavjud bo‘la olmaydi.
Resurslar tushunchasi - bu pul mablag‘lari, qimmatbaho buyumlar, qonunlar, joriy va kelgusidagi imkoniyatlar, daromadlar va ularning manbalaridir. Resurslar tabiiy, moddiy, iqtisodiy, moliyaviy resurslar, mehnat resurslari va hokazolar bo‘lishi mumkin. Korxonalar, tarmoqlar va butun mamlakatning resurs imkoniyatlari qanchalik keng va katta bo‘lsa, iqtisodiyot va uning rivojlanish istiqbollari ham shunchalik barqaror bo‘ladi.
Ishlab chiqarish salohiyati - bu korxona, tashkilot va butun tarmoqning berilgan resurslar asosida u yoki bu hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yoki qobiliyatidir. SHuning uchun ham, ishlab chiqarish salohiyatini ishlab chiqarishning resurs imkoniyatlariga taqqoslanadi.
Ishlab chiqarish salohiyatining resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga o‘zaro bog‘liqligini ishlab chiqarish sharoitlari hamda u yoki bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlarni (iste’molchilik talabini) hisobga olgan holda tasvirlash mumkin.
Ishlab chiqarish salohiyatini xo‘jalik sub’ektining ishlab chiqarish omillari majmuasi deb ko‘rsatish mumkin. Bu omillar shu su’ektning xalq xo‘jaligi va aholining ma’lum davrdagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda turli moddiy ne’matlar yaratish yoki xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini belgilab beradi.
Ishlab chiqarish salohiyatining rivojlanishini o‘rganishda uning faqat miqdoriy baholash mumkin bo‘lgan material-moddiy omillarini emas, balki uning sifat omillarini (mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilish shart-sharoitlari, mehnat motivatsiyasi, xo‘jalik mexanizmi va boshqalarni) ham tahlil qilish lozim. Bundan tashqari, ishlab chiqarish salohiyatining tarkibini aniqlash ham muhim bo‘lib, unda ishlab chiqarish resurslarining ro‘yxati va nisbati, ishlab chiqarish jarayonida mehnat va resurslarning o‘zviy uyg‘unligi yuz beradigan ishlab chiqarish sharoitlari aks ettirilishi lozim.
Ishlab chiqarish salohiyati va resurslar o‘zaro bog‘liq kategoriyalar sifatida rivojlanish va samaradorlikka ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki o‘z navbatida ichki va tashqi omillarga, avvalo fan-texnika taraqqiyotiga, boshqaruv tizimiga va axborot bazasiga bog‘liqdir. Gap shundaki, fan-texnika taraqqiyoti va boshqaruv tizimi axborot yordamida yanada zamonaviy mehnat qurollari va predmetlarining yaratilishiga, ishlab chiqarishga safarbar qilinadigan resurslarning sifatini oshirishga imkon tug‘diradi. Agar ishlab chiqarishning material-moddiy omillari ishlab chiqarish va texnik salohiyatning tanasi bo‘lsa, fan-texnika taraqqiyoti, boshqaruv va axborot uning jonidir. Mazkur omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni quyidagicha tasvirlash mumkin:
“FTT - ishlab chiqarish resurslari” aloqasi FTT yutuqlarining ishlab chiqarish resurslari sifatida namoyon bo‘lishi jarayonini aks ettiradi, ya’ni FTT xom ashyo va materiallarning yangi turlari yaratiladi. FTT, axborot, boshqaruv va ishlab chiqarish sharoitlari o‘rtasidagi aloqalar axborot va boshqaruvning o‘ziga xos ishlab chiqarish omillari sifatida ishlab chiqarish sharoitlarining FTT darajasini hisobga olgan holdagi ahvolini belgilaydi. Umuman olganda, ishlab chiqarish resurslari mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayoniga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z navbatida boshqaruv tizimiga, axborotga va fan-texnika taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lib, korxonalar, tarmoqlar va butun xalq xo‘jaligining ishlab chiqarish salohiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. qurilish industriyasining korxona va tashkilotlari mana shu aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklar sharoitida faoliyat ko‘rsatadi.

  1. Asosiy fondlar - qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida. Asosiy fondlarning qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatiga bog„liqligi

Asosiy fondlar - ham moddiy ishlab chiqarish sohasida (asosiy ishlab chiqarish fondlari), ham noishlab chiqarish sohasida (noishlab chiqarish asosiy fondlari) band

bo‘lgan material-moddiy qiymatlar majmuasi. qurilish xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun turli korxonalar, bino va inshootlarni qurish davomida mamlakat uchun asosiy fondlarni bunyod etishda ishtiroq etadi, biroq o‘z navbatida o‘zi ham ulardan mehnat va ishlab chiqarish qurollari sifatida foydalanadi. Shuning uchun qurilish mahsuloti sifatida va zaruriy ishlab chiqarish qurollari sifatidagi asosiy fondlarni bir-biridan ajratish lozim.
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish bino va inshootlari;

  • ishchi mashina va asbob-uskunalari;

  • mashina va asbob-uskunalari;

  • transport vositalari;

  • asbob-uskunalar va ishlab chiqarish j ihozlari.

Noishlab chiqarish asosiy fondlarga quyidagilar kiradi:

  • uy-joylar;

  • kommunal xo‘jalik ob’yektlari;

  • madaniy-maishiy ob’yektlar;

  • sog‘liqni saqlash va maorif ob’yektlari.

Bu yerda gap butun xalq xo‘jaligi balansida emas, balki qurilish balansida turgan noishlab chiqarish asosiy fondlari haqida bormoqda. Agar bunday tafovut bo‘lmasa, qurilishnng noishlab chiqarish asosiy fondlari bilan jihozlanganligi sun’iy ravishda o‘sib ketishi mumkin.
Asosiy fondlar natura va pul shaklida (qiymat ifodasida) baholanadi. Buxgalteriya hisobida asosiy fondlar odatda korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklarning asosiy fondlari sifatida ko‘rsatiladi, vaholanki bu ularning elementlar bo‘yicha, ya’ni bino va inshootlar, ishchi va quvvat mashinalarida, transport vositalarida va hokazolarda qancha mablag‘ borligi bo‘yicha hisobga olinishiga to ‘ sqinlik qilmaydi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga va mehnat predmetlariga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab ikki qismga bo‘linadi: aktiv - ishchi va quvvat mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, asboblar va jihozlar; passiv - bino va inshootlar, ya’ni ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi yordamchi jarayonlar bilan band bo‘lgan imoratlar va ob’yektlar (idoralar, omborxonalar, laboratoriyalar, boshqaruv apparati joylashgan binolar).
Asosiy fondlarni ko‘paytirishni tahlil qilish, baholash va strategiyasini belgilab olishda ularning tuzilmasi - asosiy fondlarning ayrim guruhlarining ularning jami qiymatidagi ulushi - katta ahamiyat kasb etadi. Mashina va asbob-uskunalarning, transport vositalarining jami asosiy fondlar qiymatidagi ulushi qanchalik katta bo‘lsa, (qolgan shartlar teng bo‘lganda) mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham, fond qaytimi ko‘rsatkichi ham shu qadar yuqori bo‘ladi. SHuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini yaxshilashga ishlab chiqarish va fond qaytimini oshirishning muhim sharti deb qaraladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibini quyidagicha yaxshilash mumkin:

  • mashina parkini texnikaning yangi turlari bilan to‘ldirish yo‘li bilan;

  • ishlab turgan mashina va asbob-uskunalarni modernizatsiyalash bilan;

~ 93 ~

  • ortiqcha va kam foydalaniladigan asbob-uskunalarni tugatish bilan;

  • asosiy fondlarning ayrim guruhlari o‘rtasida oqilona nisbatlarni ta’minlash

bilan.
Ma’lumki, asosiy fondlar ekspluatatsiya jarayonida muntazam ravishda eskirib, ishdan chiqib boradi. SHu sababdan asosiy fondlarga nisbatan jismoniy va ma’naviy eskirish tushunchalarini kiritamiz.
Jismoniy eskirish - asosiy fondlarning ekspluatatsiya jarayonida yoki bekor turish natijasida o‘zining dastlabki xarakteristikalarini asta-sekin yo‘qotishidir. Bu notekis kechuvchi jarayon bo‘lganligi tufayli, asosiy fondlar to‘liq yoki qisman eskirishi ajratiladi. Birinchi holda eskirgan asosiy fondlar tugatiladi va yangisiga almashtiriladi, ikkinchi holda esa ta’mirlash yo‘li bilan tiklanadi.
Ma’naviy eskirish - mashina va asbob-uskunalar qiymatining ularni ishlab chiqarishga sarflanadigan ijtimoiy zaruriy xarajatlarning kamayishi ta’sirida kamayib borishi (ma’naviy eskirishning birinchi shakli) yoki ularning qiymatining yangi, ilg‘or va samarali mashina va asbob-uskunalar yaratilishi natijasida kamayishidir (ma’naviy eskirishning ikkinchi shakli).
Asosiy fondlarning eskirishini tiklash korxona va tashkilotlarning maxsus mablag‘lari asosida - amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi. Ularning summasi asosiy fondlarning qiymatiga, ularning xizmat muddatiga, ta’mirlash va modernizatsiyalash xarajatlariga bog‘liqdir. Bu mablag‘lar odatda korxonaning amortizatsiya fondida to‘planib boradi va faqatgina asosiy fondlarni tiklash va ta’mirlash maqsadlarida foydalaniladi.
Yillik amortizatsiya summasining asosiy fondlar qiymatiga nisbati foizlarda ifodalanganda amortizatsiya me’yori deb ataladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə