O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   238
9230 (2)

sir saqlash tamoyili
– sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon 
qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‗at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar
balog‗at yoshiga etmagan bo‗lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-
onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‗lgan shaxslarning ruxsati bo‗lishi shart. 
Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida e'lon 
qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-shariflarini bayon etish tavsiya 
qilinmaydi. 
Psixodiagnostik metodikalarning 
ilmiy asoslanganlik tamoyilida
metodikaga validlik, 
ishonchlilik talabi qo‗yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‗liq ishonch imkonini bersin.
Ziyon etkazmaslik tamoyilida
psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda 
qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili
test o‗tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe 
bo‗lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‗lib, validli va 
ishonchli metodika yordamida o‗tkazilgan bo‗lishi shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan 
odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda
tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak. 
Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining 
predmeti, vazifalari, bosqichlari, eksperimentator shaxsiga qo‘yiladigan talablar, psixologik 
tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari bilan tanishdik. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar? 
1.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning predmeti? 
2. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning vazifalari? 
3. Psixodiagnostikaning turlari va bosqichlari? 
biron-bir mеtodikani amaliyotda 
qo‗llay olishda zaruriy tajribaga ega 
bo‗lishi 


4. Eksperimentator shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida nimalarni bilasiz?. 
5. Psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari?. 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə