O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


 Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   238
9230 (2)

 
2.4. Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi 
Har bir mustaqil fan singari ―Eksperimental psixologiya‖ fani ham o‘zining rivojlanish tarixiga 
egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr o‘rtalarida rivojlana boshladi. 
Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni qo‘llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy 
asosga ega ekanligini yana bir bor ko‘rsatib berdi. 
Mashhur ingliz olimi F.Gal‘ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan iborat 
tajribalar o‘tkazdi. Bunda 5 dan 80 yoshgacha bo‘lgan hoxlovchilar arzimagan haq evaziga 
laboratoriyada o‘z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning xislatlarini 17 ko‘rsatkich bo‘yicha 
tekshirishlari lozim edi. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo‘yi, oq‘irlik, o‘pkaning tiriklik 
siq‘imi, kaft va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, ko‘rish o‘tkirligi, rangni farqlash 
kabi ko‘rsatkichlar ham kiritildi. To‘liq dastur bo‘yicha hammasi bo‘lib 9337 kishi tekshirilib 
chiqildi. F.Gal‘tonning fikriga ko‘ra, testni o‘tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, 
eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj.Kettell ham 
ta‘kidlab o‘tgan: qachonki asosini eksperiment va o‘lchash, aniqlash tashkil qilar ekan
shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo‘lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy 
ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya testlarining ro‘yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni 
testdan ko‘ra ko‘proq topshiriqlar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Bu topshiriqlar testlarga 
qo‘yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo‘llash ko‘rsatmasi mavjud hamda 
tadqiqotning (laborotor) ilmiy xarakteri ta‘kidlangan edi. Bu talablarga ko‘ra laboratoriya yaxshi 
jixozlanishi; testni o‘tkazish vaqtida begonalar bo‘lmasligi; barcha sinaluvchilarga bir xilda 
ko‘rsatma berilishi, ya‘ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari lozim edi.
F.Gal‘ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g‘oyasi turli mamlakat 
olimlarining diqqatini o‘ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bo‘lgan olimlar paydo 
bo‘la boshladi. Bu metodni qo‘llash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – 
G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada – A.Bine, AQSHda – Dj.Gilberd va boshqalar. 
Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya‘ni psixologiyani amaliyot extiyojlari bilan bog‘lashga uringan 
olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb 
baholanadi. Dj. Kettellning ta‘kidlashicha, u o‘zining dastlabki testlarini laborotoriya 
tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo‘llagan, ammo V. Vundtning 
qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi. 
Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan 
xarakterlanadi. Fanda paydo bo‘lgan eksperimental metodning keng qo‘llanilishi bu fanning 
rivojlanishiga yordam berdi. XYIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o‘rtasida 
psixik hodisalarni o‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo 
paydo bo‘ldi. 
Bu muammo bo‘yicha faylasuf Kant o‘z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada 
eksperimentning bo‘lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o‘lchash mumkin emas, ularga 
matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas. 
Psixik hodisalarni o‘lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo‘lishi
mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U 


«psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening 
tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o‘zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va 
umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir». 
Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – hissiyot, 
iroda, tasavvurlar majmuasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o‘zgarish 
jarayonida bo‘ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o‘zgarish va almashish jarayonida ma`lum 
darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o‘lchash mumkin. Shuning 
uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin. 
Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini 
isbotlagan bo‘lsa ham, lekin uning o‘zi bu metoddan foydalanmadi. 
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha dastlabki ishlarni fiziolog 

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə