O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   238
9230 (2)

 
 
 
2.5 O‟zbekistonda psixodiagnostika va eksperimental psixologiyaning rivojlanishi 
Daslabki pedagogik va psixologik fikrlar markazi 1918-yili Toshkent va keyinchalik Chimkent 
shahrida tashkil qilingan. Pedagogika muzeyi va pedagogik laboratoriya universal o‗quv tarbiya 
muassasasi bo‗lib ta‘lim- tarbiya bilan bog‗liq bo‗lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Buning 
natijasida yordam ta‘lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu erning o‗zida sinalgan va 
respublikaning boshqa o‗quv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi 
tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida Nizomda bu joy pedagogik fikr va 
ishning markazi bo‗lishi lozim. Shuning uchun bir tomondan psixologik ishning har bir yangilik 
o‗qitishda laboratoriyada to‗plangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilishi kerak, bu 
imkoniyat bevosita maktablarga joriy qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshqa laboratoriya 
va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik laboratoriya va pedagogik muzeyda eksperimental 
psixologik laboratoriyasi ham mavjud bo‗lib, bu erda turli xil psixologik tajribalar amalga 
oshirilgan 1919-yili 1 aprelda Kavman Xorvat maorif komissariga xat yo‗llab, davlatning ko‗zi 
ojiz, gung, ruhiy kasal va psixologik taraqqiyoti hamda psixikasi muvozanatsiz bolalarni o‗z 
tarbiyasiga olishi zarurligini ta‘kidlagan. Xuddi shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar 
tizimini tashkil etishni taklif etgan. Xorvatning taklifi bir necha yo‗nalish bo‗yicha diqqatga 
sazovordir. Birinchidan, bu kompleks xarakterdagi ish bo‗lib, biron-bir psixonevrologik kasallik 
nazardan chetda qolmagan. Ikkinchidan, bu rejada ketma-ketlikdan bir necha bosqich nazarda 
tutilgan: 
1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi). 2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy darajasi). 3. 
Kasallarni tarbiyalash va ta‘lim berish (amaliy ta‘lim darajasi). Birinchi darajani psixologik 
laboratoriya, ikkinchi darajani davolash maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga 
oshirish ko‗zda tutilgan.
Turkistondagi muassasalardan biri ―O‗zbek davlat ilmiy tadqiqot instituti‖, hozirgi Qori Niyoziy 
nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929-yili tashkil qilingan bo‗lib, hozirgi 
kunga qadar bu institut o‗qitishning pedagogik konsepsiyalari maktab va maktabgacha tarbiya 
muassasalarida ta‘lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz hisoblanadi. 1930-yillar 
boshlarida institut tarkibida quyidagi kabinetlar mavjud bo‗lgan: 1. Ijtimoiy gigiena kabineti. 2. 
Iqtisod kabineti. 3. Pedagogik-psixologiya kabineti. 4. Psixologik laboratoriya kabineti. Institut 
tashkil bo‗lgan vaqtdan boshlab milliy mentalitetni va ijtimoiy muhitni chuqur tadqiq qilish 
bolalarning psixologik ijtimoiy-madaniy xususiyatini hisobga olgan holda darslarni yaratish bilan 
shug‗ullandi. Institut faoliyatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat edi. 1. Ilmiy 
AQSHda tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi 
1877 yilda nashr qilingan 
“Amerika psixologiyasi” jurnali
1915 yilda nashr qilingan “Amaliy psixologiya” 
jurnali 
Angliyada tashkil qilingan psixologiyaga oid birinchi ilmiy jurnallar nomi 
1904 yilda nashr qilingan 
“Britaniya” jurnali


ekspedisiyalar uYushtirish. 2. Bolalar xarakterini o‗rganish. 3. Pedagogik kadrlar tayyorlash. 
Ushbu institutning faoliyati Bendrikov, Leventuev, Zavarova, Yusupov, Tokanaev, Debenzov, 
Mirsharipov, Muxiddinov kabi olimlarning nomlari bilan chambarchas bog‗liq. 1930-yillarda bu 
institutda jahon psixologiya faniga katta hissa qo‗shgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich 
Luriya ishlagan. U o‗z institut doirasida o‗tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik ―Ob 
istoricheskom razvitie poznavatelnix protsessov‖ – ―Bilish jarayonlarining tarixiy taraqqiyoti 
haqida‖ degan asarini nashr qildi. O‗zbekistonda psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa 
qo‗shgan olimlardan yana biri P.Ivanov hisoblanadi. 1927-yil Samarqanddagi o‗zbek pedagogika 
institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940-yilda u 
pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi o‗quv qo‗llanmasini nashr qilgan. 
Keyinchalik 1934-yili Samarqand pedagogika institutining o‗zbek davlat universitetiga 
aylantirishi munosabati bilan P.Ivanov o‗z laboratoriyasi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika institutiga ko‗chib o‗tadi. Pedagogika o‗quv muassasalarida ilmiy pedagogik 
potensialning etishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari tarjimonlar yordamida olib 
borilgan, keyinchalik bu tarjimonlarning o‗zlari mustaqil ravishda psixologiyadan o‗zbek tilida 
ma‘ruzalar o‗qiy boshlashgan. Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxo‗jaev, Bayburova, 
Raxmatova va boshqalar o‗zbek tilida dars o‗tuvchi psixologiya o‗qituvchilari bo‗lishgan. 
P.Ivanovning (1891-1968) psixologiyaga oid 75 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 
1927-yilda nashr qilingan ―Umumiy pedagogika‖ bo‗yicha qisqa ocherk, ―Maktabshunoslik‖ 
tarbiyaning umumiy metodlari 1940-yillar va 1954-yillarda ―Umumiy psixologiya‖, 1962-yilda 
―Ta‘limning psixologik asoslari‖ kabi asarlari O‗zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda 
katta hissa qo‗shdi. SH.A. Boyburova, Usmonov kabilar bevosita uning rahbarligida faoliyat 
ko‗rsatishdi. 1959-yil uning rahbarligida M.G.Davletshin, Bekboev, Muzaffarovlar nomzodlik 
dissertatsiyalarini himoya qilishdi. 1963-yil O‗zbekistonda psixologiyadan birinchi bo‗lib 
Krasnoboev Ilya Berovich (1896-1963) Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti logika va 
psixologiya kafedrasi mudiri ―Yuqori sinf o‗quvchilarida e‘tiqod, axloqiy tushunchalarni 
shakllanishi‖ mavzusidagi doktorlik ishini himoya qildi. Krasnoboevni ilmiy faoliyati 20- yillarda 
O‗zbekistonda tadqiqotlar bilan bog‗liq uning rahbarligi ostida logika va psixolgiya kafedrasi 
azolari: 3. Mo‗minova, V.Ya.Maros, A.Abdusattorov, V.I.Sofer, A.Gulyamov, R.V. Galyamov, 
A.A. Erstifirovlar turli xil ob‘yektlarda psixologiya va logika bo‗yicha ilmiy tadqiqotlarini olib 
bordilar. Bu tadqiqotlar O‗zbekistonda xalq ta‘limi bilan bog‗liq muammolarni hal qilishga 
yordam berdi. M.Voxidov (1927-1989) 1955-yilda Leningradda nomzodlik ishini himoya qilgan. 
Dastlab Andijon pedagogika institutida, so‗ngra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy 
tadqiqotlar institutida ishlagan. 1966-yil Toshkent Davlat universiteti ―Psixologiya‖ kafedrasi 
mudiri etib saylangan. 1973-yili Ministrlar Soveti topshirig‗iga binoan tarix fakulteti tarkibida 
tashkil etgan. P.S.Zimin, L.I.Sofer ishtirokida va markazning iste‘dodli olimlari yordamida bu 
erda o‗quv eksperimental laboratoriya tashkil qilingan. M.Voxidov tomonidan maktabgacha 
pedagogika bilim Yurtlari uchun, pedagogika institutlari uchun darsliklar yozilgan, oxirgi yillarda 
M.Voxidov, A.Petrovskiy tahriri ostidagi ―Umumiy psixologiya‖ darsligini tarjima qilingan va 
ayni paytda milliy va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‗zbek tilida darslik yaratish 
bilan mashg‗ul bo‗ldi.
Davletshin Muhammad Gabdulgalimovich 1923-yilda tug‗ilgan. Toshkent Davlat pedagogika 
universitetining psixologiya kafedra mudiri psixologiya fanlari doktori, 1957-yilda ―5-7 sinf 
o‗quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllanishi‖ mavzusida, 1971-yil ―O‗quvchilarning texnik 
qobiliyatlari psixologiyasi‖ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1968-yildan 
2005-yilgacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining ―Umumiy 
psixologiya‖ kafedrasida mudirlik qildi. M.G.Davletshin rahbarligida uning bevosita maslahatlari 
yordamida O‗zbekistonda 100 dan ortiq nomzodlik va doktorlik ishlari himoya qilingan.
O‗zbekistonda psixologiyaning turli yo‗nalishlari bo‗yicha ko‗pgina olimlar ilmiy tadqiqot ishlari 
olib borib, O‗zbekistonga psixologiya fanini, ya‘ni psixologiya tushunchasini olib kirib
to‗laligicha ochib berdilar. Hozirgi kunda O‗zbekistonda ham psixologiya tarmoqlari 
rivojlanib bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda etishib 
chiqqan barcha olimlarimiz o‗zbek psixologiyasini chet mamlakatlar psixologiyasi kabi Yuqori 


cho‗qqiga chiqishida o‗zlarini hissalarini qo‗shib, kelmoqdalar. Odamlar ongiga esa milliy 
psixologiya asosida, ya‘ni milliylik ruhida tarbiyalash, ularni ongiga psixologiyani 
singdirmoqdalar. O‗zbekistonda psixologiya fanining hozirgi ahvoli ilgarigidan ancha 
rivojlangan. Chunki bu fanni o‗qitish uchun tayyorlov kurslari va markazlar ochilib kishilarning 
ongiga etib bormoqda. Bundan tashqari, psixologiya tarmoqlari bo‗yicha turli xil muammolarni 
echishda asosiy rol o‗ynaydi. Bu fan rivojlanishida o‗zbek psixologlari M.G.Davletshin, 
M.Voxidov, G‗.B.Shoumarov, V.M.Karimova, E.G‗.G‗oziev, R.I.Sunnatova, B.R.Qodirov, 
J.Azimov, R.Gaynutdinov, Sh.R.Baratov, Z.T.Nishonova, K.Mamedov, N.S.Safaev va boshqa 
olimlarning hissasi katta. Hozirgi kunda psixologiya fanining turli tarmoqlari,jumladan 
psixodiagnostika ham rivojlanmoqda.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə