O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   238
9230 (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob`ektlar bilan 
operatsiyalar tizimi bo‘lib, fanning bilish ob` ektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo‘llash 
muammosi ko‘rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o‘rnini aniqlashdan 
boshlash kerak. Empirik metodlarni qo‘llashning beshta darajasini ajratish mumkin.
1. Metodika darajasi. 
2. Metodik qo‘llanma darajasi. 
3. Metod darajasi. 
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi. 
5. Metodologik yondashish darajasi.
To‘g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo‘ladi, masalan psixofizikada – o‘rtacha 
xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiagnostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); 
psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi 
(birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to‘g`risida bahs Yuritiladi va 
uning turlichaligi – egizaklar metodida (to‘rtinchi daraja) ko‘rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan usullarning darajali bo‘lishini G. D. Pirov taklif etgan. U 
metodlarni quyidagi guruhlarga bo‘lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);
2) metodik qo‘llanma;
3) metodik yondashuv. 
S. L. Rubinshteyn ―Umumiy psixologiya asoslari‖da eng asosiy psixologik metodlar sifatida 
kuzatuv va eksperimentni ajratib ko‘rsatdi. Kuzatuv ―tashqi‖ va ―ichki‖ga bo‘lingan, eksperiment 
– laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-pedagogik, qo‘shimcha metod uning asosiy 
modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o‘rganishda suhbat 
va anketa usullarini ajratib o‘tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta`kidladi. SHunday qilib, 
psixologiyaning falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday 
yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning psixologik ro‘yxatga qo‘shilishi bilan 
amalga oshirildi. 
Psixologik tekshiruvlarning keng ko‘lamdagi ikkinchi tasnifini – bolgar psixologi G.D. Pirov 
tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, 
psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlarni ta`kidlab o‘tdi. 
SHu metodlarning har biri bir qancha turlarga bo‘linadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish 
(aloqador) anketalar, so‘rovnomalar, faoliyat mahsullarini o‘rganish va boshqalarga bo‘linadi.
B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma 
metodlarni u:
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma`lumotlarni qayta ishlash usuli;
B.G.Ananev bo‘yicha 
metodlarning 4 guruhi 
Tshkiliy metodlar: qiyoslash, 
longityud, kompleks 
Empirik metodlar: kuzatish, 
eksperiment 
Natijalarni qayta ishlash metodi: 
matamatik statistik metodlar 
Natijalarni sharhlash metodi: 
donalash, genetik 


4) sharhlash metodlariga bo‘ldi.
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longitYud va kompleks metodlarni kiritdi.
Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, 
modellashtirish va biografik metodlar kiritildi. 
Uchinchi guruhga ma`lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi va sifat tahlili kiritildi.
Nihoyat, to‘rtinchi guruhni genetik va donalash metodi tashkil qildi. Ananev har bir metodni 
aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko‘pgina echilmagan 
muammolar uchraydi: 
Nimaga modellashtirish empirik metod bo‘lib qoldi?
Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan? 
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi? 
Shuni eslatib o‘tish ahamiyatliki, bu erda psixologik tekshirishning nazariy metodlari 
ko‘rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o‘rni bo‘yicha «oraliq» empirik va 
nazariy metodlar o‘rtasida, empirik kuzatishlar ma`lumotlarni sharhlash va qayta ishlash 
metodlaridir. 
M.S. Rogovin va T.B. Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok jarayonida ob`ekt va sub`ekt 
orasidagi ba`zi bir nisbatlarning ifodalanishidir. Ular asosiy psixologik metodlarning sonlarini 6 
taga birlashtirishadi. 1) germenevtik – fanning bo‘linmagan yakka holatiga to‘g`ri keladi; 2) 
biografik metod – psixika to‘g`risidagi fanning yakka ob`ektiv idrokini ko‘rsatish; 3) kuzatish – 
idrok ob`ekti va sub`ekti farqlanadi; 4) o‘z-o‘zini kuzatish - sub`ektni oldingi farqlanish asosida 
ob`ektga aylanishi; 5) klinik – birinchi o‘ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki kuzatuv 
mexanizmiga o‘tish vazifasi chiqadi; 6) eksperiment sub`ekti ob`ekt idrokining faol qarshiligi 
sifatida, sub`ektning roli idrok jarayonida hisobga olinadi. 
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo‘lsa ham, tushunarsiz, biografik 
metodning ajralishi nimaga bog`liqligi bizni qiziqtiradi? 
Biroq mualliflar o‘ylab yoki o‘ylamay psixologik metodlarning empirik tasnifidagina, 
Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni qo‘shishga majbur bo‘ldilar. Bu metodni 
qo‘llashda ―idrokning sub`ekt va ob`ekti qarama- qarshi‖ qilib qo‘yilmaganmi? Model – bu bir 
sub`ektning boshqa bir sub`ektga oqilona qarshiligi, sub`ektning ob`ektga va o‘ziga nisbatan 
muomalasi mumkin emas-ku, degan savol tug`iladi.
Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha yondashuvlar bor, lekin 
psixologik tekshirish empirik metod va psixologik metodlar orasida umuman, amalda ―teng‖ 
belgisi qo‘yiladi, ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash qiyinlashadi. 
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko‘rsatish maqsadga 
muvofiqdir:
1. Empirik, tekshirish sub`ekti va ob`ektining tashqi real munosabatlari amalga oshiriladi;
2. Nazariy, sub`ekt ob`ektning hayotiy modeli bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;
3. Sharhlash va tasvirlash, bunda sub`ekt «tashqaridan» ob`ektning simvolik – belgisi bilan 
munosabatda bo‘ladi.
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma`lumotlar hisoblanadi, ob`ekt sharoitini 
asboblar yordamida o‘rganadi. Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki 
ochiq sxematik shakldagi predmet haqidagi bilim hisoblanadi. 
Nihoyat, qayta ishlash – tushuntirish metodi – bu nazariy va eksperimental metodlarni qo‘llashda, 
ularni o‘zaro munosabati natijalarining ―uchrashish joyi‖dir.
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o‘tamiz:
1) Deduktiv – umumiydan xususiyga o‘tish. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o‘tish.
3) Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduktsiya», xususiydan xususiyga 
o‘tish. Natija – ob`ekt, jarayon, sharoit modeli. 
Psixologiyaning nazariy metodlarida psixologiyaning aqliy etuklik metodlarini saralash kerak. 
Aqliy etuklik ilmiy faktlar empirik qonuniyatlarga tayanmay, balki ta`limot muallifining faqat 
shaxsiy bilimida o‘z o‘rnini topadi.


Modellashtirishning ikkita asosiy turlari bor: Bular: struktura – funktsionalli va funktsional – 
strukturali. 
Birinchi holatda tadqiqotchi alohida tizimning tashqi xulq - atvoriga qarab tizimni aniqlab 
o‘tmoqchi va shuning uchun analog tanlaydi yoki konstruktsiya qiladi – boshqa tizimni o‘xshash 
xulq-atvorga bo‘lgan. Bunday xulq-atvor strukturalarning o‘xshashligi haqida mulohaza 
Yuritishga olib keladi. 
Modellashtirishning bunday ko‘rinishi psixologik tadqiqotning asosiy metodlaridan hisoblanadi 
hamda tabiiy ilmiy psixologik tadqiqotda yagona hisoblanadi. Ikkinchi holatda modellar va 
obrazlar strukturalari o‘xshashligida tadqiqotchi funktsiyalar va tashqi ko‘rinishlarda va 
boshqalarda qandaydir umumiylikni tahlil qiladi. Bu metod ko‘p fanlarda tarqalgan, ayniqsa 
solishtirma anatomiya, paleontologiya va boshqalarda ko‘p uchratish mumkin.
Tabiiyki, bizga boshqa odamning psixik reallik tizimini tushunish qiyin. Ammo har bir narsa 
xususiy reallikka ega, shuning uchun M.S.Rogovin va G.V.Zalevskiylarni germenivtik metodlar 
qatoriga modellashtirish metodini kiritishga turtki bo‘lgan funktsional-strukturani modellashtirish 
va germenevtik metodlarning o‘xshashligi bor. 
SHarhlash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o‘ynaydi. Bu metodlarning 
tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy dasturning muvaffaqiyatini belgilab beradi. 
Psixologiyada sharhlash metodining ahamiyati V.A.Ganzen monografiyasida aniqroq ta`riflangan.
Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko‘rib chiqamiz. Biz tadqiqotchining bilish 
faoliyati bilan bog`liq bo‘lgan metodlarni ikki asosga bo‘lgan edik. Faollik-sustlik, 
mablag`larning borligi – muqobillik. Psixologik tadqiqotda ob`ekt faol bo‘lishi mumkin, odam 
yoki hayvon haqida gap bo‘lishidan qat`iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi 
faoliyat sub`ekti bo‘ladi. Empirik psixologik metodlarning tasnifida shu narsani hisobga olish 
kerak. 
Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunilishi katta ahamiyatga ega. Tushunish 
jarayoni qaysidir ma`noda o‘lchash jarayoniga qarama-qarshidir. O‘lchashda tadqiqot natijalarini 
ob`ektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini 
xususiy ma`naviy o‘lchamlarida qayta ishlanadi. 
Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o‘lchamli kenglikda joylashtirish qulay, ularning 
o‘qlari psixologik tadqiqotning ikkita maxsus belgilarini bildiradi. 
Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning borligi yoki yo‘qligi 
yoki bu munosabatlarning jadalligidir. U klinik eksperimentda eng katta va o‘zini-o‘zi kuzatishda 
eng kam hisoblanadi. 
Ikkinchisi muolajalarning ob`ektlashuvi va sub`ektlashuvidir. Bunda eng chetki variant sifatida 
test olish va boshqa odamning xulq-atvorini uning xatti-harakatini ―sezish‖, empatiya nazarda 
tutiladi. 
Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin emas: ular bor, 
lekin ―ichki‖ – tadqiqotchining shaxsiy malakasi, individual xususiyatlari, sharhlash usullari va 
boshqalar. Tadqiqotchi o‘lchamda ishlatadigan ashyolarni boshqacha ham atash mumkin. 
Birinchisi koordinata o‘qini tashkil qilib, ―ikkita sub`ekt – bir sub`ekt‖ yoki ―tashqi‖ dialog, yoki– 
―ichki‖ dialog. 
Ikkinchisi ―tashqi‖ ashyolar – ―ichki‖ ashyolar, yoki ―o‘lchash sharhlari‖ o‘qini keltirib chiqaradi. 
Bu o‘qlar bilan tashkil qilingan kvadratlarda asosiy psixologik empirik metodlarni joylashtirsa 
bo‘ladi.
Psixologik eksperiment bu nuqtai nazardan sinaluvchi bilan bo‘lgan o‘zaro munosabat, uning 
xulq-atvori ob`ektiv ro‘yxati bilan moslashadigan metoddir. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib eksperimental psixologiya fanining metodlarini quyidagicha 
tasniflash mumkin: 



Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə