O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   238
9230 (2)

 
3.4. 
So„rov 
metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So„rovnomalar turi 

Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‗yicha tanlab olingan savollarga yozma
og‗zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnoma
intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‗zi haqida ma'lumot berishi anketa 
metodi deb aytiladi. 
Test predmetligi bo‘yicha - intellektual shaxsiy va 
shaxslararo testlar. 
Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati 
bo‘yicha - amaliy, obrazli va so‘zli testlar. 
Materiallar bo‘yicha - sinaluvchiga talablar, blankali va 
apparaturali testlar 
T
est t
u
rlari
 


Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va 
yopiq usulda bo‗ladi. 
Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‗ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi. 
Masalan: «ha», «yo‗q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin». 
Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar yopiq 
savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi. 
Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‗g‗ridan-to‗g‗ri aks 
ettiruvchi savollar hamda to‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilmagan savollar usulida bo‗lishi mumkin. 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilgan savollarga sinaluvchi o‗zida u yoki bu psixologik sifatlarning 
ko‗rinishlari bor yo‗qligi haqida javob beradi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilmagan savollar, 
sinaluvchidagi o‗rganilayotgan xususiyatga to‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilmagan bo‗lib, ammo 
uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‗rganishga qaratilgan bo‗ladi. 
Masalan, shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat 
qilamiz (bezovtalik, o‗ychanlik): 
Ochiq savol: «Kuchli xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar haqida gapirib bersangiz». 
Yopiq savol: «Siz ko‗p hollarda xavotirlanish holatida bo‗lasizmi? Quyidagi javoblardan birini 
tanlang va belgilang «ha», «yo‗q», «ba'zan», «bilmayman». 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilgan savol: «Sizda xavotirlanish degan shaxs sifati mavjudmi?». 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri yo‗naltirilmagan savol: «Sizda imtihon paytida bezovtalik holati vujudga 
keladimi?». 
Yozma savolnomalardan tashqari, og‗zaki savolnomalar ham mavjud, bu intervYu deb Yuritiladi. 
Unda psixolog sinaluvchiga o‗zi savol berib, o‗zi javoblarni yozib boradi, bu savollar oldindan 
aniqlanib, tayyorlab qo‗yiladi ular xuddi yozma savollar tipidagi kabi bo‗lishi mumkin. 
Psixodiagnostik metodlardan yana biri faoliyat mahsullarini analiz qilish orqali kontent-analiz 
hisoblanadi. Kontent-analizning vazifasi shundan iboratki, u kishining psixologik tavsifini 
aniqlash va baholashda, uning nima ish qilayotganligi, asosan yozma ijodi mahsuli tahlili orqali 
o‗rganishga qaratilgandir. 
Eksperimentning psixodiagnostik metod sifatidagi muhim jihatlari shundan iboratki
sinaluvchining biron-bir xususiyatini baholashda maxsus psixodiagnostik eksperiment ishlab 
chiqiladi va tashkil qilinadi. Bunday eksperiment muolajalari bir qancha tibbiy voqeliklarni o‗z 
ichiga oladi, ya'ni bu hodisalar sinaluvchining o‗rganilayotgan xususiyatini namoyon qilish 
hamda bu sifatning taraqqiyotini baholash va belgilashning standart metodikasini ishlab chiqishga 
qaratilgan. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil qilish va o‗tkazish natijasida tadqiqotchi o‗zini 
qiziqtirayotgan muammolar, bo‗yicha maxsus tarzda tashkil qilingan eksperimental tadqiqotda 
sinaluvchi xulq-avtorini kuzatish orqali ma'lumotlarga ega bo‗ladi. Masalan, tadqiqotchini shaxs 
sifatlaridan xavotirlanish muammosi qiziqtiradi. Bu holda diagnostik eksperiment quyidagi tarzda 
olib boriladi. Sinaluvchi imtihon sinovlari kabi voqelik holatiga tushiriladi qandaydir murakkab 
ishni vaqt tig‗izligida bajarib qat'iy natijalar olishga undaydi. Sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan 
paytda, uning xulqida har xil Yuqori darajali «xavotirlanish» kuzatilib va belgilab borilishi 
mumkin. 
Biz yuqorida psixodiagnostik metodlar va ularning turlari hamda qo‗llanishi haqida ma'lumotlar 
berdik, har qanday psixolog yuqori malakali mutaxassis bo‗lib etishishi uchun, albatta, ushbu 
psixodiagnostik metodlarni o‗zlashtirishi va amaliyotda foydalana olish ko‗nikma va malakalariga 
ega bo‗lishi shart
Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‗quv 
jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqot sharoitida yuqoridagi belgilarning mavjudligi so‗zli, predmetli va 
psixometrik metodikalar yordamida aniqlanadi. Har bir konkret holda olingan ma'lumotlarni 
sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijalar bilan bog‗lash zarur. 
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Soddaroq qilib 
aytganda, bu tushuncha «testda olingan natija nechog‗lik to‗g‗riligini ko‗rsatadi». (A.Anastazi). 
Har qanday metodikaning, testning ishonchliligi o‗rganilayotgan psixologik xususiyatlarning 


ularda aks etishi nuqtai nazaridan to‗g‗ri qo‗llanishini xarakterlaydigan ma'lumotlar majmui 
sifatida qaralmog‗i kerak (L.F.Burlachuk, S.M.Moroz, 1989). 
Shunday qilib, maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‗rinishlarini 
to‗liq va har tomonlama o‗rganish imkonini beradi.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o‗tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‗llanilayotgan 
psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‗rganish 
metodikalariga ajratish mumkin. (L.I.Poperechnaya 1978; L.A.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978; 
Z.I.Kalmikova, 1982; V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir 
metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo‗llash 
kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodika o‗zining asosiy yo‗nalishidan tashqari 
(ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o‗rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlarining 
holati haqida ba'zi ma'lumotlar beradi. Masalan: bolaga berilgan 10 ta so‗zni qanday yodlashiga 
qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga 
yo‗naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo‗ladi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo‗llaniladigan metodikalar soniga 
bog‗liq bo‗ladi. Lekin bog‗cha va maktab yoshidagi bolalar bilan tadqiqot o‗tkazganda ularning 
tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o‗tkazganda, tadqiqot 
vazifalariga bog‗liq ravishda tanlangan 5 – 7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha 
bosqichda o‗tkaziladigan tadqiqotlarda ko‗proq metodikalardan ham foydalanish mumkin. 
Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola 
bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo‗lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot o‗tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e'tiborga olish 
zarur: 
a) 
tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma'lumotiga 
mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash; 
b)
sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta'lim va tarbiya berilayotgan 
sharoit; 
v) 
bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa 
o‗rnatish xususiyatlari. 
Bolaga tanlangan eksperimental psixologik metodikalarni qiyinligi o‗sib borish darajasida berish 
kerak. 
Shunday qilib, ushbu mavzuda metod va metodika, standartlashtirilgan metodlar, testlar, 
ularning turlari, so‘rovnomalar, ularning turlari bilan tanishdik.

Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə