O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva


Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   238
9230 (2)

3.2.Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari

Standartlashtirish (standart- inglizcha so‘zdan olingan ―me`yorda‖ degan ma`noni 
bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika 
standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga 
keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi.
Birinchi holda standartlashtirish deganda qo‘llanmani, tadqiqot varaqalarini unifikatsiyalash(bir 
xil qilish)

o‘tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot o‘tkazish sharoitlarini, 
sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o‘tkazishda ketma-ketlikka rioya 
qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va testning ishonchliligini 
ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi. 
Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash 
shkalalarini sinaluvchilar to‘plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki o‘rganilayotgan 
ko‘rsatkichning miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o‘zgartirish nazarda 
tutiladi. Psixometrikada dastlabki baholarni o‘zgartirishda o‘rta kvadrat tarqoqlik yordamida 
normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan. 
Standartlashtirish bir qancha mezonlar asosida me`yorga keltirilgan metodikalarga 
nisbatan qo‘llanilar ekan, bu jarayondagi mezonlarni aniqlashtirish muhimdir. Ular quyidagilar: 
1.
Matematik statistik qayta ishlanganlik. 
2.
Tanlanma to‘plamdagi sinaluvchilarning ko‘rsatkichlari. 
3.
Ijtimoiy psixologik me`yorlar. 
Ekspert bahosi (klinik) metodi o‘z sohasini mukammal biladigan ekspertlarning fikriga 
asoslangan bo‘lib, bunda ishonchli bahoga asoslangan ekspertlarning xulosalari umumlashtiriladi.
Ushbu metodika ko‘pincha shaxs psixodiagnostikasida qo‘llanilib, bunday metodikalarning asosiy 
kamchiligi ekspertlarning sub`ektiv munosabatlari baholash jarayoniga o‘z ta`sirini o‘tkazishi 
mumkin. 



Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə