O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi z. Nishanova, D. Qarshieva



Yüklə 6,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/238
tarix21.05.2023
ölçüsü6,94 Mb.
#111852
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   238
9230 (2)


z-o

zini

kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, 
ishchanlikni, kasb bilan bog

liq bo

lgan sermahsul ishlarni o

rganishda ayniqsa foydali 
b

lishi mumkin. 
Arxiv metodi.
Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday 
tadqiqotlarni o‘tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o‘lchamaydi, balki, 
kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o‘quv yoki ijodiy faoliyatini 
tahlil qiladi. 
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko‘p hollarda u
«faoliyat mahsullarini o‟rganish»
yoki 
«praksimetrik metod»
deb ifodalanadi. 
Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda 
o‘tkazishi mumkin. Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya 
tarixi, bir shaxsning yoki ko‘p odamlar hayot yo‘lining o‘ziga xosligi – biografik metod nomini 
oldi. 
«Arxiv metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. 
Kontent – analiz
o‘zidan yanada takomillashtirilgan hujjatlar analizining qat`iy metodlarini namoyon qiladi. 
Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma`lumotlarni umumlashtiradi. 
Bu metod nafaqat psixologiyada, balki boshqa ilmiy adabiyotlarda ham keng tarqalgandir. Bu 
metoddan ko‘p hollarda, asosan, siyosiy psixologiya, reklama psixologiyasi, aloqalarda keng 
foydalaniladi. Kontent-analizni ishlab chiqish G. Lassuela, Ch. Osgud, B.Berelsonlar nomi bilan 
bog`liq bo‘lib, ular «Kontent analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning 
mualliflaridir.
Kontent-analizdagi matn tahlilining standart birligi bo‘lib: 1) so‘zlar; 2) tugallangan fikr; 3) 
mavzu; 4) personaj; 5) muallif va 6) yaxlit holdagi yo‘llanma hisoblanadi. Ular bir mazmunda 
yanada umumiy tuzilish sifatida ko‘rib chiqiladi. Kontent-tahlil ma`lumotlarini qayta ishlashning 
bir qancha usullari mavjud. 
Oddiy matndagi u yoki bu birliklarning ko‘rinish darajalarini qayd etilishidir. Tadqiqotchi bu 
ko‘rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qo‘llab, undagi o‘zgarish boshidan, to 
yakunlanishga qadar aniqlaydi. 
Analizning ikkinchi tipi – matndagi kontent - analiz birligini matritsa turidagi mujassam 
ko‘rinishlari hisoblanadi. Bunda: Masalan: turli xil yo‘llanmalarda erkinlik chastatosi A va V 
birlikda yoziladi. 
Hamkorlikdagi to‘qnashuv shartli tasodifiy ajratiladi va u
R(AV)=R(A) x R(V) 
Bir yo‘llanmadagi ikki birlikning hamkorlikdagi ko‘rinishlari belgilanadi. 
To‘qnashuvning empirik matritsasini turli birliklarini nazariy matritsa bilan taqqoslash mumkin. 
Bu muolaja Osgud tomonidan taklif etilgan va muloqot psixologiyasida keng tarqalgan. 
Proektiv testlardagi natijalarni qo‘llashda, suhbat materialida kontent – analizdan foydalaniladi. 
Ko‘p vaqtni olishiga qaramay, kontent – analiz ko‘pgina Yutuqlarga ega; tadqiqotchining 
sinaluvchini xulqiga nisbatan ta`siri, ma`lumotlar ishonchliligi tekshiriladi. Bu metodni tarixiy 
hujjatlarning analizida tavsiya etish mumkin. Kontent – analiz oxirgi holda ko‘p qirrali 
ma`lumotlar analizi, psixosemantika rivojlanishida bog`lanish, «ikkinchi nafas» nomini oldi. 



Yüklə 6,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə