O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


 Bilimlarni muammoli bayon qilish



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

3. Bilimlarni muammoli bayon qilish.
Izlanishlarni olib borishga o‘rgatadi. 
4. Qisman izlanish yoki evristik metod. 
O‘qitishning tadqiqot metodi.
Masalan, 1-sinf o‘quvchilarida sonni yig‘indiga qo‘shish uquvini shakllantirish 
metodikasini qaraylik. O‘quvchilarga ushbu tengliklarni namoyish etuvchi rasmlar 
ko‘rsatiladi:
a + (b + c) = d, (a +b) + c = d, (a + c) + b = d 
Bu ko‘rinish bo‘yicha masalalar tuziladi va o‘quvchilar ularni narsalar 
vositasida yechadilar. Yechimni analitik ifodalab, o‘quvchilar sonni yig‘indiga 
qo‘shish qoidasiga keladilar.
Тo‘g‘ri to‘rtburchak haqida tasavvur hosil qilishda o‘quvchilarga (1-sinf) 
orasida 
to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lgan to‘rtburchaklar to‘plami (qolgan 
to‘rtburchaklarning burchaklari tengmasligi yaqqol ko‘rinib turadi) ko‘rsatiladi. 
Mazkur shakllarning xususiyatlarini tahlil etib, o‘quvchilar, bu to‘rtbur-chakdan 
biri alohidadir degan xulosaga keladilar: uning barcha burchaklari teng va to‘g‘ri 


23 
burchaklardir. Тo‘rtburchaklarning bu turiga kam e’tibor beriladi, ularning xarak-
teristika xossasi eslab qolinadi. 
Mutlaqo turli o‘quv maqsadlari uchun foydalanilgan bu usullardagi umumiy-
likni payqash oson. O‘qituvchi birinchi holda ham, ikkinchi holda ham 
o‘quvchilarga elementlari puxta tanlangan biror to‘plamlarni ko‘rsatadi. Element-
larni muvaffaqiyatli tanlash o‘quv materialini o‘zlashtirish sur’atini tezlashtiradi. 
Dastlabki to‘plamlardagi elementlar sonini orttirish, ularni rang-barang qilish bilan 
(masalalarni mazmuni bo‘yicha, to‘rtburchaklarni, masalan, rangi bo‘yicha), 
o‘qituvchi o‘quv materialini yanada sifatliroq o‘zlashtirilishini ta’minlashi mum-
kin. o‘quvchilarning ishi o‘qituvchi tayyorlagan didaktik materiallarni kuzatish va 
tahlil qilishdan iborat bo‘ladi. O‘qitishda bunday didaktik yo‘llardan doimo foyda-
lanish matematik bilimlarni egallashda o‘quvchilarning mustaqil ishtiroki ulushin-
ing ortishiga yordam bera olmaydi. Ular hech qachon, ob’ektlar to‘plamini tadqiq 
qilish uchun asosiy narsani o‘qituvchi qilganidek, ajaratib ola bilmaydilar (chunki 
o‘qituvchi bu to‘plamni o‘rganilayotgan ob’ektlarning xarakteristik xossalarini bila 
turib tuzadi). 
Endi matematik bilimlarni mustaqil olishga, ya’ni matematik faoliyatni amalga 
oshirishga o‘quvchilarni o‘rgatishga maxsus yo‘naltirilgan metodik yo‘llarni 
ko‘rib chiqaylik. Matematika o‘qitish metodikasi bunday faoliyatning uch jihati 
ajaratiladi: 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə