O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

Analogiya – 
shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining 
o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham o‘xshash, 
degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”, 
bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xulosadir. 
Masalan, uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma usullarini ko‘p 
xonali sonlarni qo‘shish va ayirishga o‘tkazish analogiya usulini qo‘llashga 
asoslangan. Shu maqsadda metodik adabiyotlarda ko‘p xonali sonlarni yozma 
qo‘shish va ayirish bilan tanishtirishda shunday misollarni yechish tavsiya qi-
linadiki, bunda har bir navbatdagi misol oldingisini o‘z ichiga oladi. Masalan: 
126 4752 54752 837 6837 76837 
+172 + 3246 +43246 - 425 - 2425 - 52425 


21 
Bunday misollarni yechgandan keyin o‘quvchilarning o‘zlari ko‘p xonali son-
larni yozma qo‘shish va ayirish uch xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirishdek 
bajariladi, deb xulosa chiqaradilar. 
Yuqorida qaralgan metodlardan (induksiya, deduksiya, analogiya) foyda-
lanishzamirida analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish va abstraksiyalash kabi 
aqliy operasiyalar yotadi. 
Butunni uning tashkil etuvchi qismlariga ajratishga yo‘naltirilgan fikrlash (ta-
fakkur) usuli analiz deb ataladi. 
Predmetlar yoki hodisalar orasida bog‘lanishlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan ta-
fakkur usuli sintez deb ataladi. 
100 sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor, degan savolga javob berishda
o‘quvchilar sonni analiz qilishadi. 
Shu so‘zlarga amal qilishadi (ya’ni noto‘la analiz o‘tkazishadi), bunday qilish 
esa ko‘pincha xatoga, ya’ni xato sintezga olib keladi. 
Тaqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning 
o‘xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat. 
Matematika boshlang‘ich kursi taqqoslash usulining qo‘llanilishi uchun katta 
imkoniyatlar ochib beradi: sonlarni, ifodalar va sonlarni taqqoslash; ikkita ifodani 
taqqoslash; masalalarni taqqoslash va h.k.
Yangi matematika tushunchalarni, qonunlarni tarkib toptirishda bolalar 
umumlashtirishga duch keladilar. 
Umumlashtirish – bu o‘rganilayotgan ob’ektlardan umumiy muhim tomonlarini 
ajratish va ularni muhim emaslaridan ajratishdan iborat. 
Nazorat uchun savollar 
1. O‘qitish metodlari deyilganda nimani tushunasiz? 
2. O‘qitish metodlarining turlarini ayting. 
3. Boshlang‘ich sinflarda qanday og‘zaki o‘qitish metodlari ishlatiladi?
4. Induksiya, deduksiya va analogiya metodlarining mohiyati nimadan iborat? 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə