O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


I-IV va V-VI sinflarda matematika o‘qitish borasida izchillik. Fikrlash



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

I-IV va V-VI sinflarda matematika o‘qitish borasida izchillik. Fikrlash 
shakllari. 
I–IV va V–VI sinf matematikasi orasidagi aloqadorlik. 

Boshlang‘ich sinflarda matematik bilimlarning shunday puxta poydevorini
qo‘yish kerakki, bu poydevor ustiga bundan keyingi matematik ta’limni uzluksiz 
davom ettirish mumkin bo‘lsin. Buning uchun I–IV sinflardagi matematika o‘quv 
materiallari bilan V–VI sinf o‘quv materiallari orasida uzilish bo‘lmasligi kerak. 
Boshlang‘ich sinf o‘quv materialining bevosita davomchisi bo‘lib, V–VI sinf ma-
tematikasi davom etishi kerak.
I–IV va V–VI matematika dasturidagi o‘zaro izchillik ana shu qat’iylikka
amal qilgan holda amalga oshiriladi. Masalan, V sinf matematikasining I bobi
«Natural son» deb ataladi. Lekin o‘quvchilar natural son bilan boshlang‘ich 
sinfda tanishganlar. Bu yerda natural son tushunchasi kengaytiriladi, 
chuqurlashtiriladi, yangi tushunchalar bilan boyitiladi. Bu yyerda natural sonlarn-
ing bo‘linish belgilari, EKUB va EKUK tushunchalari kiritiladi. Shuningdek, man-
fiy sonlar, oddiy va o‘nli kasrlar, tenglama va tengsizlikni boshqacha usullar bilan 
yechish, yechim, ildiz kabi tushunchalar kiritiladi. Matematik logikaga asoslangan 
holda «to‘g‘ri va noto‘g‘ri fikrlar», «o‘zgaruvchan mulohazalar», «yechimlar 
to‘plami», algebraik amallar kabi tushunchalar bilan boyitiladi. Shuning uchun bu 
sinflar o‘qituvchilari o‘zaro fikr almashishda va bir-birining o‘quv materiali
o‘qitish metodi bilan tanish bo‘lishi kerak. V–VI sinfga kelganda I–IV sinfda 
o‘rganilgan o‘quv materialini kengaytirish davom etirishi, chuqurlashtirish masa-
lasi qo‘yiladi. Shuningdek V–VI sinfga kelganda faqatgina 4 amal o‘qitilmasdan 
undan tashqari to‘plam, tenglama va tengsizliklar, manfiy va kasr sonlar, ge-
ometrik yasashlar, almashtirishlar kabi materiallar qo‘shib o‘qitiladi.
1. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodlarining turlari. 
Didaktikaga doir qo‘llanmalarda bilimlarni bayon qilish va mustahkamlash-
ning formalari sifatida quyidagi o‘qitish metodlari qaraladi: kuzatish, 
o‘qituvchining bilimlarni (bayon, suhbat, hikoya, mashq) o‘quvchilar bilan darslik 
va boshqa kitoblar bilan ishlash, kuzatish, laboratoriya ishi, mustaqil ishlar. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish jarayonida o‘qitish materialining 
mazmuni va o‘quv sinfining katta-kichikligiga qarab bu metodlardan turli 
o‘rinlarda foydalanish mumkin. 
2. Matematika o‘qitishda kuzatish. 


28 
O‘quvchilar bilan matematik faktlarni kuzatish muhim ahamiyatga ega. Nat-
ural sonlarning xossalari, arifmetik amallarning xossalari, geometrik figuralarning 
xossalarini va hokazolarni kuzatish o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stiradi. 
Arifmetik amallar va sonlarning ko‘pgina xossalarini quyi sinflarda kuzatish bi-
lan tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1-sinf o‘quvchilari
qo‘shishining o‘rin almashtirish xossasini kuzatish orqali tez bilib oladi.
5+3= , 3+5= , 6+1= , 1+6= , 2+7= ,7+2
Shunday misollarni 1-sinf o‘quvchilari echgandan keyin bir qatorning 
yechimlarini tenglashtirishni o‘qituvchi tavsiya etadi.
5+3=8 va 3+5=8. Natijada quyidagi xulosani keltirib chiqaradi.
Xulosa (misollar nima bilan o‘xshash).
Bir xilda qo‘shish amali bajariladi.
5 va 3 bir xil qo‘shiluvchilar.
8 va 8 bir xildagi natijalar. 
farqi ( nima bilan farqlanadi) 
qo‘shilvchilarning qo‘shish tartibi farq qiladi. 
Shunga o‘xshash boshqa misollarni ham yechib o‘quv-chilar quyidagi umumiy 
xulosaga keladilar: qo‘shiluvchilarning qo‘shish tartibini o‘zgartirgan bilan 
yig‘indi o‘zgarmaydi.
Qaralgan holda kuzatish metodini qo‘llash, shuningdek, o‘qituvchi tomonidan 
bilimlarni bayon qilishda ham, hisoblashga doir masalalar yechishga doir bos-
qichlarda ham katta ahamiyatga egadir. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə