O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

3. Suhbat metodi.
O‘qituvchi biror metodni, masalan, suhbat metodini qo‘llaganda 
o‘quvchilarning bilish faoliyatini har tomonlama o‘stirish mumkin. Masalan: 100 
ichida raqamlashni o‘qitishda o‘quvchilarga qanday sonlar bir xonali va qanday 
sonlar ikki xonali ekanligini, undan keyin ikkita raqam bilan ifodalangan sonlarni 
ikki xonali sonlar deyilishini aytib o‘tish lozim. Shuningdek, suhbat jarayonida 
nechta raqam bilan nol ifodalanilishini va 1 dan 9 gacha nechta son, 10 dan 99 
gacha nechta son borligini bayon qilish kerak.
4. Bayon qilish metodi. 
Bayon qilish metodi ikki turga bo‘linadi:
a) ko‘rgazmali bayon qilish. Bunda o‘qituvchi bilimlarni bayon qilish bilan 
birga uning haqiqiyligini misollar orqali namoyish qiladi.
b) muammoli bayon qilish. Bunda o‘qituvchi materialning muammosini 
qo‘yadi, uni yechish yo‘llarini ko‘rsatadi, asoslaydi va isbotlaydi.
Masalan: agar ko‘payuvchi va ko‘paytuvchining o‘rni almashtirilib 
ko‘paytirilsa, ko‘paytma qanday o‘zgaradi? O‘qituvchi bu savolni tushuntirishda 
ilyustrasion ko‘rgazmalardan foydalaniladi:
3x4=12 ya’ni 3+3+3+3=12 yoki 4x3=12 ya’ni 4+4+4=12. Demak, ko‘paytma 
va ko‘paytuvchilarning o‘rnini almashtirgan bilan ko‘paytma o‘zgarmaydi degan 
xulosani o‘quvchilar ilyustrasion yordamida keltirib chiqaradilar. Har qatorda 3 
tadan tugmani 4 qator olinadi.


29 
2-sinfning darsligida ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonuni bir necha 
aniq misollarda qaralgan. O‘quvchilarga nechta qator borligini bilishni buyuradi 
va nechta tugma borligini hisoblashni talab qiladi. Buni 4x3=12 yozuv bilan ifoda-
laydi. Ikkinchi marta o‘qituvchi tugmani yuqoridan pastga qarab sanashni buyuradi 
va yuqoridan pastga qaragan nechta qator borligini aniqlab nechta tugma borligini 
bilishni talab qiladi. Natijalarni tenglashtirish bilan 3x4=12 va 4x3=12 yozuvni 
hosil qiladi. Shunga o‘xshash ikkita misol keltirib, ko‘paytuvchilarning o‘rnini al-
mashtirgan bilan ko‘paytma o‘zgarmaydi degan umumiy xulosani keltirib chiqara-
di.
5.
 Mashq metodi.
Matematika o‘qitishning o‘ziga xos xususiyati shuki, yangi material bilan 
tanishish hamda tegishli bilim o‘quv va malakalarni hosil qilish o‘quvchilar 
tomonidan mashqlar tizimini, ya’ni, ma’lum matematik topshiriqlarni bajarish or-
qali amalga oshiriladi. Mashqlar material mazmuniga va matematik srukturasiga 
qarab turlicha bo‘lishi mumkin: ifodalarning qiymatini topish, taqsimlash, tengla-
malarni yechish, masalalar yechish va h.k. Mashqlar har xil bo‘lishi mumkin: 
darslikdan olingan va uni o‘qituvchi yozdirishi mumkin, odatdagi yoki qiziqarli 
ko‘rinishda, didatik o‘yin shaklida va h.k.
Darsda ayniqsa tayyorgarlik mashqlari muhim ahamiyatga ega. Bu mashqlar 
shunday xaraktyerda bo‘ladiki, uning mazmunida oldingi o‘quv materialini takror-
lash, mustahkamlash va yangi materialni o‘rganishga poydevor tayyorlash mum-
kin bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchi oldin
8 x 6 = 48 7 x 9=63 6 x 4=24 
48 : 8= 63 : 9= 24 :6= 
mashqlarni yechirgandan keyingina x*3=21 ko‘rinishdagi tenglamani 
yechishga o‘tadi.
Yangi material bilan tanishish asosan o‘quvchilar bajaradigan mashqlar tizimi 
orqali amalga oshiriladi. Mashqlarni o‘rinli bajarishning eng asosiy yo‘li 
ko‘rgazmali qilib bajarishdir. Shuning uchun matematik tushunchalar va qonuni-
yatlar bilan tanishtirishda to‘plamlar ustida amallardan va tegishli arifmetik amal-
larning yozilishidan foydalaniladi.
Masalan, 4+3, o‘quvchi 4 ta qizil doiracha va 3 ta qizil doiracha olib ularni 
birlashtirib 7 ta doiracha hosil qildi. 4+3=7 deb yozdi, keyin doirachalarni ranglar 
bo‘yicha ajratib 7 - 4=3 yoki 7-3=4 ni hosil qildi: agar yig‘indidan 
qo‘shiluvchilardan birini ayirsa ikkinchi qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə